Telegram Web Link
GERBIM MENING, FAXRIM MENING!

2-iyul –O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, rasmiy davlat ramzining qabul qilingan kuni munosabati bilan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari tomonidan “Gerbim mening, faxrim mening!” shiori ostida chellenj o‘tkazildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Quyosh panellari – barqaror daromad manbai

Bugungi kunda quyosh panellarini o‘rnatish orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish bilan birga qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari kengaymoqda.

Xususan, Tuproqqal’a tumanida paxta-g‘alla yetishtirish sohasida faoliyat yuritayotgan “Pitnak bunyodkori” fermer xo‘jaligi bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Fermer xo‘jalikda o‘rnatilgan 80 kVt/soat quvvatga ega quyosh panellari sug‘orish mavsumida energiya xarajatlarini tejashga yordam berishidan tashqari qolgan vaqtlarda ishlab chiqarilgan ortiqcha energiya to‘liq hajmda elektr ta'minoti korxonasiga sotilgan holda qo’shimcha daromad olish imkoniyatini beradi.

Yashil energetikaning taraqqiy etishi aholini uzluksiz energiya bilan ta'minlashga xizmat qiladi.


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
📌📌📌📌📌📌

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ “FITCH RATING” AGENTLIGINING XALQARO KREDIT REYTINGINI "BB, BARQAROR" DARAJASIGA OSHIRDI

Jahonda yetakchi reyting agentliklaridan biri hisoblangan Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xalqaro kredit reytingini “BB-” darajasidan “BB” darajaga oshirdi va “Barqaror” deb baholadi.

Agentligining 2025-yil 1-iyuldagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB” “Barqaror” darajaga oshirdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, xalqaro reyting Agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yo‘nalishlari ham chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi.

Ahamiyatlisi, mazkur reyting jahonning investitsiya bozorlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.

O‘z navbatida, qo‘lga kiritilgan mazkur yutuq kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qilish bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilish imkoniyatini beradi.

Jamiyat ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi, albatta. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yo‘lida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz elektr energetikasi tizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini samarali davom ettirishga intiladi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☀️ +43°C

Iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda ta’mirlash va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish maqsadida belgilangan rejaga asosan, hududlarda transformator punktlarini mukammal ta'mirlash ishlari bajarilmoqda

Xususan, Bo’got tuman elektr ta'minoti mutaxassis xodimlari tomonidan, tumandagi "Gulzor" mahallasida joylashgan TP 1568-sonli transformator punktida mukammal tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Transformator punktida to'liq mukammal ta'mirlash ishlari tugatilganidan so'ng, hududdagi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yanada yaxshilandi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialida viloyat sudining sudiyalari tomonidan sohaga doir qonunlar va qonunosti hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlar yuzasidan seminar oʻtkazildi.

Seminarda, Xorazm viloyati sudining sudiyalari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali, Energiyasavdo filiali Xorazm bo’linmasi xodimlari ishtirok etishdi. Seminar davomida, Oliy sud Plenumining yangi qarorlari hamda OʻRQ-1067-sonli Qonunning mazmun-mohiyatini yuzasidan xdoimlarga tushuntirishlar berildi. Seminar so’ngida, jamiyat xodimlari tomonidan ushbu o’zgarishlar yuzasidan o’zlarini savol va takliflar bildirishdi.

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo filiali" Xorazm boʻlinmasi xodimlari tomonidan tashkill qilingan reydlar davomida Hazorasp tumani “Barkamol avlod” mahallasida faoliyat olib boruvchi “H.P” ichlab chiqarish kooparativining elektr energiyasidan foydalanish holati oʻrganildi. O’rganish davomida iste`molchi tomonidan amaldagi elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga zid ravishda, jami quvvati 19 kvt bo`lgan 2 ta suv nasosini o’z boshimchalik bilan elektr tarmog`iga ulab foydalanayotganligi holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Mazkur elektr energiyasidan qonunga xilof holda foydalanish natijasida dastlabki xisob kitoblarga ko`ra 1.512.624 mlrd. so’m zarar aniqlangan.

Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan qonuniy va samarali foydalanishingizni so‘rab qolamiz!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 04:55:22
Back to Top
HTML Embed Code: