Telegram Web Link
Korxona va tashkilotlar statistikasi raqamlarda

📊 2025- yilning 1-iyun holatiga Xorazm viloyatida roʻyxatga olingan korxona va tashkilotlar soni 39 936 tani tashkil etib, shundan 25 438 tasi faoliyat yuritgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 22 065 tasi (86,7 %i)ni kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanida qancha hajmdagi transport xizmatlari koʻrsatilgan?

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanida 423,0 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
📈 Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,0 % ni tashkil qilgan.
Xizmatlar umumiy hajmida transport xizmatlari yuqori ulushga ega boʻlgan va 30,5 % ni yoki 128,8 mlrd soʻmni tashkil etgan.
📈 2024-yilning yanvar-aprel oylari bilan taqqoslaganda transport xizmatlari hajmi 36,4 % ga oshgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyat importining 32,6 foizi Tuproqqalʼa tumani hissasiga toʻgʻri kelgan

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Tuproqqalʼa tumaniga xorijdan 42,4 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilindi.
Bu koʻrsatkich viloyat umumiy importining 32,6 % ini tashkil etdi.
📈 2024-yilning mos davriga nisbatan import hajmi 26,3 % ga oshdi.
📶 Tumanda koʻrilayotgan davrda MDH davlatlarida 24,4 mln dollarlik, boshqa xorijiy davlatlardan 18,0 mln dollarlik tovar (xizmatlar) importi amalga oshirildi.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xonqa tumanida qaysi xizmat turlari hajmining yuqori oʻsishi kuzatilgan?

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Xonqa tumanida 393,9 mlrd soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan.
📈 Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 110,4 % ni tashkil etgan.
📶 Xizmatlar umumiy hajmining oʻsishida moliyaviy (118,9 %) , aloqa va axborotlashtirish (115,5 %), taʼlim (114,9 %) xizmatlarining ulushi salmoqli boʻlgan.

📎Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Sabzi eksporti

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz xorijga qiymati 0,2 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 1,0 ming tonna sabzi eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich meva va sabzavot eksporti umumiy hajmining 0,4 % ulushini tashkil etgan.
Maʼlumot uchun: 2024- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz xorijga qiymati 6,3 ming tonna sabzi eksportini amalga oshirgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasi

📊 2025- yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 722,7 ming soʻmga toʻgʻri kelgan.
Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,8 % ga oshgan.

📶 2021-yilning yanvar-aprel oylari holati tahlil qilinganda, aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 054,2 ming soʻmni tashkil qilgani kuzatiladi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xiva tumanida qariyb 236 mlrd soʻmlik yangi qurilish ishlari bajarilgan

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Xiva tumanida 244,8 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish 32,5 % ni tashkil etdi.
Jami qurilish ishlarining 235,8 mlrd soʻmi (96,3 %) yangi qurilish ishlari hissasiga toʻgʻri keldi.
📶 Bajarilgan yangi qurilish ishlarining faoliyat turiga koʻra tarkibi:

bino va inshootlar qurilishi – 174,4 mlrd soʻm
fuqarolik obyektlari qurilishi – 53,2 mlrd soʻm
ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 8,2 mlrd soʻm.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Hazorasp tumanining tashqi savdo aylanmasi koʻrsatkichlari

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida Hazorasp tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 11,7 mln AQSH dollarini tashkil qilgan.
📈 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 0,3 % oʻsgan.
TSA tarkibida:

🔹 eksport – 4,7 mln dollarni
🔹 import – 7,0 mln dollarni tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi qancha korxona faoliyat yuritmoqda?

📊 2025-yilning 1-iyun holatiga viloyatimizda 162 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.
📈 Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan korxonalar soni 31 taga koʻpaygan.
🔄 Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 60 tasini qoʻshma korxonalar, 102 tasini xorijiy korxonalar tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
📢 ҲУРМАТЛИ ФОЙДАЛАНУВЧИЛАР!

📊 Сизни Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси томонидан эълон қилинаётган статистика маълумотларидан фойдаланувчиларнинг қониқиш ва ишонч даражасини аниқлаш учун сўровномани тўлдиришга таклиф қиламиз.

Сизнинг жавобларингиз ва таклифларингиз эътиборга олиниб, статистика органлари фаолиятини такомиллаштириш ва тақдим этилаётган статистик маълумотларнинг сифатини яхшилашда ёрдам беради.

📋 Биз билан ҳамкорлигингиз ва мазкур ишда бизга кўрсатган ёрдамингиз учун Сизга олдиндан миннатдорчилик билдирамиз!!!

❗️❗️❗️Сўровномани тўлдириш

🇺🇿 Лотинда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Usmon Rustamovich
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#Kun_hikmati

Qaysi mamlakat odamlari ilmdan, axloqdan, adabiyotdan, falsafadan koʻra koʻproq siyosat haqida gapirsalar, bilingki, u mamlakatda hech bir soha tartibga solinmagandir.

✍️ Fridrix Shiller
Viloyatimizda qurilish ishlari hajmi qariyb 14 foizga oʻsdi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida Xorazm viloyatida jami 3472,2 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 113,7 % ni tashkil etdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yashash va ovqatlanish sohasida nechta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 2 485 ta kichik biznes subyekti roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 1 617 tasi faoliyat yuritmoqda.
📈 Oʻtgan yilning 1-iyuniga nisbatan faoliyat koʻrsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 15 taga oshdi.
Joriy yilning yanvar-may oylarida sohada 208 ta yangi kichik tadbirkorlik subyekti tashkil etildi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp kichik biznes subyekti qaysi hududda faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda 22 068 ta kichik biznes subyekti faoliyat yuritgan boʻlib, ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha boʻlgan:

🔹 Urganch shahrida – 4 278 ta
🔹 Urganch tumanida – 2 533 ta
🔹 Xonqa tumanida – 1 848 ta
🔹 Xiva shahrida – 1 629 ta
🔹 Qoʻshkoʻpir tumanida – 1 606 ta
🔹 Yangiariq tumanida – 1 520 ta
🔹 Xiva tumanida – 1 460 ta
🔹 Bogʻot tumanida – 1 457 ta
🔹 Hazorasp tumanida – 1 417 ta
🔹 Shovot tumanida – 1 391 ta
🔹 Gurlan tumanida – 1 354 ta
🔹 Yangibozor tumanida – 962 ta
🔹 Tuproqqalʻa tumanida – 610 ta.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning faoliyat turiga koʻra tarkibi

📊 2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 162 tani tashkil etdi.
📈 Oʻtgan yilning 1- iyuni bilan taqqoslaganda, ularning soni 23,7 % ga oshgan.
📶 Iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning tarkibi:
🔺 sanoat – 38 ta
🔺 savdo – 46 ta
🔺 qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 15 ta
🔺 qurilish – 14 ta
🔺 axborot va aloqa xizmatlari – 12 ta
🔺 yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 9 ta
🔺 tashish va saqlash xizmatlari – 4 ta
🔺 sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 2 ta
🔺 boshqa turlari – 22 ta.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp oilaviy korxona savdoda faoliyat koʻrsatmoqda

📊 Joriy yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda savdo sohasida 1 603 ta oilaviy korxonasi faoliyat yuritgan.
Bu jami oilaviy korxonalar (3 787 ta)ning 42,3 %ini tashkil qilgan.
2024- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizda savdoda faoliyat yuritgan oilaviy korxonalar soni 1 884 tani tashkil qilgan.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Qurilish ishlarining yoʻnalishlar kesimidagi tarkibi

📊 2025- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda bajarilgan qurilish ishlarining faoliyat turiga koʻra tarkibi (hajmi va ulushi):

🔹 bino va inshootlar qurilishi – 2 250,7 mlrd soʻm (jamiga nisbatan ulushi 71,7 %)
🔹 fuqarolik obyektlari qurilishi – 756,3 mlrd soʻm (24,1 %)
🔹 ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 132,9 mlrd soʻm (4,2 %).

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
4 oyda 1,1 ming tonna pomidor eksport qilindi

📊 2025-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatimiz xorijga qiymati 0,9 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 1,1 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich meva va sabzavot eksporti umumiy hajmining 1,4 % ulushini tashkil etgan.

2025-yilning 4 oyida eng koʻp pomidor eksport qilingan davlatlar:

Qozogʻiston – 0,7 ming tonna
Rossiya – 0,4 ming tonna.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025/07/14 18:30:11
Back to Top
HTML Embed Code: