Telegram Web Link
Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией о мерах по обеспечению крупных промышленных предприятий «зеленой» энергией.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda belgilangan mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini bajarish bo'yicha tizimli ishlari bajarilmoqda.

Xususan, belgilangan rejaga muvofiq Hazorasp tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Sanoat" podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Karvak" elektr uzatish tarmog'ining 2.7 km qisimida yangi kabel tarmog’ining o’tkzish ishlari bajarilmoqda.

Elektr uzatish tarmog'ini mukammal ta'mirlash orqali elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlar kamayib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
Photo
Korrupsiya — jamiyatda ishonchsizlik uygʻotadi

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig’i X.Allamuradov va prokuratura xodimlari bilan hamkorlikda Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali hamda “Energosavdo” tuman bo‘limlari ishchi xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish targ‘ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Xususan, Urganch va Hazorasp tumanlari elektr ta’minoti xodimlari va “Energosavdo” tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida targ’ibot uchrashuvlari o’tkazildi. Targ’ibot uchrashuvlari davomida, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, o’tgan davr davomida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar tahlili va ularga ko’rilgan jazo choralari yuzasidan so’z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha qonunchilikdagi javobgarlik choralari, halol xizmat yuritishning jamiyat va tashkilot imijiga ijobiy ta’siri haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir so’ngida, har bir fuqaroda korrupsiyaga qarshi salbiy fikr uygʻotish uchun korrupsiya nafaqat davlat va butun jamiyatga, balki har bir fuqaroga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazayotganidan ogoh qilib borishimiz zarurligi ta’kidlandi.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLINI SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH MAQSADIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330 sonli “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Hazorasp tumani “Amudaryo” mahallasida 98 ta temir-beton ustunlarini qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga belgilangan rejaga asosan ushbu mahallaga 6.5 km zamonaviy SIP kabel o’tkazish va quvvati 250 kVA bo’lgan 2 ta yangi transformator punkitini qurish ishlari rejalashtirilgan.

Ushbu amaliy ishlar natijasida 631 ta aholi xonadonlarida elektr energiyasi ta'minoti yanda yaxshilanadi.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
2025/06/28 12:40:48
Back to Top
HTML Embed Code: