Telegram Web Link
#Kun_hikmati

📌 Sifat – bu hech kim qaramasa ham, biron narsani to‘g‘ri qilishdir.

©️Genri Ford
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish — yangi imkoniyatlar sari
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

📊 Joriy yilning 23- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

📌 Tadbir Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-629-sonli qaroriga asosan barcha aholi uchun ochiq muloqot maydonini yaratish, ro‘yxatga olishning ahamiyati, axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha fuqarolarga atroflicha ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi.

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida ro‘yxatga olish savolnomasining tuzilishi, savollar tarkibi, ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi va jarayon amaliy namoyish etildi.

✍️ Ochiq muloqot, o‘zaro munozara shaklida tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev ro‘yxatga olish savolnomasi yuzasidan ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berib bordi.

Axborot xizmati
🤖 Рўйхатга олиш тадбири жараёнларида юзага келадиган савол-жавоблар учун "чатбот" очилди

🏢 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тўғрисида»ги ПФ–173-сонли Фармонига мувофиқ, 2026 йилнинг 15 январь — 28 февраль кунлари мамлакатимизда «Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш» тадбири ўтказилиши режалаштирилган.

Мазкур жараёнда фуқароларда юзага келадиган савол-жавоблар учун чатбот – https://www.tg-me.com/census_2026_bot очилди. Чатбот орқали фойдаланувчилар ўзларини қизиқтирган саволларга интерактив менюдан жавоб олишлари ёки саволларини ёзиб қолдиришлари мумкин.


⚙️ Чатбот ҳозирда тест режимида ишлаётганлигини маълум қиламиз. Рўйхатга олиш жараёнлари бошлангунга қадар фойдаланувчилар таклифлари асосида чатбот фаолияти такомиллаштириб борилади.

🔝 Instagram |🔝Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Meva va sabzavot eksporti

📊 2025- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatimizdan xorijiy davlatlarga qiymati 152,5 mln AQSH dollaridagi 93,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirildi.

Ushbu ko‘rsatgich viloyat eksportida 50,0 % ulushni tashkil etdi.

📈 Meva –sabzavot eksporti tarkibida salmoqli ulush piyoz va sarimsoq (34,3 %), loviya (18,3 %), qovun-tarvuz (13,0 %) mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Moliyaviy xizmatlar hajmida Urganch shahrining ulushi 62 foizdan oshdi

📊 Viloyatimizda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jami hajmi 3,7 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi.

📈 O‘sish sur’ati 2024- yilning tegishli davriga nisbatan 122,3 % ni tashkil etdi.

Ushbu turdagi xizmatlarning umumiy hajmida Urganch shahrining ulushi 62,2 % yoki 2,3 trln so‘mni tashkil etdi.

📈 Hududda moliyaviy xizmatlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 125,0 % darajada qayd etildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning hududlar kesimidagi soni

📊 2025- yilning 1- oktabr holatiga viloyat bo‘yicha 8 528 ta korxona va tashkilot savdo sohasida faoliyat olib bordi.

Soha korxonalarining soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlandi: 🔽

🔸 Urganch shahrida – 1 697 ta
🔸 Urganch tumanida – 1 064 ta
🔸 Bog‘ot tumanida – 640 ta
🔸 Xiva shahrida – 621 ta
🔸 Qo‘shko‘pir tumanida – 579 ta
🔸 Yangiariq tumanida – 689 ta
🔸 Shovot tumanida – 552 ta
🔸 Hazorasp tumanida – 574 ta
🔸 Xonqa tumanida – 589 ta
🔸 Xiva tumanida – 544 ta
🔸 Gurlan tumanida – 396 ta
🔸 Yangibozor tumanida – 379 ta
🔸 Tuproqqal’a tumanida – 204 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Qurilish ishlarining korxonalar turlari bo‘yicha tarkibi

📊 Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlari umumiy hajmining korxonalar bo‘yicha tarkibida:

yirik qurilish tashkilotlari tomonidan – 978,4 mlrd so‘m (ulushi 10,6 %),
kichik korxona va mikrofirmalar - 3 676,6 mlrd so‘m (40,0 %),
norasmiy sektor tomonidan - 4 539,2 mlrd so‘mlik (49,4 %) ishlar amalga oshirildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyat eksportida qaysi davlatlar yuqori ulushga ega bo‘ldi?

📊 2025- yil yanvar-sentabr oylarida viloyat eksporti hajmi 305, 2 mln AQSH dollarini tashkil etib, shuning 84,0 % ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi: 🔽

Pokiston – 31,5 %
Rossiya – 22,2 %
Afg‘oniston – 15,3 %
Qozog‘iston – 8,3 %
Eron – 4,1 %
Turkiya – 2,6 % .


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar

📊 Viloyatimizda 2025- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalari hajmi 17,2 trln so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 155,6 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
2025/10/25 04:51:25
Back to Top
HTML Embed Code: