Telegram Web Link
Umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo koʻrsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-may oyida viloyatimizdagi ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi
4 439,3 mlrd soʻm
ga yetdi.
📈 Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 9,5 % ga oshdi.
Savdo aylanmasi umumiy hajmining 91,7 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri keldi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Ulgurji savdoda qancha korxona faoliyat yuritgan?

📊 2025-yil 1-iyun holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 227 tani tashkil etib, shundan, faoliyat koʻrsatayotgan yirik korxonalar soni 33 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 194 tani tashkil qildi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_hikmati

Sen menga jamiyat yoshlarining miyasi nima bilan band ekanini aytsang, men senga keyingi avlod xarakterini aytib beraman.

✍️ Edmund Byork
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#Kunxabari

📻🔊"Xorazm" radiokanali "Axborot" dasturida viloyat iqtisodiyotiga oid statistik ma’lumotlar berildi.
Viloyatimizda YATT lar kuzatuvi oʻtkazilmoqda

Xorazm viloyatining barcha hududlarida savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini oʻrganish boʻyicha 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvi oʻtkazila boshlandi.
2025- yilning 20-21- iyun kunlari viloyatning bir qator shahar va tumanlaridagi dehqon bozorlari va savdo komplekslarida tashkil etilgan mazkur kuzatuvlarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir kunlik sotilgan tovarlari miqdori va kunlik savdo tushumlariga oid maʻlumotlar planshetlarga qayd etib borildi.

Suratlarda: Urganch shahri, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Tuproqqalʼa tumanlarida oʻtkazilgan kuzatuv jarayonlari.

Axborot xizmati
📢 ҲУРМАТЛИ ФОЙДАЛАНУВЧИЛАР!

📊 Сизни Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси томонидан эълон қилинаётган статистика маълумотларидан фойдаланувчиларнинг қониқиш ва ишонч даражасини аниқлаш учун сўровномани тўлдиришга таклиф қиламиз.

Сизнинг жавобларингиз ва таклифларингиз эътиборга олиниб, статистика органлари фаолиятини такомиллаштириш ва тақдим этилаётган статистик маълумотларнинг сифатини яхшилашда ёрдам беради.

📋 Биз билан ҳамкорлигингиз ва мазкур ишда бизга кўрсатган ёрдамингиз учун Сизга олдиндан миннатдорчилик билдирамиз!!!

❗️❗️❗️Сўровномани тўлдириш

🇺🇿 Лотинда
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 3,0 mingtadan oshdi

📊 2025- yilning 1- iyun holatiga viloyatimizning qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 5 342 ta kichik biznes subyekti roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 3 005 tasi faoliyat yuritgan.
📈 2024-yilning mos davri bilan taqqoslaganda, ularning soni 396 taga yoki 15,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida sohada 821 ta kichik korxona va mikrofirma yangi tashkil etilgan.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Sanoat korxonalari statistikasi


📊 2025-yilning 1-iyun holatiga koʻra, viloyatda 3 432 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Ushbu korxonalar sonining asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimidagi tarkibida:📶

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari - 936 taga (faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar umumiy sonining 27,3 % i),
boshqa nometal mineral mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari - 459 taga (13,4 %) ,
kiyim ishlab chiqarish korxonalari - 400 taga (11,7 %),
mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarish korxonalari - 332 taga (9,7 %)
mebel ishlab chiqarish korxonalari - 328 taga (9,6 %) toʻgʻri keladi.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Xorazm viloyati importida qaysi tovarlar yuqori ulushga ega boʻlgan?

📊 2025- yilning yanvar-may oyida Xorazm viloyatining import hajmi 166,3 mln AQSH dollariga yetdi (2024- yilning mos davriga nisbatan 4,3 % ga kamaydi).

📶 Import tarkibida eng katta ulushga ega tovarlar:

🔺 mashinalar va transport asbob-uskunalari - 32,2 %
🔺 oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar - 32,1%
🔺 nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari -17,1%
🔺 sanoat tovarlari - 6,7 %
🔺 kimyoviy vositalar va shunga oʻxshash mahsulotlar - 5,9 %.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Ulgurji savdo hajmi oshdi

📊 Viloyat boʻyicha 2025- yilning yanvar-may oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 3 356,7 mlrd soʻmni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 7,5 % ga oʻsdi.

Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 3 239,1 mlrd soʻmni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati
109,7 % ga toʻgʻri keldi.
Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi esa 96,5 % ni tashkil qildi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook
Viloyatning sanoat ishlab chiqarishi

📊 Dastlabki maʼlumotlar boʻyicha 2025-yilning yanvar-may oylarida Xorazm viloyatida sanoat korxonalari tomonidan 12 413,4 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan boʻlib, 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 109,5 % ni tashkil etdi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Yangiariq tumanida eng koʻp korxona qaysi sohada faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yil 1-iyun holatiga Yangiariq tumanida 1 711 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.
Bu koʻrsatkich jami roʻyxatga olingan korxonlarning 68,3 % ini tashkil qiladi.
📈 Faoliyat turiga koʻra, eng koʻp korxona savdoda faoliyat yuritgan boʻlib, ularning soni 645 tani (jamiga nisbatan 37,7 %) tashkil etdi.
Shuningdek:📶

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 279 ta
sanoatda – 204 ta
qurilishda – 83 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 79 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 31 ta
tashish va saqlash xizmatlarida – 27 ta
axborot va aloqada – 25 ta
boshqa turlarda – 338 ta korxona faoliyat koʻrsatgan.


📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Viloyatimizda xizmatlar hajmida 12,5 foiz oʻsish qayd etildi

📊 Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, viloyatimizda 2025- yil yanvar-may oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi (norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash boʻyicha oʻtkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda) 12 753,0 mlrd soʻmni tashkil etdi.
📈 2024- yil mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 112,5 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 2 474,8 mlrd soʻmga oʻsishi qayd etildi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishi

📊 Joriy yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 6 097,0 ming soʻmni tashkil etdi.

📈 2024-yilning tegishli davri bilan solishtirilganda, oʻsish surʼati 107,5 % darajada qayd etildi.
📶 Hududlar kesimida aholi jon boshiga sanoat ishlab chiqarishining eng yuqori hajm koʻrsatkichi Tuproqqalʻa tumanida (93 974,8 ming soʻm), Urganch shahrida (11 570,5 ming soʻm) kuzatildi.

📎 Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
2025/07/05 09:11:57
Back to Top
HTML Embed Code: