Telegram Web Link
#Hashar_elga_yarashar

🍀 Shu yilning 22-23-avgust kunlari mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati statistika boshqarmasining xodimlari hududdagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashdilar.

Jamoaning hamjihat va uyushqoqliklikdagi mehnati natijasida koʻcha va yoʻlaklar tozalanib, daraxtlarga ishlov berildi, binoning ichki xonalari saranjom-sarishtalandi.

Axborot xizmati
👍3🔥2👏1
🍑 Ўзбекистон 7 ойда нечта давлатга ўрик экспорт қилган?
Anonymous Quiz
29%
24
36%
17
23%
14
12%
32
👍1
Мамлакатимизда 1 август ҳолатига нечта тадбиркорлик субъектлари фаолият юритмоқда?
Anonymous Quiz
43%
412 789 та
38%
396 386 та
9%
235 874 та
10%
389 396 та
👍1
2025 йилнинг биринчи ярмида энг кўп эгизак туғилишлар қайси вилоятда қайд этилган?
Anonymous Quiz
15%
Тошкент шаҳри
57%
Самарқанд вилояти
20%
Қашқадарё вилояти
8%
Тошкент вилояти
2025 йилнинг январь-июль ойларида Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда энг кўп қайси давлатга борган?
Anonymous Quiz
11%
Тожикистон
32%
Россия
17%
Қозоғистон
40%
Қирғиз Республикаси
#Kun_hikmati

Aql olgan narsalaridan boyiydi. Yurak esa bergan narsalaridan...

Viktor Gyugo
Audio
#OAV_biz_haqimizda
#Kunxabari

📻🔊"Xorazm" radiokanali "Axborot" dasturida viloyat iqtisodiyotiga oid statistik ma’lumotlar berildi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi

📊 2025- yilning yanvar-iyul oyida
ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 6 492,0 mlrd soʻmga yetdi.

Bu koʻrsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 12,6 % ga oshdi.


Bunda savdo aylanmasining 91,4 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Aholi jon jon boshiga sanoat ishlab chiqarish 7,1 foizga oshdi

📊 Joriy yilning yanvar-iyun oylarida viloyat sanoat ishlab chiqarishining aholi jon boshiga oʻrtacha hajmi 9 000,0 ming soʻmni tashkil qildi.

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,1 % ga oʻsgan.

Hududlar kesimida yuqori hajm Tuproqqalʼa tumani (132 663,9 ming soʻm) va Urganch shahrida (17 571,2 ming soʻm) qayd etilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Gurlan tumanida qariyb 1,4 mingta kichik biznes subyekti faoliyat yuritmoqda

📊 2025- yilning 1- avgust holatiga Gurlan tumanida 1 373 ta kichik biznes subyekti faoliyat koʻrsatgan boʻlib, iqtisodiy faoliyat turiga koʻra ularning tarkibi quyidagicha boʻlgan:

qishloq,oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 463 ta
savdo – 390 ta

sanoat – 198 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 76 ta
tashish va saqlash xizmatlari – 41 ta
qurilish - 40 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar – 39 ta
axborot va aloqa xizmatlari – 15 ta
boshqa turlari – 111 ta.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Tashish va saqlash sohasida nechta korxona faoliyat yuritmoqda?

📊 Viloyatimizda 2025- yilning 1- avgust holatiga tashish va saqlash xizmatlari sohasida 999 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan boʻlib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 18 taga kamaygan.

Hududlar kesimida eng koʻp tashish va saqlash xizmatlari koʻrsatiuvchi korxonasi Hazorasp tumani (232 ta) va Urganch shahrida (204 ta) faoliyat yuritgan.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Eng koʻp oilaviy korxona qaysi hududda faoliyat koʻrsatgan?

📊 2025- yilning 1- avgust holatiga viloyatimizda 3 794 ta oilaviy korxona faoliyat yuritgan boʻlib, ularning soni hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

Urganch tumanida – 507 ta
Urganchshahrida – 522 ta
Xiva shahrida – 442 ta

Xonqa tumanida – 401 ta
Qoʻshkoʻpir tumanida – 324 ta

Bogʻot tumanida – 315 ta
Xiva tumanida – 314 ta
Yangiariq tumanida – 308 ta
Shovot tumanida – 229 ta
Yangibozor tumanida – 197 ta
Hazorasp tumanida – 117 ta
Gurlan tumanida – 71 ta
Tuproqqalʻa tumanida – 47 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Aholi jon boshiga xizmatlar hajmi

📊 2025- yilning yanvar-iyul oylarida viloyatimizda aholi jon boshiga koʻrsatilgan bozor xizmatlarining oʻrtacha hajmi 9 132,6 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 11,1 % ga oshgan.

Maʼlumot uchun: 2024- yilning yanvar-iyul oylarida bozor xizmatlarining aholijon boshiga oʻrtacha hajmi 7 465,7 ming soʻmni tashkil qilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Sanoat ishlab chiqarishning tarkibi


📊 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatining sanoat ishlab chiqarish hajmi 18,4 trln soʻmni tashkil qildi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga toʻgʻri kelib,17,7 trln soʻmni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (96,4 %) ni tashkil etdi.


Shuningdek, koʻrilayotgan davrda:

togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda - 1,8 mlrd soʻm (0,01 %),
elektr gaz bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalashda - 535,4 mlrd soʻm (3,0 %),
suv bilan taʼminlash,kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilishda - 129,4 mlrd soʻmlik (0,7 %) mahsulot ishlab chiqarildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
Qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turiga koʻra tarkibi

📊 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Xorazm viloyatida
6 868,3 mlrd soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Oʻtgan yilning mos davriga
nisbatan oʻsish 11,5 % ni tashkil qilgan.


Bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha boʻlgan (ulushi % da):
- binolar va inshootlar qurish yoʻnalishi – jami qurilish ishlari hajmida 76,9 %
- fuqarolik obyektlarini qurish yoʻnalishi – 19,4 %
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yoʻnalishi - 3,7 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Xizmatlar sohasida kichik tadbirkorlikning asosiy koʻrsatkichlari

📊 Viloyatimizda joriy yilning yanvar-iyul oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan hajmi 13,3 trln soʻmlik bozor xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 71,3 % ni tashkil etgan.
Shundan 44,3 % ulush (5,9 trln soʻm) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |
#Kun_hikmati

Oʻzingni oʻzgartirish qanchalar mushkul ekanini oʻylab koʻr, shunda boshqalarni oʻzgartirishga shunchalar ojiz ekanligingni anglaysan.

Volter
Urganch shahrida asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi qanchaga oʻsgan ?

📊 Urganch shahrida joriy yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning jami hajmi 2 480,3 mlrd soʻmni tashkil etdi.

2024- yilning mos davriga nisbatan investitsiyalar hajmi 24,5 % ga oʻsgan.


Moliyalashtirish manbalariga koʻra umumiy hajmning tarkibida:

markazlashgan investitsiyalar – 7,4% ,
markazlashmagan investitsiyalar – 92,6 % ulushga ega boʻlgan.


Hududda koʻrilayotgan davrda 1 681,6 mlrd soʻmlik toʻgʻridan- toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt |Telegram | Facebook |
Qoʻshkoʻpir tumanida qancha korxona faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yilning 1- avgust holatiga Qoʻshkoʻpir tumanida 3 326 ta korxona va tashkilot roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 1 927 tasi (57,9 %) faoliyat yuritgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga koʻra eng koʻp korxona savdo (580 ta), sanoat (321 ta), qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi (297 ta) hamda qurilish (125 ta) sohalarida faoliyat koʻrsatgan.

Korxona vatashkilotlarning 1 670 tasini kichik biznes subyektlari tashkil etgan.


Rasmiy sahifalar
:

| Sayt |Telegram | Facebook |
2025/10/25 16:06:08
Back to Top
HTML Embed Code: