#Talaba_fest_2024
#Yoshlar_aksiyasi

📣 Xorazm viloyati Urganch shahrining Jaloladdin Manguberdi majmuasida Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlari o‘rtasida “Talabalar festivali-2024” tadbiri bo`lib o`tdi.

🔰 Tadbir doirasida “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o`tkazilib, yoshlarga qonun-hujjatlarida belgilangan huquqlari va imtiyozlari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda mavzuga oid bo`lgan buklet va flayerlar tarqatilib, tezkor, qulay va shaffof davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Ushbu festivalda viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 100 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi. Tadbirlar doirasida kitobxonlik, she’riyat kechalari, turli intellektual o`yinlari, huquqiy viktorinalar, ko`rik tanlovlar, sport musobaqalari tashkil etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyatda davlat xizmatlari koʻrsatish vakolatli boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarining masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

🔰 Tadbirda, 2024-yilning 1-choragi davomida viloyat va barcha tuman (shahar)larda davlat xizmatlari koʻrsatishda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan tegishli maʼmuriy reglament talablarini buzilishi, vakolatli organning qonuniy talabini bajarmaslik, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish, muddat buzilishi holatlari sohalar kesimida muhokama etildi.

Ishtirokchilar, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolar va ularni yechimi yuzasidan hamda mavjud Reglament talablari boʻyicha oʻzlarini takliflari va fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi.

Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹sayyor qabullar;
🔹mehnat yarmarkalari;
🔹yoshlar bilan uchrashuvlar;
🔹“Yoshlar sayli”;
🔹“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Bilasizmi #Elektron_raqamli_imzo #ERI

🔑Elektrob raqamli imzo (ERI) kalitlarining sertifikatlarini berish uchun qancha yig'im undirilishini bilasizmi?

ERI kalitlarining sertifikatlarini berish uchun:

yuridik shaxslardan va yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlaridan - bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;

jismoniy shaxslardan - bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Eslatma: 2023-yil 1-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 340 000 so‘mni tashkil etadi.

📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, yonilg'i quyilayotgan transport vositasi bilan undan keyingi transport vositasi orasidagi masofa kamida 3 metr, navbatda turgan keyingi avtomobillar o'rtasida esa kamida 1 metr oraliq masofa bo'lishi kerak.

☑️ Shuningdek, har bir transport vositasi shoxobcha hududidan chiqib ketish va harakatlanish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Bilasizmi

❗️Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (170 ming so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
2024/05/21 08:35:06
Back to Top
HTML Embed Code: