Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

XORAZM VILOYATIDAGI 56 TA MAHALLALARDAGI 63 827 DONA XONADONLARNING ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTI YANADA YAXSHILANADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaroriga asosan, Xorazm viloyatidagi elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash va barqarorligini oshirish maqsadida 2025-yil davomida 3 636 dona temir-beton tayanchlarni oʻrnatish, 141,6 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 70 dona transformator punktlarini yangidan qurish va modernizatsiya qilish ishlari rejalashtirilgan.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, belgilangan reja asosida viloyatning barcha tumanlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu amaliy ishlar natijasida Xorazm viloyatidagi 56 ta mahallalardagi 63 827 dona xonadonlarning elektr energiyasi taʼminoti yanada yaxshilanadi.

Tafsilotlar viloyat teleradiokompaniyasining “Xorazm 24” informatsion dasturi lavhasida.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

EHTIYOJMAND OILALARGA GAZ VA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN YIL BO‘YI KOMPENSATSIYA BERILADI – ARIZALAR TOPSHIRISH JARAYONI BOSHLANDI


2025-yil 1-maydan O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumida emas, har oyda to‘lab beriladi.

Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya ajratish uchun joriy yilning 1-iyundan boshlab arizalar topshirish jarayoni boshlandi.

Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam oluvchi oilalar hamda “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan hamda mol mulki bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, biroq oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga ajratiladi.


Eslatma: Ariza topshirgan ehtiyojmand oilalarning kompensatsiyasi oy yakuni bo‘yicha hisoblanadi va to‘lab beriladi.

Hali ariza topshirmadingizmi?
Unda imkoniyatdan foydalaning!

–Mahalladagi ijtimoiy xodim,
– “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga,
– yoki 1140 raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil video-lavhada tomosha qiling.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
Photo
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda

Viloyatimizning barcha hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan reyd tadbirilari o’tkazilmoqda.

Xususan, Qo’shko’pir tumani “Ko’ktom” mahallasida joylashgan “X.S.T” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga balansida bo’lgan suv tarqatish inshoatining elektr energiyasidan foydalanish holati o’rganildi. O’rganish davomida, jami quvvati 7.5 kVt bo’lgan uskunalar elektr hisoblagichdan tashqari (shartnoma tuzmagan holda) o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlanib ushbu holat yuzasidan tegishli mas’ullar tomonidan elektron tarzda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 530,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatlar yuzasidan qonuniy baho berish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.

Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией о мерах по обеспечению крупных промышленных предприятий «зеленой» энергией.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Urganch, Bogʻot, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor, Hazorasp, Yangiariq, Shovot tumanlarining va Xiva, Urganch shaharlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Urganch tumanining: Xilol mahallasida;


Bogʻot tumanining: Nurli maskan, Gulshan, Obod, Oq tepa, Qalajiq qalʼa, Navroʻz, Hurriyat, Beruniy, Madaniyat, Oq oltin, Gʻalaba mahallalarida va Oltin qum, Yangi qadam shaharchalarida;


Xiva tumanining: Gandimiyon, Polasulton, Pirnaxos, Al-Xorazmiy, Pishkanak mahallalarida;


Qoʻshkoʻpir tumanining: Bekobod, Ittifok, Yoshlik, Bogʻzor,Oshoq qalʼa, Shixobod, Qoravul, Vahmchi, Doʻstlik, Ilgaldi, Mehnatobod, Sherobod, Paxtakor mahallalarida;


Yangibozor tumanining: Mang’itlar, Hayvat, Hamid Olimjon mahallalarida;


Hazorasp tumanining: Bogʻdor, Sulaymon kalʼa, Ishchilar, Oybek, Al- Xorazmiy, Beshta, Toʻrtta, Yangihayot, Buyuk siymo, Istiqlol mahallalarida;


Yangiariq tumanining: Tagan, Kushanda, Sevgan, Killavit, Qarmish mahallalarida;


Shovot tumanining: Ogahiy, Navroʻz, Boʻzqalʼa, Beshchiqir, Ijtimoyat mahallalarida;


Xiva shahrining: Gilamchi mahallasida;


Urganch shahrining: Yangiobod, Yangi Ashxobod, Beshmergan, Yangi hayot mahallalarida;


Joriy yilning 24-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda belgilangan mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini bajarish bo'yicha tizimli ishlari bajarilmoqda.

Xususan, belgilangan rejaga muvofiq Hazorasp tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Sanoat" podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Karvak" elektr uzatish tarmog'ining 2.7 km qisimida yangi kabel tarmog’ining o’tkzish ishlari bajarilmoqda.

Elektr uzatish tarmog'ini mukammal ta'mirlash orqali elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlar kamayib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
2025/07/09 15:47:44
Back to Top
HTML Embed Code: