Telegram Web Link
Xiva shahri sanoatining salmoqli qismini toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etdi

📊 Joriy yilning 5 oyida Xiva shahrida faoliyat yuritayotgan 240 ta sanoat korxonasi tomonidan umumiy hajmi 182,8 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
📈 2024-yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 105,4 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 1 824,1 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
📶 Hudud sanoatida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish salmoqli hajmga ega boʻldi va oʻtgan yilning 5 oyiga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 17,7 % ga oshib, hajmi 105,9 mlrd soʻmga yetdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eksportning hududlar kesimidagi hajmi

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning xorijiy davlatlarga mahsulot (xizmatlar) eksporti hajmi 152,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, umumiy hajmning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha boʻlgan:📶
🔹 Urganch shahri – 21,1 mln dollar
🔹 Xonqa tumani – 18,4 mln dollar
🔹 Gurlan tumani – 17,8 mln dollar
🔹 Yangibozor tumani – 15,8 mln dollar
🔹 Shovot tumani – 15,4 mln dollar
🔹 Yangiariq tumani – 13,3 mln dollar
🔹 Qoʻshkoʻpir tumani – 8,5 mln dollar
🔹 Tuproqqalʼa tumani – 7,5 mln dollar
🔹 Xiva tumani – 7,2 mln dollar
🔹 Bogʻot tumani – 6,9 mln dollar
🔹 Hazorasp tumani – 6,3 mln dollar
🔹 Urganch tumani – 4,9 mln dollar
🔹 Xiva shahri – 4,6 mln dollar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Donolar_bisotidan

Aqlli kishi koʻngliga yoqqan narsaning ortidan emas, koʻngilsizlikdan qutqaradigan narsaning ortidan quvadi.

✍️ Aristotel
Xizmatlar hajmining faoliyat turlari kesimidagi tarkibi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining faoliyat turlari boʻyicha tarkibi quyidagicha boʻlgan:

🔺 yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 4 132,7 mlrd soʻm
🔺 transport xizmatlari – 2 165,4 mlrd soʻm
🔺 moliyaviy xizmatlar – 1 954,4 mlrd soʻm
🔺 savdo xizmatlari – 1 652,5 mlrd soʻm
🔺 aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 520,8 mlrd soʻm
🔺 taʼlim xizmatlari – 483,4 mlrd soʻm
🔺 kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 386,8 mlrd soʻm
🔺 shaxsiy xizmatlar – 322,0 mlrd soʻm
🔺 sogʻliqni saqlash xizmatlari – 229,7 mlrd soʻm
🔺 koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 209,1 mlrd soʻm
🔺 ijara xizmatlari – 129,1 mlrd soʻm
🔺 meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 124,7 mlrd soʻm
🔺 boshqa xizmatlar – 442,4 mlrd soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizning BAA bilan savdo tovar aylanmasi 2 mln dollardan oshdi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizning Birlashgan Arab Amirliklari bilan tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2,1 mln AQSH dollarini tashkil qildi.
📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 barobarga oʻsdi.

📶 Xususan tashqi savdo aylanmasi hajmi keyingi 3 yilda quyidagicha oʻzgardi:

🔹 2023-yilda – 1,5 mln dollar
🔹 2024-yilda – 1,2 mln dollar
🔹 2025-yilda – 2,1 mln dollar.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook
Yangibozor tumanida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi qariyb 13 foizga oʻsdi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida hajmi 284,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 14,6 % ga oʻsish kuzatildi.
Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 2,2 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga oʻrtacha xizmatlar hajmi 3 017,6 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
📈 Bu koʻrsatkich 2024-yilning yanvar-may oylari bilan taqqsolaganda 12,9 % ga oshdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizda 5 oyda 2,2 trln soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatilgan

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 2 165,4 mlrd soʻmlik transport xizmatlari koʻrsatildi.
Bu koʻrsatkich xizmatlar umumiy hajmining 17,0 % ulushini tashkil etadi.
📈 Transport xizmatlari hajmi 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 18,1 % ga yoki 529,0 mlrd soʻmga oʻsdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#Kunxabari

📻🔊"Xorazm" radiokanali "Axborot" dasturida viloyat iqtisodiyotiga oid statistik ma’lumotlar berildi.
5 oyda xorijga ming tonnadan ziyod pomidor eksport qilindi

📊 Shu yilning yanvar-may oylarida viloyatimizdan xorijga qiymati 1,0 mln AQSH dollarini tashkil qilgan 1,1 ming tonna pomidor eksport qilindi.
Eksport qilingan meva va sabzavot mahsulotlari tarkibida ushbu mahsulotning ulushi 1,3 % ni tashkil qildi.

🔄 Maʼlumot oʻrnida: 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijiy davlatlarga viloyatda yetishtirilgan 74,9 mln dollarlik 51,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Bogʻot tumanida sanoat ishlab chiqarishning koʻrsatkichlari

📊 2025-yilning yanvar-may oylarida Bogʻot tumanida umumiy hajmi 243,5 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
📈 Oʻtgan yilning yanvar-may oylari bilan solishtirilganda, ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 106,8 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi oʻrtacha 1 353,9 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangiariq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi asosiy koʻrsatkichlari

📊 2025- yil yanvar-may oylarida Yangiariq tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 254,7 mlrd soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 7,4 % ga oʻsdi.
Viloyat umumiy savdo hajmida tumanning ulushi 4,1 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga savdo hajmi oʻrtacha 2 032,9 ming soʻmga toʻgʻri keldi.
🔄 Taqqoslash uchun: 2024-yilning yanvar-may oyida tumanda chakana savdo hajmi 225,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025/06/30 18:12:27
Back to Top
HTML Embed Code: