Telegram Web Link
🔰 Urganch Ranch texnologiyalar universitetida statistika idoralarida ishlash jozibadorligini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasida targʻib qilishga yoʻnaltirilgan davra suhbati oʻtkazildi
👍4
🔰 Urganch Ranch texnologiyalar universitetida davra suhbati oʻtkazildi

2025- yilning 16-iyun kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi hamda Urganch Ranch texnologiyalar universiteti hamkorligida bitiruvchi talabalar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Statistika idoralarida ishlash jozibadorligini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari orasida targʻib qilishga yoʻnaltirilgan tadbirda ishtirokchilarga boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va statistika tizimida davlat fuqarolik xizmatchilariga yaratilayotgan qulayliklar hamda imkoniyatlar xususida batafsil maʼlumot berildi.


Davra suhbati davomida statistika idoralariga ishga kirish tartibi, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining ochiq portali vacancy.argos.uz orqali amalga oshirilgan ishlar va ushbu portaldan foydalanish tartibi, shuningdek, ochiq mustaqil tanlovlar tashkil etilishining huquqiy asoslari, mexanizmlari va bosqichlari, eʼtibor qaratish lozim boʻlgan asosiy jihatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim qilindi.


Talabalarning mavzuga doir savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Axborot xizmati
👍3
Korxona va tashkilotlar statistikasi raqamlarda

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga Xorazm viloyatida roʻyxatga olingan korxona va tashkilotlar soni 39 936 tani tashkil etib, shundan 25 438 tasi faoliyat yuritgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 22 065 tasi (86,7 %i)ni kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanida qancha hajmdagi transport xizmatlari koʻrsatilgan?

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanida 423,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
📈 Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,0 % ni tashkil qilgan.
Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari yuqori ulushga ega boʻlgan va 30,5 % ni yoki 128,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.
📈 2024-yilning yanvar-aprel oylari bilan taqqoslaganda transport xizmatlari hajmi 36,4 % ga oshgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyat importining 32,6 foizi Tuproqqalʼa tumani hissasiga toʻgʻri kelgan

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Tuproqqalʼa tumaniga xorijdan 42,4 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilindi.
Bu koʻrsatkich viloyat umumiy importining 32,6 % ini tashkil etdi.
📈 2024-yilning mos davriga nisbatan import hajmi 26,3 % ga oshdi.
📶 Tumanda koʻrilayotgan davrda MDH davlatlarida 24,4 mln dollarlik, boshqa xorijiy davlatlardan 18,0 mln dollarlik tovar (xizmatlar) importi amalga oshirildi.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanida qaysi xizmat turlari hajmining yuqori oʻsishi kuzatilgan?

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanida 393,9 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
📈 Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 % ni tashkil etgan.
📶 Xizmatlar umumiy hajmining oʻsishida moliyaviy (118,9 %) , aloqa va axborotlashtirish (115,5 %), taʼlim (114,9 %) xizmatlarining ulushi salmoqli boʻlgan.

📎Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Sabzi eksporti

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz xorijga qiymati 0,2 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 1,0 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich meva va sabzavot eksporti umumiy hajmining 0,4 % ulushini tashkil etgan.
Maʼlumot uchun: 2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz xorijga qiymati 6,3 ming tonna sabzi eksportini amalga oshirgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 722,7 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,8 % ga oshgan.

📶 2021-yilning yanvar-aprel oylari holati tahlil qilinganda, aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 054,2 ming soʻmni tashkil qilgani kuzatiladi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva tumanida qariyb 236 mlrd soʻmlik yangi qurilish ishlari bajarilgan

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Xiva tumanida 244,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 32,5 % ni tashkil etdi.
Jami qurilish ishlarining 235,8 mlrd soʻmi (96,3 %) yangi qurilish ishlari hissasiga toʻgʻri keldi.
📶 Bajarilgan yangi qurilish ishlarining faoliyat turiga koʻra tarkibi:

bino va inshootlar qurilishi – 174,4 mlrd soʻm
fuqarolik obyektlari qurilishi – 53,2 mlrd soʻm
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 8,2 mlrd soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanining tashqi savdo aylanmasi koʻrsatkichlari

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 11,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.
📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 0,3 % oʻsgan.
TSA tarkibida:

🔹 eksport – 4,7 mln dollarni
🔹 import – 7,0 mln dollarni tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi qancha korxona faoliyat yuritmoqda?

📊 2025-yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda 162 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.
📈 Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan korxonalar soni 31 taga koʻpaygan.
🔄 Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 60 tasini qoʻshma korxonalar, 102 tasini xorijiy korxonalar tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
📢 ҲУРМАТЛИ ФОЙДАЛАНУВЧИЛАР!

📊 Сизни Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси томонидан эълон қилинаётган статистика маълумотларидан фойдаланувчиларнинг қониқиш ва ишонч даражасини аниқлаш учун сўровномани тўлдиришга таклиф қиламиз.

Сизнинг жавобларингиз ва таклифларингиз эътиборга олиниб, статистика органлари фаолиятини такомиллаштириш ва тақдим этилаётган статистик маълумотларнинг сифатини яхшилашда ёрдам беради.

📋 Биз билан ҳамкорлигингиз ва мазкур ишда бизга кўрсатган ёрдамингиз учун Сизга олдиндан миннатдорчилик билдирамиз!!!

❗️❗️❗️Сўровномани тўлдириш

🇺🇿 Лотинда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Usmon Rustamovich
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍5
2025/07/13 22:35:33
Back to Top
HTML Embed Code: