Telegram Web Link
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
Photo
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda

Viloyatimizning barcha hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Energosavdo filiali Xorazm bo`linmasi tomonidan reyd tadbirilari o’tkazilmoqda.

Xususan, Qo’shko’pir tumani “Ko’ktom” mahallasida joylashgan “X.S.T” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga balansida bo’lgan suv tarqatish inshoatining elektr energiyasidan foydalanish holati o’rganildi. O’rganish davomida, jami quvvati 7.5 kVt bo’lgan uskunalar elektr hisoblagichdan tashqari (shartnoma tuzmagan holda) o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlanib ushbu holat yuzasidan tegishli mas’ullar tomonidan elektron tarzda dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 530,3 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holatlar yuzasidan qonuniy baho berish maqsadida tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.

Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией о мерах по обеспечению крупных промышленных предприятий «зеленой» энергией.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish hamda belgilangan mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini bajarish bo'yicha tizimli ishlari bajarilmoqda.

Xususan, belgilangan rejaga muvofiq Hazorasp tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Sanoat" podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli "Karvak" elektr uzatish tarmog'ining 2.7 km qisimida yangi kabel tarmog’ining o’tkzish ishlari bajarilmoqda.

Elektr uzatish tarmog'ini mukammal ta'mirlash orqali elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlar kamayib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
2025/07/05 06:50:19
Back to Top
HTML Embed Code: