Telegram Web Link
#2025_yil_1_iyuldan

✔️ Qonunchilikka ko'ra, “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

💰 Bunda subsidiya yil davomida 2 ga bo'lib (ko'chatlar ekilgan vaqtda hamda ularni parvarishlash davridan keyin) teng ulushlarda to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Davlat_xizmatlari

📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.


🧾 DXM siz nomingizdan ariza yoki so‘rovnomani to‘ldiradi, hujjatlarni tegishli davlat organlariga yuboradi va belgilangan muddatda qaror qabul qilinishi hamda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

❗️E’tibor bering:
DXM – vakolatli organ emas va qaror chiqarmaydi (franshizing shartnomalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish bundan mustasno).
U siz va davlat idoralari o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi:
xizmat ko'rsatish tartibini tushuntiradi,
hujjatlaringizni tekshiradi,
to‘g‘ri rasmiylashtiradi,
tegishli vakolatli organga yuboradi.

🔔 Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishgacha – aynan DXM orqali markazlashgan holda ko‘rsatilmoqda.
Bu fuqarolar uchun katta qulaylik – bir joyga kelib, ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.

🎯 Maqsad – fuqarolarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas mol-mulkka qancha muddat davomida davomida o'ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi?
Anonymous Quiz
29%
5 yil
13%
10 yil
52%
15 yil
5%
20 yil
#Xodimlarning_mehnat_huquqlari_kafolati
#huquqiy_aksiya

📣 “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida adliya organlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat jamoalarida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha reja-grafikka asosan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

🔰 Seminar-treninglarda amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy kamchiliklar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli holatlar, xodimlarga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va imtiyozlar haqida tushuntirishlar berildi.

✔️ Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur huquqiy aksiya joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#2025_yil_1_iyuldan

🚫 Qonunchilikka ko'ra, 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

✔️ Shuningdek, tadbirkorlarga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qo'llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
1
2025/07/14 18:26:29
Back to Top
HTML Embed Code: