Telegram Web Link
#Hikmatli_soʻzlar

Sabr – insonni maqsadiga eltuvchi eng ishonchli va qisqa yoʻldir.

Jaloliddin Rumiy
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#Kunxabari

📻🔊"Xorazm - 24" radiokanali "Axborot" dasturida viloyat iqtisodiyotiga oid statistik ma’lumotlar
Xiva shahrida 5 oyda 19 ta yangi oilaviy korxona tashkil etildi

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga Xiva shahrida 681 ta oilaviy korxona roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 442 tasi (64,9 %) faoliyat yuritgan.

Bu koʻrsatkich viloyatdagi jami shu turdagi korxonalarning 11,7 % ulushini tashkil qiladi.

Joriy yilning yanvar-may oylarida hududda 19 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Bogʻot tumanida transport xizmatlarining hajmi salmoqli boʻldi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Bogʻot tumanida 398,8 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 110,6 % ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra tumanda quyidagi xizmat turlari yuqori hajmga ega boʻlgan:

transport xizmatlari – 133,9 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 92,2 mlrd soʻm
moliyaviy xizmatlar – 47,0 mlrd soʻm
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼminlash boʻyicha xizmatlar – 34,3 mlrd soʻm.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Gurlan tumani eksporti 53 foizga oshdi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Gurlan tumanidan xorijga 17,8 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksport qilindi.

Bu viloyat umumiy eksportining 11,6 % ulushini tashkil etadi.

Eksport hajmi oʻtgan yilning yanvar-may oylariga nisbatan 53,0 % ga koʻpaydi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Urganch tumanida aholi jon boshiga chakana savdoning oʻrtacha hajmi 3,4 mln soʻmga toʻgʻri keldi

📊 Joriy yilning yanvar-may oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 739,7 mlrd soʻmni tashkil etdi va 2024-yilning tegishli davriga nisbatan 8,7 % ga oshdi.

Viloyat chakana savdo hajmida tumanning ulushi 11,9 % ni tashkl etdi.

Aholi jon boshiga savdo hajmi oʻrtacha 3,4 mln soʻmga toʻgʻri keldi.

Maʼlumot uchun: 2024-yilning yanvar-may oylarida Urganch tumanining chakana savdo tovar aylanmasi 647,9 mlrd soʻmni, aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 3,0 mln soʻmni tashkil qilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangibozor tumanining sanoat ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanining sanoat korxonalari tomonidan hajmi 351,7 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 2024-yilning shu davriga nisbatan 110,2 % ni tashkil etdi.

Viloyat sanoat ishlab chiqarishida hududning ulushi 2,8 % darajada qayd etildi.

Tumanda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 3,7 mln soʻmga toʻgʻri keldi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Qoʻshkoʻpir tumanida qaysi xizmat turlarining oʻsish surʼati yuqori boʻlgan?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Qoʻshkoʻpir tumanida 383,3 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, xizmatlar hajmining oʻsish surʼati 113,8 % ni tashkil qilgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida quyidagi xizmat turlarida yuqori oʻsish surʼatlari kuzatilgan:

moliyaviy xizmatlar – 121,5 %
transport xizmatlari - 116,3 %
savdo xizmatlari – 114,5 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Urganch shahrida savdo sohasida 1,6 mingdan ortiq koʻp kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga Urganch shahrida 4 278 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan.
Sohalar kesimida eng koʻp kichik korxona va mikrofirma savdoda faoliyat yuritgan va 1 626 tani yoki jamiga nisbatan 38,0 % ni tashkil qilgan.
Shuningdek, ularning soni :

sanoatda – 600 ta,
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 385 ta,
qurilishda – 335 ta,
tashish va saqlash xizmatlarida – 196 ta,
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 175 ta,
axborot va aloqa sohasida – 128 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 70 ta,
boshqa turlari – 763 tani tashkil qilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
🤩 100 та уй хўжалигига нечта телевизор тўғри келади?

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июнь ойларида ўтказилган уй хўжаликлари танланма кузатувлари маълумотларига асосан, Ўзбекистонда 100 та уй хўжалигига тўғри келадиган телевизорлар ўртача сони 178 тани ташкил этди.

🤩 100 та уй хўжалигига тўғри келадиган телевизорлар сони йиллар кесимида (дона):

2000 йил – 88 та

2005 йил – 109 та

2010 йил – 132 та

2015 йил – 152 та

2020 йил – 162 та

2025 йил (январь-июнь) – 178 та


🇺🇿 Лотинда
🇷🇺 Читать на русском
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xiva tumanida bajarilgan qurilish ishlari statistikasi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Xiva tumanida 273,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 25,1 % oʻsish kuzatildi.
Viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmida tumanning ulushi 7,9 % ni tashkil qildi.

Bajarilgan qurilish ishlarining faoliyat turlari kesimidagi tarkibida:

bino va inshootlar qurilishi – 179,7 mlrd soʻmni
fuqarolik obyektlari qurilish ishlari – 88,3 mlrd soʻmni
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 5,3 mlrd soʻmni tashkil qildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanida sanoat ishlab chiqarish hajmi qanchaga oʻsdi?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Hazorasp tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 285,0 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich viloyat sanoat ishlab chiqarishining 2,3 % ulushini tashkil etdi.
2024-yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,1 % ni tashkil qildi.
Tumanda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 1,4 mln soʻmga toʻgʻri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp tadbirkorlik subyekti qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga viloyat boʻyicha 22 197 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan.
Tadbirkorlik subyektlarining umumiy sonida salmoqli ulushga ega hududlar:

Urganch shahri – 19,5 % (4 328 ta)
Urganch tumani – 11,5 % (2 553 ta)
Xonqa tumani – 8,3 % (1 853 ta)
Qoʻshkoʻpir tumani - 7,3 % (1 614 ta).


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Tuproqqalʼa tumanida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 600 dan oshdi

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga Tuproqqalʼa tumanida 886 ta kichik biznes subyekti roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 610 tasi (68,8 %) faoliyat yuritgan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha boʻlgan:

savdo – 199 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 133 ta
sanoat – 129 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 49 ta
qurilish – 24 ta
tashish va saqlash xizmatlarida – 11 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 10 ta
axborot va aloqa sohasida – 4 ta
boshqa turlari – 51 ta.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanida qaysi xizmat turlari yuqori ulushga ega boʻlgan?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida 511,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 % ni tashkil qilgan.
Umumiy hajmda quyidagi xizmat turlari yuqori ulushga ega boʻlgan:

transport xizmatlari – 35,1 %
moliyaviy xizmatlar – 21,0 %
savdo xizmatlari – 19,4 %
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,8 %
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 3,7 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangiariq tumanining sanoat ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangiariq tumanining sanoat korxonalari tomonidan hajmi 332,4 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 2024-yilning shu davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi.
Viloyat sanoat ishlab chiqarishida hududning ulushi 2,7 % darajada qayd etildi.
Tumanda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 2,7 mln soʻmga toʻgʻri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva tumanida chakana savdo hajmi qariyb 8 foizga oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-may oylarida Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 203,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,7 % ga oshdi.
Viloyat chakana savdo hajmida tumanning ulushi 3,3 % ni tashkl etdi.
Aholi jon boshiga oʻrtacha savdo hajmi 1,3 mln soʻmni tashkil qilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Shovot tumanida qaysi xizmat turlari yuqori hajmga ega boʻlgan?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Shovot tumanida 380,3 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, xizmatlar hajmining oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yuqori hajmga ega xizmat turlari:

transport xizmatlari - 107,0 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 86,9 mlrd soʻm
moliyaviy xizmatlar – 76,4 mlrd soʻm
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 24,3 mlrd soʻm
shaxsiy xizmatlar – 18,7 mlrd soʻm.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangibozor tumanida bajarilgan yangi qurilish ishlarining asosiy qismi nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelgan

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida 99,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 % oʻsish kuzatildi.
Bajarilgan qurilish ishlarining 68,9 mlrd soʻmi yoki 69,4 %ini yangi qurilish ishlari tashkil qildi.
Yangi qurilish ishlari tarkibida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlarning ulushi yuqori boʻlib, 90,0 % ni yoki 62,0 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025/07/13 13:32:57
Back to Top
HTML Embed Code: