Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# E'TIROF

📣2025-yil 27-iyun kuni holatiga 76 nafar fuqarolarning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etilgan. Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 216 ta ijobiy xulosalar berilgan.

🔰 Jumladan, viloyatdagi 76 nafar fuqaro o`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo`ldi.

Ⓜ️ Ma'lumot uchun: "Xorazm viloyatida bugungacha 90 dan ziyod mahallada 37 ming ortiq ko`chmas mulk obyekti xatlov yo`li bilan texnik inventarizatsiyadan o`tkazilib, elektron xaritalari yaratildi. 26 ming ortiq obyekt UZKАD axborot tizimida elektron yig`majild shakllantirish uchun migratsiya qilindi va 22 ming ziyodi faollashtirildi. 10 ming 750 dan ortiq obekt haqidagi ma`lumotlar “E’TIROF” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan.

📌 Ularning 1500 dan ortig`i e’londa, 8300 dan ziyodi muhokama jarayonida, 700 dan ortig`i adliya organlarida, 226 tasi tahrirlashda turibdi. 4 ta obyekt bo`yicha ma’lumotlar rad etilgan, 106 tasining to`lovi kutilmoqda. 26 tasi xalq deputatlari viloyat kengashi qarori qabul qilinish jarayonida, 76 tasiga ko`chmas mulklariga nisbatan huquqlar e’tirof etildi"
#Adliya_va_yoshlar

📣 O‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda


🔰 “Iyun - yoshlar oyligi” doirasida voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida Qo‘shko‘pir tumanidagi “Humo” oromgohida dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professor o‘qituvchilari, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bolimi xodimlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

💠 Mazkur tadbirda yoshlarning huquqiy madaniyatlarini mustahkamlash, huquq vа burchlаrini tushuntirish, qonunga itoatkorlik mаvzulаridа huquqiy viktorinalar, huquqiy mavzularda “Ha, Yo‘q” savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarga huquqning ilk tushunchalari, Konstitutsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, Street law mavzularida ma’lumotlar berilib, mavzuga oid bo‘lgan videorolik namoyish etildi.

🟣 Shuningdek, barcha tuman (shahar)lardagi maktablarda tashkil etilgan “Huquq sinflari”da bo‘lib, “Huquqiy maktab” va boshqa huquqiy loyihalarni targ‘ib qiluvchi bannerlar o‘rnatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_iyuldan

🪙 Qonunchilikka ko'ra, 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga quyidagi imtiyozlar beriladi.

🔹 foyda solig'i to'lashdan ozod qilinadi;

🔹 ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to'laydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 21:53:40
Back to Top
HTML Embed Code: