Telegram Web Link
Hazorasp tumanida sanoat ishlab chiqarish hajmi qanchaga oʻsdi?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Hazorasp tumanining sanoat ishlab chiqarish hajmi 285,0 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich viloyat sanoat ishlab chiqarishining 2,3 % ulushini tashkil etdi.
2024-yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,1 % ni tashkil qildi.
Tumanda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 1,4 mln soʻmga toʻgʻri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp tadbirkorlik subyekti qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga viloyat boʻyicha 22 197 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan.
Tadbirkorlik subyektlarining umumiy sonida salmoqli ulushga ega hududlar:

Urganch shahri – 19,5 % (4 328 ta)
Urganch tumani – 11,5 % (2 553 ta)
Xonqa tumani – 8,3 % (1 853 ta)
Qoʻshkoʻpir tumani - 7,3 % (1 614 ta).


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Tuproqqalʼa tumanida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 600 dan oshdi

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga Tuproqqalʼa tumanida 886 ta kichik biznes subyekti roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 610 tasi (68,8 %) faoliyat yuritgan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning sohalar kesimidagi tarkibi quyidagicha boʻlgan:

savdo – 199 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 133 ta
sanoat – 129 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 49 ta
qurilish – 24 ta
tashish va saqlash xizmatlarida – 11 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 10 ta
axborot va aloqa sohasida – 4 ta
boshqa turlari – 51 ta.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanida qaysi xizmat turlari yuqori ulushga ega boʻlgan?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Xonqa tumanida 511,2 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilib, oʻsish surʼati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 113,1 % ni tashkil qilgan.
Umumiy hajmda quyidagi xizmat turlari yuqori ulushga ega boʻlgan:

transport xizmatlari – 35,1 %
moliyaviy xizmatlar – 21,0 %
savdo xizmatlari – 19,4 %
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,8 %
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash xizmatlari – 3,7 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangiariq tumanining sanoat ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangiariq tumanining sanoat korxonalari tomonidan hajmi 332,4 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 2024-yilning shu davriga nisbatan 105,1 % ni tashkil etdi.
Viloyat sanoat ishlab chiqarishida hududning ulushi 2,7 % darajada qayd etildi.
Tumanda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻrtacha 2,7 mln soʻmga toʻgʻri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva tumanida chakana savdo hajmi qariyb 8 foizga oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-may oylarida Xiva tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 203,4 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,7 % ga oshdi.
Viloyat chakana savdo hajmida tumanning ulushi 3,3 % ni tashkl etdi.
Aholi jon boshiga oʻrtacha savdo hajmi 1,3 mln soʻmni tashkil qilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Shovot tumanida qaysi xizmat turlari yuqori hajmga ega boʻlgan?

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Shovot tumanida 380,3 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, xizmatlar hajmining oʻsish surʼati 111,7 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yuqori hajmga ega xizmat turlari:

transport xizmatlari - 107,0 mlrd soʻm
savdo xizmatlari – 86,9 mlrd soʻm
moliyaviy xizmatlar – 76,4 mlrd soʻm
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 24,3 mlrd soʻm
shaxsiy xizmatlar – 18,7 mlrd soʻm.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangibozor tumanida bajarilgan yangi qurilish ishlarining asosiy qismi nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelgan

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Yangibozor tumanida 99,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,1 % oʻsish kuzatildi.
Bajarilgan qurilish ishlarining 68,9 mlrd soʻmi yoki 69,4 %ini yangi qurilish ishlari tashkil qildi.
Yangi qurilish ishlari tarkibida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlarning ulushi yuqori boʻlib, 90,0 % ni yoki 62,0 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025/07/08 10:22:02
Back to Top
HTML Embed Code: