Telegram Web Link
#Adliya_timbilding
#Oila_kuni
#Family_day

🔰 Ma’lumki, Davlatimiz rahbarining 2025-yil 19-iyundagi “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-95-son Farmonida maxsus tadbirlar doirasida har yili har bir vazirlik va idoralarda davlat xizmatchilarining oila a’zolari uchun “oila kuni” tadbirlari (family day) tashkil etilishi belgilangan.

Shunga asosan hamda 2-iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan Xorazm viloyat adliya boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

✔️ Tadbirda boshqarma va uning tizimidagi idoralarda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar, jumladan, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo'limlari xodimlari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

▫️ “Timbilding” tadbirlari dasturi doirasida “Family day” (Oila kuni) loyihasi ham amalga oshirilib, adliya organlari xodimlarining farzandlari ota-onalarining ish joylari bilan tanishdilar, bolajonlar ota-onalarining ish o‘rinlariga o‘tirib, “Adliya xodimi qanday ishlaydi?” degan savolga javob oldilar hamda stol tennis, huquqiy viktorina kabi sport va ko‘ngilochar o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.

🎼 Tadbir davomida, vohamizdagi el suygan san’atkorlar o‘zlarining badiiy chiqishlari va ijod namunalari bilan ishtirokchilarga yanada yuqori kayfiyat ulashishdi.

✔️ Bu kabi tadbirlar jamoada hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xodimlarning kelgusidagi ish faoliyatlarini pozitiv energiyaga to‘lgan holda samarali davom ettirishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 Xorazm viloyati adliya boshqarmasida bo'lib o'tgan "Oila kuni" tadbirlaridan lavha

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
👍6
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi


Qonun (O'RQ–1075-son, 10.07.2025-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Qonun bilan Kodeksga ayrim huquqbuzarliklar uchun ma'muriy javobgarlikni bekor qilishga qaratilgan o'zgartirishlar kiritildi, jumladan:

🔹 avtomat telefonlarni shikastlantirganlik;

🔹 ruxsatsiz radiouzatkich shoxobchasi o'rnatish va (yoki) undan foydalanganlik.

✍️ Shuningdek, ayrim belgilangan ma'muriy huquqbuzarliklar (xususan, tuhmat, haqorat qilish va boshqalar) jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga ko'ra javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.

📜 Biroq, jabrlanuvchi nochor ahvolda bo'lganligi, voyaga yetmaganligi yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z huquqlarini himoya qila olmasa, vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ish yuritishni boshlashi shart.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Milliy_libos_yarashadi

Milliy libos – millat ko‘zgusi


📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va barcha tuman (shahar) adliya bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan DXM, FHDY, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari xodimlari #milliy_libos_yarashadi chellenjida faol ishtirok etdi.

Аtlasu adras kabi ko‘rsa ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas jilolari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan o‘zbek milliy matolarimizning muxlislari har yerda topiladi.
👏4
2025/07/12 13:15:42
Back to Top
HTML Embed Code: