Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy mikrodarslar taqdimoti hamda attestatsiya test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun, 26-iyun kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

📷 Sinov jarayonlaridan foto lavhalar:

🔹 Tinglovchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
🔹 Sinovlar adolatli va shaffof muhitda o‘tkazilmoqda
🔹 Malaka oshirish kursi pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi.


📸Markaz axborot xizmati
🎧Bizni kuzatishda davom eting
📱Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱 Web sayt 📱Telegram
XALQARO TAJRIBA ASOSIDA INFORMATIKA O‘QITUVCHILARI UCHUN SEMINAR

Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 36-umumta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi, Janubiy Koreyada malaka oshirib qaytgan Kadirova Kamola Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi bo‘limi mutaxassislari hamda informatika kursi tinglovchilari ishtirokida amaliy-seminar tashkil etildi.

Seminarda “Raqamli ta’limni globallashuvi” mavzusi asosida Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari,Janubiy Koreya tajribasi asosida innovatsion metodikalarning joriy etilishi.

💻 Mashg'ulotda:
SUNO.com platformasining interaktiv ta’limdagi imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar;
Micro:bit qurilmasi orqali robotlarni dasturlash va ularni boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qildilar.


Seminar orqali zamonaviy texnologiyalarning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kreativ fikrlash salohiyatini rivojlantirishdagi rolini amaliy jihatdan o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar.


📸Markaz axborot xizmati

📱Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱 Web sayt 📱Telegram
Xalqaro malaka oshirish-ta'lim sifatini yuksaltirish yo‘lida muhim qadam

👉2025-yil iyun oyida Germaniyaning Baden-Württemberg federal yerida joylashgan Schwäbisch Hall shahridagi Goethe Institut tomonidan nemis tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kursida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining yetakchi metodisti, tajribali mutaxassis Ibodullayeva Surayyo Sadullayevna faol ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish kursi xorijiy til o‘qitishning zamonaviy metodikalari, kommunikativ yondashuv, interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanish, hamda o‘quvchilarning til kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni o‘z ichiga oladi.

🔹 Ushbu xalqaro o‘quv kursida ishtirok etish orqali Surayyo Sadullayevna o‘z kasbiy salohiyatini oshirmoqda.

⚡️Pedagoglarning malakasini muntazam oshirib borish-sifatli ta’limning poydevoridir.

📸Markaz axborot xizmati
📱Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱 Web sayt 📱Telegram
Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi!

📢 Murojaat
👉Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich jamiyatimiz taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishga chaqiradi.

“Hurmatli ustozlar va tinglovchilar!
Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun, Respublika idoralararo komissiyasi va Davlat dasturi doirasida bu illatga qarshi qat’iy chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi jamoasi ham bu borada faol:
Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik,
Shubhali va noqonuniy holatlarni barvaqt aniqlash,
Shaffoflik va adolat tamoyillarini mustahkamlash asosiy vazifamizdir.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
“Korrupsiya – davlat tizimini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqaradigan xavfli illatdir.”

Shu bois har bir xodim halollik, vijdon va poklikni mezon qilishi lozim. Kelajagimiz uchun har birimiz mas’ulmiz!”

📨 Agar Siz markaz faoliyatida korrupsiyaviy yoki shubhali holatni sezsangiz-darhol biz bilan bog‘laning.
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi.
🌐 Rasmiy sayt | +99893 280-90-26 | +99895 520-99-90

Halollik – farovonlik garovi!

📸Markaz axborot xizmati
📱Youtube 📱Facebook 📱INSTAGRAM
📱 Web sayt 📱Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️Sizning nomingizga kredit olingan boʻlishi mumkin — siz bundan xatto bexabarsiz!

Firibgarlar qanday qilib sizsiz kredit olyapti?
❗️Bu haqida videoda toʻliq tushuntirish berilgan!


🧠aokaxorazm.uz | 🌐Facebook | ✈️Telegram |📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 03:36:43
Back to Top
HTML Embed Code: