Telegram Web Link
Viloyatimizda 8 oyda qariyb 8 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

📊 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyatida jami 7 844,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,3 % ni tashkil etdi.

So‘nggi 5 yilda (yanvar-avgust oylarida) qurilish ishlari dinamikasi quyidagicha o‘zgargan:

🔹 2021- yilda – 2 414,5 mlrd so‘m
🔹 2022- yilda – 2 751,2 mlrd so‘m
🔹 2023- yilda – 3 323,2 mlrd so‘m
🔹 2024- yilda – 4 015,9 mlrd so‘m
🔹 2025- yilda – 7 844,3 mlrd so‘m.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Tadbirkorlik subyektlari soni 23 mingtaga yetdi

📊 2025- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda 22 984 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritgan.
Bu faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 86,9 % ini tashkil qiladi.



Hududlar kesimida ushbu ko‘rsatkichning yuqori darajasi Xiva shahrida – 91,0 % ni, Yangiariq tumanida – 89,4 % ni, Urganch tumanida – 89,0 % ni, Xonqa tumanida –88,7 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Chakana savdo sohasida nechta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda?

📊 2025-yil 1-sentabr holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 5 656 tani tashkil etdi.

Shundan: 🔽

🔸 faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni - 73 ta
🔸 kichik korxona va mikrofirmalar soni - 5 583 ta.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi oshdi

📊 2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 586,6 ming so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 1 937,3 ming so‘mga yoki 111,2 % ga o‘sgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyat tashqi savdo aylanmasida qaysi davlatlarning ulushi yuqori bo‘lgan?

📊 2025-yil yanvar-avgust oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 532,3 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

ТSA ning nisbatan salmoqli ulushi Rossiya (27,2 %), Xitoy (16,5 %), Pokiston (16,0 %), Afg‘oniston (7,1 %), Braziliya (5,2 %) va Belarus (5,0 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.



Joriy yilning 8 oyida Xorazm viloyati jahonning  123 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyat eksporti qanchaga ko‘paydi?

📊 2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga qiymati 252,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirdi.

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, eksport hajmi 3,4 % ga ko‘paydi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 92,3 % ni tashkil etib, asosiy ulush oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (61,1 %), sanoat tovarlari (22,4 %) va turli xil tayyor buyumlar (5,4 %) hissasiga to‘g‘ri keladi.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Sanoat mahsulotlarining 22 foizdan ko‘pi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan

📊 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 4 692,3 mlrd soʻmlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 22,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida kichik biznes subyektlarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 19,2 % ni tashkil qilgan.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Qurilish ishlarining korxonalar turiga ko‘ra tarkibi

📊 Joriy yilning 8 oyida viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining (7,8 trln so‘m) korxona turiga ko‘ra tarkibida eng yuqori hajm norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan va 3,9 trln so‘mni tashkil qilgan.

Bu umumiy hajmning 49,5 % ulushini tashkil etadi.


Shuningdek ko‘rilayotgan davrda viloyatimizda yirik tashkilotlar tomonidan 0,7 trln so‘mlik, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 3,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
#Kun_hikmati

Sabr shunday bir kuchli narsadirki, g‘azabni shijoatga, shiddatni halimga, kattalikni tavoze’ga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar.


✍️ Abdulla Avloniy
Viloyatimizda shifoxona muassasalari soni 83 taga yetdi

📊 2024- yil yakuni boʻyicha Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalarining umumiy soni 83 taga yetdi.

Bu ko‘rsatkich 2023- yilga nisbatan 10,6 % ga (8 taga) ko‘paydi.


Umumiy shifoxona muassasalarining 58 tasini kichik tadbirkorlik (biznes) subyekti sifatida faoliyat yuritayotgan muassasalar tashkil etadi.



Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
8 oyda viloyat sanoatida qancha yengil avtomobil ishlab chiqarildi?

📊 2025- yilning 8 oyida viloyatimizning avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 57 882 dona “ Damas ” (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga kamaygan), 34 742 dona maxsus yengil avtomobillari (2 martaga oshgan) ishlab chiqarildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Xizmatlar eksporti

📊 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizning xizmatlar eksporti hajmi 19,4 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 7,7 % ini tashkil etdi.

2024- yilning mos davriga nisbatan bu ko‘rsatkichning 23,0 % ga ko‘payishi kuzatildi.


Xizmatlar eksporti tarkibi:

🔹 safarlar (turizm) - 39,2 %
🔹 telekommunikatsiya, kompyuter va axborot - 31,3 %
🔹 transport - 6,7 %
🔹 boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar - 0,5 %
🔹 boshqa xizmatlar - 22,3 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyat bo‘yicha eng ko‘p sanoat mahsuloti Tuproqqal’a tumanida ishlab chiqarilgan


📊 2025-yil yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyati sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmi (21 023,1 mlrd so‘m) ning hududlar kesimida taqsimlanishi:

🔸 Tuproqqal’a tumani – 9 312,0 mlrd so‘m
🔸 Urganch shahri – 3 216,1 mlrd so‘m
🔸 Urganch tumani – 1 007,9 mlrd so‘m
🔸 Xonqa tumani – 863,0 mlrd so‘m
🔸 Shovot tumani – 701,7 mlrd so‘m
🔸 Yangibozor tumani – 612,0 mlrd so‘m
🔸 Qo‘shko‘pir tumani – 574,0 mlrd so‘m
🔸 Yangiariq tumani – 562,6 mlrd so‘m
🔸 Xiva tumani – 447,6 mlrd so‘m
🔸 Hazorasp tumani – 425,6 mlrd so‘m
🔸 Bog‘ot tumani – 410,3 mlrd so‘m
🔸 Gurlan tumani – 356,8 mlrd so‘m
🔸 Xiva shahri – 298,1 mlrd so‘m.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
👍1
Viloyat importida yuqori ulush mashina va transport asbob-uskunalari hissasiga to‘g‘ri keldi

📊 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyatining import hajmi 279,6 mln AQSH dollariga yetdi (2024- yilning mos davriga nisbatan 5,5 % ga kamaydi).

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (30,8 %), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (17,5 %), sanoat tovarlari (5,9 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (5,9 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Eng ko‘p korxona qaysi sohada faoliyat yuritmoqda?

📊 2025-yil 1-sentabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan 26 443 ta korxona va tashkilotning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi quyidagicha bo‘lgan:

🔹 savdoda – 8 568 ta
🔹 sanoatda – 3 593 ta
🔹 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3 202 ta
🔹 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 1 676 ta
🔹 qurilishda – 1 472 ta
🔹 tashish va saqlash sohasida – 1 014 ta
🔹 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 776 ta
🔹 axborot va aloqa sohasida – 460 ta
🔹 boshqa turlari – 5 682 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Qurilish ishlarining faoliyat turiga ko‘ra tarkibi

📊 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyatida bajarilgan 7 844,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: 🔽

-  binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi - 6 036,8 mlrd so‘m (2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,5 %)

-  fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi – 1 517,9 mlrd so‘m (99,0 %)

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi – 289,5 mlrd so‘m (163,5 %).

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
🔥2
Forwarded from UZSTAT | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбири ўтказилади
👍1
#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди

Bilasizmi?

📌 2026- yilning 15- yanvaridan 28- fevraligacha butun respublika bo‘ylab aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbir 2 bosqichda tashkil etiladi:

1️⃣ - birinchi 17 kun davomida fuqarolar “
census.stat.uz” portali orqali OneID tizimi yoki JShShIR (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

2️⃣ - keyingi bosqichda esa statistika idoralari xodimlari tomonidan maxsus o‘qitilgan va tayyorgarlikdan o‘tgan “mahalla yettiligi” va boshqa faollar uyma-uy yurib ma’lumot to‘playdilar.

Axborot xizmati
👍3
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️ Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тартиби белгиланди


Ҳукумат қарори (629-сон, 07.10.2025 й.) билан “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тартиби тўғрисида ”ги низом тасдиқланди.

🔰 Ушбу Низом Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишга тайёргарлик кўриш ва уни ўтказиш тартибини белгилайди.

🗓 Рўйхатга олиш 2026 йилнинг 15 январидан 28 февралига қадар ўтказилади ва рўйхатга олиш бошланишининг аниқ пайти 2026 йил 15 январь соат 00:00 этиб белгиланади. Рўйхатга олишни ўтказиш давомийлиги – 45 кун.

📝 Респондентларнинг шахсга ва қишлоқ хўжалиги фаолиятига доир маълумотларини тўплаш жараёнида рўйхатга олиш санасидан кейинги ўзгаришлар ҳисобга олинмайди.

📌 Жумладан, рўйхатга олиш саволнома шакллари ва бошқа рўйхатга олиш ҳужжатлари 2026 йилнинг 15 январидан кейин туғилган болаларга нисбатан тўлдирилмайди, бироқ рўйхатга олиш санасидан кейин вафот этган шахсларга нисбатан тўлдирилади.

Аҳоли сони ва унинг таркибини ҳисоблашда:

🔹 бир йилдан ортиқ муддатда мамлакат ҳудудида бўлмаган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари;

🔹 Ўзбекистон Республикаси Ташқи ишлар вазирлигида аккредитация қилинган чет давлатлар доимий ваколатхоналарининг, халқаро, ҳукуматлараро ташкилотлар ва чет давлатлар ҳукумат ташкилотлари ваколатхоналарининг ходимлари бўлган чет эл фуқаролари ҳамда уларнинг оила аъзолари;

🔹 Ўзбекистон Республикасининг халқаро шартномаларига мувофиқ дипломатик имтиёзларга ва иммунитетга эга бўлган бошқа шахслар ҳисобга олинмайди.

❇️ Респондентлар ўзининг (доимий ёки вақтинча) яшаш жойи бўйича рўйхатга олинади. Бунда кунлик тунги дам олишининг кўпроқ қисмини ўтказадиган уй (ҳовли), квартира, яшаш учун фойдаланилаётган бошқа турар жой ёки нотурар жой бино яшаш жойи ҳисобланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://www.tg-me.com/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/22 14:41:29
Back to Top
HTML Embed Code: