Telegram Web Link
Kompensatsiya kimlarga beriladi?

Batafsil infografikada👆

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Jarayon

Ayni damda, viloyatimizda kuzatilyotgan noqulay ob-havo (yog’ingarchilik) oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar sodir bo'lmoqda.

Ayni damda, Xonqa tumanida joylashgan “Xonqa” 110/10 kV podstansiyasidan chiquvchi 10kV li "Madir 1" va “Markaz” havo tarmogʻlarida avariya holati yuzaga kelgan.

Mazkur avariya holatini bartaraf etish maqsadida, "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Xonqa tumani elektr ta’minoti tezkor chiqish brigadalari tomonidan avariya holatini bartaraf etish ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzur soʻraymiz!

Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!

Elektr energiyasi bo'yicha kunning istalgan vaqtida 1154 ishon raqami yoki 1051 qisqa raqamlariga murojaatlaringizni yo'llashingiz mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
⚠️ Qattiq shamol va jazirama issiqda aholi uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar

Yuqori harorat hamda shamolli ob-havo sharoitida elektr tarmoqlari va uskunalarning ishlashida uzilishlar, shikastlanish yoki yong‘in holatlari kuzatilishi mumkin. Shunday sharoitda aholi quyidagi tavsiyalarga amal qilishi zarur:

🔌 1. Yerga tushgan elektr simlariga yaqinlashmang

Simlarning uzilib yerga tushgan holatlarini ko‘rsangiz, ularga yaqinlashmang. Boshqalarni ham bundan ogohlantiring. Va darhol 1154 raqami orqali mutasaddilarga xabar bering.

🌡 2. Ishlatilmayotgan elektr jihozlarini tarmoqdan uzib qo‘ying

Xo‘jalik ehtiyojida mavsumiy foydalaniladigan elektr jihozlarini foydalanish talab etilmaydigan paytlarda tarmoqdan uzib qo‘ying.

3. Tabiiy texnogen holatlarda vaqtinchalik elektr uskunalaridan foydalanmang

Qattiq shamol vaqtida muhim bo‘lmagan qurilmalar — televizor, elektr choynak, fen, konditsioner va boshqa elektr qurilmalarini tarmoqdan sug‘urib qo‘ying.

💧 4. Elektr qurilmalari ustiga suv yoki nam buyum qo‘ymang

Harorat yuqori bo‘lganda qurilmalar qizib ketishi mumkin. Ularga ho‘l mato yopish, suv sepish yoki ustiga namlantirilgan buyum qo‘yish xavflidir.

🔥 5. Elektr ustunlari yoki simlar yaqinida olov yoqmang

Elektr tarmoqlariga yaqin hududlarda quruq o‘tin, qamish yoki xas-xashak yoqish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish qat’iyan man etiladi.

🧺 6. Tez alanga oluvchi narsalarni elektr qurilmalari yaqinida saqlamang

Qamish, qurigan o‘t, mato va shunga o‘xshash tez yonuvchi buyumlar shamolda uchib borib uskunalarga tushishi va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin.

🧯 7. Uydagi elektr shchitini tekshirib turing

Uyingizdagi maishiy texnika qurilmalari sozligi va butligini saqlash uchun elektr avtomatlari va himoya uskunalari to‘g‘ri ishlayotganini tekshiring. Eski simlar yoki o‘chirgichlarni almashtirish lozim.

👶 8. Bolalarni elektr qurilmalariga yaqinlashmaslikka o‘rgating

Podstansiya, transformator punktlari, elektr uzatish tarmoqlari ostida va yaqinida o‘ynash hamda xonadondagi rozetka va avtomat qurilmalariga qo‘l yoki biror jism bilan teginish mumkin emas. Bolalarga elektr qurilmalaridan e’tiborsiz foydalanishning ayanchli oqibatlarini tushuntiring va nazorat qiling.

💡 9. Elektr ta’minotidagi qisqa muddatli o‘chish holatlari xavfsizlik uchun qilinadi

Noqulay ob-havo sharoitlari va texnogen vaziyatlarda yuqori ko‘lamli avariyaviy hamda yong‘in chiqishi holatlarining oldini olish, elektr qurilmalari sozligini ta’minlash maqsadida ayrim havo uzatish tarmoqlari yoki transformatorlar avtomatik ravishda yoxud qo‘lda o‘chiriladi. Bu noxushlik emas, balki ehtiyot chorasidir.

Unutmang, vaqtida ko‘rilgan ehtiyot chorasi – ko‘ngil xotirjamligi hamda xavfsizlik kafolatidir.
Hazorasp, Xonqa tumanlarining ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Hazorasp tumanining: Atalik, Sharof Rashidov, Oybek, Toʻrtta, Sulaymon qalʼa, Ishchilar, Pichoqchi, Juvondir, 12 narvon, Zexnli, Uzukkaqosh mahallalarida;

Xonqa tumanining: Istiqbol, Paxtagul, Guliston, Ahillik, Jannatmakon, Maxorat, Paxtakor, Mangulik, Yangilanish, Muqaddas, Madaniyer, Porloq, Bunyodkor mahallalarida;

Joriy yilning 10-iyun kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Kambag‘allikdan farovonlik sari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi 330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi” filiali Xorazm hududiy bo’linmasi tomonidan Xonqa tumani “Mustaqillik” mahallasiga quvvati 250 kVA bo’lgan yangi transformator punkitini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʼzbekiston sportining haqli yutugʼi: yaratilgan sharoit, doimiy eʼtibor, yuksak mahorat va gʼalabaga ishonch millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning orzusini real haqiqatga aylantirdi.

Заслуженный триумф узбекского спорта: созданные условия, постоянная поддержка, профессионализм и вера в победу превратили мечту миллионов футбольных болельщиков, всего нашего народа в реальность.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida

Mamlakatimizda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, quyosh panellarini о‘rnatish bо‘yicha qator qulayliklar va soliq imtiyozlari yaratilgan bo’lib, ushbu qulayliklar bo’yicha iste’molchilarni yaqindan tanshtirish maqsadida Xorazm viloyati prokuraturasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xiva shaharida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o’tkazildi.

Seminarda, quyosh panellarining bugungi kundagi afzalliklari, ularni o’rnatgan xonadonlarga berilayotgan imtiyozlar va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun ajratilayotgan mablag’lar bo‘yicha to’liq ma’lumotlar berdilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
2025/07/07 10:23:39
Back to Top
HTML Embed Code: