Telegram Web Link
#Kasb_mahorati

“Xavfsizlik texnikasi kо‘rik oyligi” munosabati bilan shahar va tuman elektr ta'minoti korxonalari xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan Kasb mahorati musobaqalaridan fotolavhalar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Bosh prokuror oʻrinbosari SH.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyatida energiya samaradorligini oshirish boʻyicha ilmiy-texnikaviy oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Xiva shahar va Yangibozor, Shovot, Xiva, Gurlan tuman shtablarining faoliyati tanqidiy muhokama qilinib, masʼullarga energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish, resurslarni iqtisod qilish hamda tarmoqlardagi yoʻqotishlarni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, Xiva tumani “Shomoxulum” mahallasidagi “BEREGIN” podstansiyasi, Gurlan tumani “Obod” va Shovot tumani “Doʻstlik” mahallalarida energiya samaradorligi boʻyicha olib borilayotgan ishlar, Yangibozor tumanidagi “Yangibozor Tekstil Agro Klaster” MCHJ, Xiva shahridagi “Arda Xiva” turistik kompleksiga oʻrnatilgan quvvati 372 kVt quyosh panellarini koʻzdan kechirib, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan yirik korxonalar, transformator punktlari, podstansiyalar, yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmalari koʻzdan kechirilib, masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bu boradagi oʻrganishlar davom ettirilmoqda.
MUSOBAQA G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Avval xabar berganimizdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan “Xavfsizlik texnikasi kо‘rik oyligi” munosabati bilan shahar va tuman elektr ta'minoti korxonalari xodimlari o'rtasida o'tkazilayotgan Kasb mahorati musobaqalari о‘z yakuniga yetdi. Musobaqada, shahar va tumanlar elektr ta’minoti korxonalaridan 13 ta jamoada jami 65 nafardan ortiq xodim ishtirok etdi.

Musobaqa davomida, jamoalarning huquqiy, siyosiy va xavfsizlik texnikasi qoidalariga oid bilimlari, shartli elektr qurilmasida yuzaga kelgan yong‘inni о‘chirish, yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish jarayonida xavfsizlik texnika qoidalariga rioya qilgan holda tо‘g‘ri ish tashkil etish, nosozlikni о‘z vaqtida sifatli bartaraf etish va kuchlanish ostiga tushgan shartli jabrlanuvchini xavfsiz joyga о‘tkazish hamda birinchi tez tibbiy yordam kо‘rsatish kabi vazifalarni uddalashlari sinovdan о‘tkazildi va hakamlar tomonidan go’liblar aniqlandi.

Batafsil
2025/07/06 15:12:24
Back to Top
HTML Embed Code: