Telegram Web Link
XORAZM| QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL
Photo
#JARAYON

📌 Boshqaruv servis kompaniyalari uchun seminar tashkil etildi

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida kóp kvartirali uylarga xizmat kórsatish sohasini takomillashtirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining eng zarur ehtiyojlari bilan boğliq tizimdagi bunday ishlar eng avvalo, turmush tarzimizni yaxshilash uchun xizmat qilayotgani bilan ham ahamiyatli.

“Xorazm shinam uylar” boshqaruv servis kompaniyasi 2024-yilning fevral oyida Urganch shahrida tashkil etildi. Kompaniya hududdagi 8 ta boshqaruv tashkilotlarining birdamlik asosida birlashishi mahsulidir. Respublika Boshqaruv servis kompaniyalari uyushmasi tashabbusi bilan amaliyotga ilk bor joriy qilingan mazkur yangilik ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini maksimal darajada oshirishni maqsad qilgan. Moddiy-texnik bazasi, mavjud ishchi xodimlari, imkoniyati va boshqaruv salohiyati birlashgan tashkilotlar bir kuch bo‘lib, mavjud 9 903 ta xonadondan iborat 273 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatishni butkul yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida xizmatdalar.

Bugun Xorazm viloyatida faoliyat yurituvchi bir qator boshqaruv organlari rahbarlari uchun mazkur BSKda amaliy seminar tashkil etildi.

Unda aholining zamonaviy talablari asosida boshqaruv va xizmat kórsatish faoliyatini tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, qòshimcha servis xizmatlarni yòlga qóyish, hujjatlar bilan ishlash hamda tun-u kun faoliyat yurituvchi dispetcherlik xizmati bóyicha yiğilganlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

🟣Tadbirda Xorazm viloyati prokurori Murodxon Ahmedov, viloyat IIB boshliği Ravshan Sultonxójayev, hokimlik mutasaddilari hamda kommunal soha mas’ullari ishtirok etib, sohani rivojlantirishning aholi hayotidagi ahamiyati va galdagi zarur vazifalarga tóxtaldilar.

Barcha uchun manfaatli bólgan seminarda boshqaruv organlari rahbarlari ózlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, boshqaruv organining yangi binosida ishchi-xodimlar va aholiga yaratilgan qulayliklar kózdan kechirildi.

😎Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BU_QIZIQ

    🍀 Yashil maydonlar aholi yashash joylarining ajralmas qismi hisoblanadi. Zero, oʻsimlik dunyosi sogʻligʻimiz uchun zarur boʻlgan kislorod moddasini taʼminlab berishi bilan ahamiyatlidir. Ular havodagi zararli chiqindi gazlarini tozalash bilan bir qatorda, issiqdan himoya qilish va shahar shovqinini nisbatan tindirish xususiyatiga ega. 
     📝 Gippokrat, Platon, Aristotel kabi mutafakkirlar joylarni koʻkalamzorlashtirishning foydalari haqida juda koʻp taʼkidlaganlar. Bu  masala bugungi kunda ham oʻta dolzarb. Xususan, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada va AQSH da “yashil loyihalar” tobora koʻpayib bormoqda.
      Eʼtiboringizga koʻp qavatli uy-joylar atrofidagi noodatiy yashil maydonlar fotojamlanmasini taqdim qilamiz.

😎Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bilan_uchrashuv

Davlatimiz rahbarining raisligida o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilindi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlatirish bo‘yicha viloyat komissiyasining qarori bilan 2024 yilda alohida ishlash talab etiladigan yoshlar ijro etuvchi hokimyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta’lim tashkilot rahbarlariga biriktirilgan.
Shu bilan birga Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i A.Elamonovga biriktirilgan maxsus toifadagi yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ijtimoiy hayotga moslashtirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Xiva shahar “Gulirayxon” mahallasida yashovchi 15 nafar yoshlar va mahalla raisi hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning har biri bilan batafsil suhbatlashib alohida “yo‘l xarita”lar ishlab chiqildi.

😎Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fransiya madaniyat markaziga Fransiyaning Yevropa va Tashqi ishlar vazirligining Yevropa qitʼasi boshqarmasi boshligʼi Bris Rokfeyl hamda Fransiyaning Oʼzbekistondagi elchisi Аureliya Bushez xonim tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Jamgʼarmaning mehmon va hamkorlari qurilish ishlarining bugungi holati bilan tanishib, Markazning rejalari va istiqbolli loyihalarini muhokama qildilar.

Binoda jamoat joylaridan tashqari Restavratsiya ilmiy-tadqiqot markazi ham joylashadi.

Restavratsiya markazi qayta taʼmirlash ishlarining markazlashgan tizimini yaratish, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, restavratsiya va konservatsiyaning yuqori sifatli usullarini ishlab chiqishni koʼzlaydi.

😎Xorazm viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi boshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/06/01 15:58:24
Back to Top
HTML Embed Code: