Telegram Web Link
Forwarded from Farhod Bobojonov
📊 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qiladi

Boshqarmaning Investitsiya va qurilish statistikasi bo‘limi (vakant o‘rinlar soni – 2 ta, bola parvarishlash ta’tilidagi xodimlar o‘rni):

📍Bo‘lim bosh mutaxassislari – 2 ta bo‘sh o‘rin

Malakaviy talablar:

🔹 Iqtisodiyot va statistika yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 2 yildan yoki statistika tizimida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish lozim.


📍 Raqamlashtirish va statistik registrlarni yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi

Malakaviy talablar:

🔹 Iqtisodiyot va AKT yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 2 yildan yoki statistika tizimida 1 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish lozim.

📍 Xonqa tumani statistika boʻlimi

🔹 Bo‘lim boshligʻi

Malakaviy talablar:

Iqtisodiyot va statistika yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot, iqtisodiyot sohasida 3 yildan yoki statistika tizimida 2 yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish lozim.

📍 Bo‘lim yetakchi mutaxassisi

Malakaviy talablar:

Iqtisodiyot va statistika yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot talab qilinadi.


📍Gurlan tumani statistika boʻlimi yetakchi mutaxassisi

Malakaviy talablar:

Iqtisodiyot va statistika yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot talab qilinadi.

Batafsil maʻlumot:
https://xorazmstat.uz/uz/haqida/bo-sh-ish-o-rinlari.

Nomzodlar rezyumelarini (mutaxassislik diplomi nusxasi bilan)
[email protected] elektron manziliga yoki viloyat statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo'limiga 2025-yilning 24-oktabrigacha joʻnatishlari lozim.

Axborot xizmati
Xorazm viloyatining sanoat ishlab chiqarish hajmi qanchaga o‘sdi?

📊 Dastlabki maʼlumotlar boʻyicha 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 24 235,8 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, 2024-yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,8 % ni tashkil etdi

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Qurilish ishlarining faoliyat turiga ko‘ra tarkibi

📊 Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlarining 76,5 % yoki 7 040,1 mlrd so‘mini bino va inshootlar qurilishi tashkil etdi.

📈 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,3 % darajada qayd etildi.

Shuningdek ko‘rilayotgan davrda 1 827,5 mlrd so‘m lik fuqarolik obyektlari qurilishi (o‘sish sur’ati 101,1 %) va 326,6 mlrd so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari (118,3 %) amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyat bo‘yicha eng ko‘p sanoat korxonasi qaysi hududda faoliyat ko‘rsatmoqda?

📊 2025-yilning 1-oktabr holatiga koʻra viloyatda 3 581 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

Shundan 650 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 18,2 %) Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

📈 Viloyat bo‘yicha eng ko‘p soha korxonalari Urganch tumanida - 408 ta (11,4 %) , Xonqa tumanida - 399 ta (11,1 %), Qo‘shko‘pir tumanida - 325 ta (9,1 %) va Xiva tumanida - 266 tani (7,4 %) tashkil etadi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida eng ko‘p korxona qaysi hududda faoliyat yuritgan?

📊 Viloyat bo‘yicha 2025- yilning 1- oktabr holatiga yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 677 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritdi.

Soha korxonalari sonining hududlar kesimidagi taqsimoti: 🔽

🔹 Urganch shahrida – 386 ta
🔹 Xiva shahrida – 291 ta
🔹 Urganch tumanida – 177 ta
🔹 Shovot tumanida – 113 ta
🔹 Xiva tumanida – 97 ta
🔹 Xonqa tumanida – 91 ta
🔹 Yangiariq tumanida – 91 ta
🔹 Qo‘shko‘pir tumanida – 83 ta
🔹 Bog‘ot tumanida – 77 ta
🔹 Gurlan tumanida – 75 ta
🔹 Hazorasp tumanida – 74 ta
🔹 Yangibozor tumanida – 72 ta
🔹 Tuproqqal’a tumanida – 50 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Faoliyat yuritayotgan chet el korxonalarining davlatlar kesimidagi tarkibi

📊 2025- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan 188 ta korxona va tashkilotlar sonining davlatlar kesimidagi tarkibi:

🔸 Rossiya – 40 ta
🔸 Turkiya – 33 ta
🔸 Turkmaniston – 31 ta
🔸 Xitoy – 28 ta
🔸 Qirg‘iz Respublikasi – 7 ta
🔸 Qozog‘iston – 7 ta
🔸 Yaponiya – 6 ta
🔸 AQSH – 3 ta
🔸 Janubiy Koreya – 3 ta
🔸 Pokiston – 3 ta
🔸 Buyuk Britaniya – 1 ta
🔸 Hindiston – 1 ta
🔸 boshqalar – 19 ta.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyatimizning yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,3 % ga o‘sdi

📊 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 44 142,6 mlrd so‘mni tashkil etdi va 2024- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 7,3 % ga o‘sdi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирлари ўтказилади
👍2
2025/10/22 19:38:19
Back to Top
HTML Embed Code: