Telegram Web Link
Urganch, Tuproqqalʼa, Xiva tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Urganch tumanining: Tandirchi mahallasida;

Tuproqqalʼa tumanining: Nurobod, Sayapir, Oxunboboyev mahallalarida;

Xiva tumanining: Gandimiyon, Polasulton, Parisha, Kattibosh, Juryon, Arvik mahallalarida;

Urganch shahrining: Mashʼal mahallasida;

Joriy yilning 14-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida barcha zaruriy choralar kо‘rilmoqda

Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli hududlarda ma’lum bir xizmat evaziga pul talab qilgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan о‘tkazilgan tadbirda ushlanganligi tо‘g‘risida xabar tarqaldi.

Xususan, Toshkentda elektromobilga quvvatlash uskunasi uchun ruxsatnoma olib berish va uni о‘rnatish evaziga pul talab qilgan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari qо‘lga olindi.

Yana bir holatda Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanida gо‘zallik salonini abonent hisob raqami ochmasdan elektr tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan bо‘lim boshlig‘i о‘rinbosari ushlanganligi ma’lum bо‘ldi.

Shu о‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur say-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, jamiyat faoliyatidagi korupsion holatlar kо‘p uchraydigan yо‘nalishlarni raqamlashtirish va bu orqali xizmat turlaridan inson omilini qisqartirish choralari kо‘rilmoqda.

Xususan, elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni elektron rasmiylashtirish maqsadida “E-dalolatnoma” tizimi yoki iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlarni elektron tartibda olinishi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning misolidir.

Ayni paytda О‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda zarur xizmat xodimlarini bodi kameralar bilan ta’minlash choralari kо‘rilmoqda.

Shu bilan bir qatorda xodimlar о‘rtasida nojо‘ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yо‘l qо‘ygan xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qat’iy choralar kо‘rishga e’tibor qaratilmoqda.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Shu о‘rinda agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni sо‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154
#Seminar

Bugun, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudiyalari tomonidan sohaga doir qonunlar va qonunosti hujjatlarni toʻgʻri qoʻllanilishi yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Seminarda, Xorazm viloyati sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha o'rinbosari I.Teshayev va sudiyalar M.Kurbonov, V.Qazoqov, X.Raximovlar hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energiyasavdo filiali Xorazm bo’linmasi xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida, O’zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli qaror talablari va sudlarga davo arizalarini kiritish bo’yicha yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan sudiyalar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Seminar so’ngida, jamiyat xodimlari tomonidan sudiyalarga savol va takliflar bildirildi.


Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Hazorasp, Bogʻot, Xonqa, Urganch, Shovot, Yangibozor tumanlarining va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.
 
Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilariOʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:
 
Hazorasp tumanining: Jangiota, Navroʻz, Shovot, Aloqali koʻl, Yangiobod, Amudaryo, Yangibozor, Gʻofur Gʻulom, Karvak, Bogʻdor, Sanoat, Boʻston, Yangiobod, Ovshar, Buyuk ajdodlar mahallalarida;
 
Bogʻot tumanining: Nayman, Tozabozor, Saxovat,Navroʻz, Madaniyat, Oq oltin, Gʻalaba, Oʻzgarish, Hunarmand, Bogʻiston, Dehqonobod mahallalari Uzumzor, Oltinqum maxallalarida;
 
Xonqa tumanining: Istiqbol, Paxtagul, Guliston mahallalarida;
 
Urganch tumanining: Xojiboylar, Turkmanlar, Shoxidonlar, Qipchoq, Bobodehqon, Bogʻdorchi mahallalarida;
 
Shovot tumanining: Taraqqiyot, Xitoy, Uzunkoʻl,Qozoqqalʼa, Doʻstlik, Turkiston mahallalarida;
 
Yangibozor tumanining: Yuqori Boshqir, Boʻston, Navryop, Qoratepa, Qadriyat, Istiqlol, Iftixor,Oltin koʻl, Choʻbolonchi mahallalarida;
 
Urganch shahrining: Maʼrifatchi, Kuhnaqalʼa mahallalarida;
                                                         
Joriy yilning 15-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.
 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
 
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha Respublik komissiyasi raisining 2025-yil 17-martdagi 3-sonli va viloyat hokimning 2025-yil 20-martdagi 31-sonli bayonlarida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin tomonidan “Qoromon” mahallasidagi yoshlar bilan individual uchrashuvlar o’tkazmoqda.

Uchrashuv davomida, mahalladagi yoshlarni qiynab keloyatgan muammolari, ularning takliflari bilan tanishildi va ishsiz bo’lgan yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida o’zlarini qiziqtirgan sohalari o’rganilib, har bir yosh yuzasidan yo’l-xarita shakillantirildib, ularga amaliy yordam berish choralari ko’rilmoqda.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Hazorasp, Gurlan, Shovot, Qoʻshkoʻpir, Bogʻot, Xiva, Yangiariq, Urganch, Yangibozor tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.
 
Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilariOʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:
 
Hazorasp tumanining: Jangiota, Navroʻz, Shovot, Aloqali koʻl, Yangiobod, Amudaryo, Yangibozor, Gʻofur Gʻulom, Karvak, Pichoqchi, 12-narvon, Juvondir, B.Matirzayev, Otaliq mahallalarida;
 
Gurlan tumanining: Naviryap, Doʻsimbiy, Ziyokor, Taxtakoʻpir, Dehqon mahallalarida;
 
Shovot tumanining: Qiyot, Yangi yoʻl, Paxtakor, Istiqbol, Qirgʻoq boʻyi, Oydin mahallalarida;
 
Qoʻshkoʻpir tumanining: Qoravul, Vaxmchi, Doʻstlik, Ilgaldi, Mehnatobod, Sherobod, Paxtakor, Amirqum, Yangilik mahallalarida;
 
Bogʻot tumanining: Maʼnaviyat, Soxibkor, Qumbodoq, Koʻxnabirlashuv, Paxtaobod, Qorabogʻ, Yosh oʻsmir, Qulanrabogʻ, Mehnatguli, Nurli maskan, Gulshan, Obod,Toʻpchi mahallalari va Oltin qum shaharchasida;
 
Xiva tumanining: Juryon, Indavak mahallalarida;
 
Yangiariq tumanining: Sherobod, Shixbogʻi,Qarmish mahallalarida;
 
Urganch tumanining: Xajiboylar, Oyoqbogʻ, Adolat, Oq maktab, Shodlik. Arboblar, Oq yop, Ravot, Zargarlar mahallalarida
 
Yangibozor tumanining: Qadriyat, Istiqlol, Iftixor, Oltinkoʻl, Choʻbolon, Ming bogʻolon, Bogʻolon, Qiyot, Jayhun, Tozadurman, Shoirlar,Barxayot, Xalqobod mahallalarida;
 
Urganch shahrining: Maʼrifatchi, Kuhnaqalʼa mahallalarida;

Joriy yilning 16-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.
 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali
Matbuot xizmati
Tuproqqalʼa tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Tuproqqalʼa tumanining: Navbahor, Saxovat, Sharlauq, Muhabbat mahallalarida;


Joriy yilning 17-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Xiva tumani va Xiva shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Xiva tumanining: Pirnaxos, Al-Xorazmiy, Pishkanak mahallalarida;


Xiva shahrining: Angarik mahallasida;


Joriy yilning 19-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Jahon banki О‘zbekistonda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi

Jahon banki О‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqlariga integratsiya qilish va ayrim hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan dasturni moliyalashtirish uchun 100 million dollar imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Dastur doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ham 50 million dollarlik qо‘shimcha mablag‘ yо‘naltiradi.

150 million dollarlik dastur doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

6 ming km past kuchlanishli elektr tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish;
250 megavolt-amper (MVA) quvvatga ega 1 200 ta transformatorni yangilash va о‘rnatish;
150 mingta “aqlli” hisoblagichni ulash;
4 mingta ma’lumotlar konsentratorini о‘rnatish orqali tarmoqlarni raqamlashtirish.

Dastur Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryoda elektr ta’minotini sezilarli yaxshilashi kutilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#reyd

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan iste'molchilarning elektr energiyasidan foydalanishda qoida buzishlarini oldini olish maqsadida, "HET Billing" dasturiga kiritilmasdan elektr tarmoqlariga o'zboshimchalik bilan ulanish holatlarni aniqlash hamda elektr hisoblagichni ulanish sxemalarini to'g'riligini va hisoblagichdan tashqari ulangan uskunalarni mavjudligini aniqlash maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Xonqa tumanida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida "Barkamollik" mahallasida joylashgan “A.I.K” MCHJga qarashli bo’lgan bino o’rganilganda quvvati 8.3 kvt bo’lgan lift uskunasi elektr hisoblagichdan tashqari ulanganligi aniqlandi. Ushbu qoiadabuzarlik yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Dalolatnoma bo'yicha dastlabki qayta xisob-kitob natijasiga ko`ra jamiyatga 208 mln 562 ming 400 so'm zarar yetkazganligi xisoblanib, qonuniy baho berishlik maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.
Yangibozor, Yangiariq, Shovot, Urganch tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:


Yangibozor tumanining: Mangitlar , Xayvat, Hamid Olimjon, Ming Bogʻolon, Bogʻolon, Qiyot mahallalarida;


Yangiariq tumanining: Tuzloq, Chiqirchi, Qorakoʻz, Ostona, Sardorlar, Yangiyer, Shirsholi, Pursang, Koʻriktom mahallalarida;


Shovot tumanining: Chigatoy, Yangi boʻrlok, Gulshan, Qoʻshkoʻpir, Qongli mahallalarida;


Urganch tumanining: Qiyot, Boqaylar, Killavit, Chandir mahallalarida;


Urganch shahrining: Jambul, Obi-Hayot, Binokor, Yangiobod mahallalarida;


Joriy yilning 20-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
2025/07/10 20:56:04
Back to Top
HTML Embed Code: