Telegram Web Link
Xorazm viloyatining xizmatlar sohasida qancha qoʻshilgan qiymat yaratildi?

📊 2025- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Xorazm viloyati boʻyicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 5 208,0 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2024- yilning mos davriga nisbatan 6,4 % ga oʻsdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Savdo xizmatlari

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch shahrida koʻrsatilgan bozor xizmatlarining 9,6 %i yoki 226,3 mlrd soʻmi savdo xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
📈 Oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 1,1 % ga oshgan.
Viloyat savdo xizmatlari umumiy hajmida Urganch shahrining ulushi 18,0 % ni tashkil etgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Gurlan tumanining chakana savdo hajmi oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Gurlan tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024- yilning shu davriga nisbatan 7,4 % ga oʻsgan va 357,3 mlrd soʻmni tashkil etgan.

📶 Chakana savdo umumiy hajmining tarkibida:

yirik savdo korxonalari – 0,5 %
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 60,4 %
uyushmagan savdo – 39,1 % ulushga ega boʻlgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva shahrida taʻlim xizmatlarining salmogʻi oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Xiva shahrida 50,1 mlrd soʻmlik taʻlim xizmatlari koʻrsatilib, oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 65,5 % oʻsish kuzatilgan.
Viloyatda shu davrda koʻrsatilgan umumiy taʻlim xizmatlarining 12,9 %i ushbu hudud hissasiga toʻgʻri kelgan.
📈 Maʻlumot uchun: 2025- yilning yanvar-aprel oylarida viloyat boʻyicha 360,6 mlrd soʻmlik taʻlim xizmatlari koʻrsatilgan va hududlar kesimida eng yuqori hajm Urganch shahri (223,3 mlrd soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi tarkibi

📊 Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 18,8 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
📈 2024-yilning mos davriga nisbatan savdo hajmi 19,8 % ga oshgan.

Shundan:
eksport – 14,9 mln dollar
import – 3,9 mln dollar.

Hisobot davrida tuman eksportida 14,7 %, importning 44,0 % ga koʻpayish kuzatildi.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Transport xizmatlari

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Qoʻshkoʻpir tumanida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 297,9 mlrd soʻmni tashkil etib, shundan 97,7 mlrd soʻmi (32,8 %i) transport xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
📈 Oʻtgan yilning yanvar-apreliga nisbatan transport xizmatlari hajmi 12,4 % ga oshgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva tumanida qancha hajmdagi moliyaviy xizmatlar koʻrsatilgan?

📊 Joriy yilning yanvar- aprel oylarida Xiva tumanida 65,5 mlrd soʻmlik moliyaviy xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, 2024-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish 9,4 % ni tashkil qildi.
Tuman umumiy xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 16,2 % ga teng boʻldi.
🔄 Taqqoslash uchun: 2024- yilning yanvar-aprel oylarida tumanda 41,4 mlrd soʻmlik moliyaviy xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkichning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 16,2 % ga teng boʻlgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangiariq tumanidagi oilaviy korxonalar statistikasi

📊 2025- yilning 1- may holatiga Yangiariq tumanida 483 ta oilaviy korxona roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 298 tasi (61,7 %) faoliyat yuritgan.
2024-yilning shu davri bilan solishtirilganda, faoliyat koʻrsatayotgan oilaviy korxonalar soni 60 taga kamaygan.
Joriy yillning yanvar- aprel oylarida tumanda 9 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yillar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1,7 trln soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 17,2 % ni tashkil qilgan.
📶 Soʻnggi 5 yil ichida kichik biznes tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining dinamikasi quyidagicha boʻlgan:

🔹 2021- yilda – 0,6 trln soʻm
🔹 2022- yilda – 0,7 trln soʻm
🔹 2023- yilda – 1,2 trln soʻm
🔹 2024- yilda – 1,4 trln soʻm
🔹 2025-yilda – 1,7 trln soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
👍1
Xorazm viloyati statistika boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi xabar berish aloqa kanallari haqida maʼlumot

📲 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi ishonch telefon raqami: (62) 227-70-75

📞 Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha boshqarma masʼul shaxs raqami: (62) 227-77-88 (ichki raqam-9155)

🌐 Boshqarma veb-sayti: https://xorazmstat.uz/uz/

💻 Boshqarma elektron pochtasi: [email protected]

🛜 Facebookda: https://www.facebook.com/groups/820769195027714

🛜 Telegram sahifa: www.tg-me.com/xorazmstatuz

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizdagi OTM larida tahsil olayotgan talabalar sonining yillar kesimidagi dinamikasi

📊 2024/2025- oʻquv yili boshiga viloyatimizda 8 ta oliy taʻlim muassasalari faoliyat yuritgan boʻlib, ularda jami 60,6 ming talaba tahsil olgan.
📈 2023/2024- oʻquv yili boshiga talabalar soni 6,7 ming nafarga oshgan.
📶 Yillar kesimida OTM talabalari sonining dinamik oʻzgarishi:

🔹 2020/2021- oʻquv yili - 22,8 ming
🔹 2021/2022- oʻquv yili - 28,7 ming
🔹 2022/2023- oʻquv yili - 42,8 ming
🔹 2023/2024- oʻquv yili - 53,9 ming
🔹 2024/2025- oʻquv yili – 60,6 ming nafar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook
Hududlar kesimida tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Xorazm viloyati tashqi savdo tovar aylanmasi jami hajmi (251,4 mln AQSH dollari)ning hududlar kesimida taqsimlanishi : 📶

Urganch shahri – 64,4 mln dollar
Tuproqqalʻa tumani – 51,6 mln dollar
Xonqa tumani – 18,8 mln dollar
Urganch tumani – 14,9 mln dollar
Shovot tumani – 14,3 mln dollar
Yangibozor tumani – 14,2 mln dollar
Yangiariq tumani –12,8 mln dollar
Hazorasp tumani – 11,7 mln dollar
Xiva shahri – 10,9 mln dollar
Bogʻot tumani – 9,3 mln dollar
Qoʻshkoʻpir tumani – 9,1 mln dollar
Xiva tumani – 8,4 mln dollar
Gurlan tumani – 6,6 mln dollar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanida bajarilgan qurilish ishlarining tarkibi

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanida 169,4 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 40,8 % ga koʻpaygan.
Bajarilgan qurilish ishlarining korxonalar turiga koʻra tarkibida:

🔹 yirik qurilish tashkilotlari – 68,3 mlrd soʻm
🔹 kichik korxona va mikrofirmalar – 55,4 mlrd soʻm
🔹 norasmiy sektor – 45,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 157,2 mlrd soʻmni tashkil etgan va oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,6 % ga oshgan.
Savdo hajmining 96,8 %i yoki 152,1 mlrd soʻmi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Maʼlumot uchun: 2024- yilning yanvar-aprel oylarida tumanning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 121,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xorazm viloyatining Turkiya bilan savdo aloqalari

📊 2025- yilning yanvar-aprel oyi yakunlariga koʻra, Xorazm viloyatining Turkiya bilan tashqi savdo tovar aylanmasi 10,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich viloyat TSA umumiy hajmining 4,1 % ulushiga teng boʻlgan.

♻️ Koʻrilayotgan davrda ushbu davlatga eksport hajmi 2,8 mln dollarni, import qilingan tovarlar hajmi 7,4 mln dollarni tashkil qildi.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Kichik tadbirkorlikning xizmatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining xizmatlar sohasidagi umumiy hajmi 5,1 trln soʻmni tashkil qildi.
Bu koʻrsatkich umumiy hajmning 71,4 % ini tashkil etdi.
📶 Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi va ulushining yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar-mart oylari):

2021-yil – 1,2 trln soʻm (63,5 %)
2022-yil – 1,4 trln soʻm (63,3 %)
2023-yil – 1,7 trln soʻm (60,7 %)
2024-yil – 2,1 trln soʻm (71,3 %)
2025-yil – 5,1 trln soʻm (71,4 %).

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Urganch tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi tarkibi

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Urganch tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 14,9 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmining oʻsish surʼati 81,6 % darajada qayd etilgan.

Shundan:

eksport – 8,3 mln dollar
import – 6,7 mln dollar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

Yangibozor tumanining chakana savdo hajmi oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-aprel oylarida Yangibozor tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 9,0 % ga oʻsgan va 116,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.

📶 Savdo umumiy hajmi tarkibida:

yirik korxonalar -  6,8 %
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari – 77,2 %
uyushmagan savdo – 16,1 % ulushga ega boʻlgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
#Kun_hikmati

Toʻgʻrisoʻzlikdan koʻra goʻzalroq ziynatni koʻrmadim.

✍️ Shayx Najmiddin KUBRO
👍2
2025/07/14 11:30:00
Back to Top
HTML Embed Code: