Telegram Web Link
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti ko‘paydi


📊 2025- yil yanvar-avgust oylariida viloyatimiz xorijga qiymati 129,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 82,2 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 11,3 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 51,1 % ni tashkil etdi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди
Umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 91 foizdan oshdi

📊 2025- yilning yanvar-avgust oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 7 617,1 mlrd so‘mga yetdi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 13,1 % ga oshdi.

Savdo aylanmasining 91,4 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди
Viloyatimiz xorijga eng ko‘p qaysi sanoat tovarlarini eksport qilmoqda?

📊 2025- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizning sanoat mahsulotlari eksporti 56,7 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Mahsulot eksportining salmoqli qismi to'qimachilik iplari, matolar va shunga o'xshash mahsulotlar (47,6 mln dollar), noruda qazilmalardan olingan mahsulotlar (4,6 mln dollar) va qog'oz, karton va qog'oz xamiri, qog'oz yoki karton mahsulotlari (4,3 mln dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди
Moliyaviy xizmatlar hajmi qanchaga oshgan?

📊 2025- yilning yanvar-avgustida viloyat bo‘yicha 3,3 trln so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Bu ko‘rsatkich bozor xizmatlari umumiy hajmining 15,1 % ulushini tashkil qilgan.

📈 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 122,3 % darajada qayd etilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди
Tuproqqal’a tumanida nechta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan?

📊 Joriy yilning 1- sentabr holatiga Tuproqqal’a tumanida 954 ta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan.

📈 Bu ko‘rsatkich 2020- yilning mos davriga nisbatan qariyb 2 barobarga oshgan.

So‘nggi 5 yilning tegishli davriga tumanda ro‘yxatga olingan korxonalar sonining o‘zgarish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

🔹 2021- yilda – 650 ta
🔹 2022- yilda – 743 ta
🔹 2023- yilda – 864 ta
🔹 2024- yilda- 967 ta
🔹 2025- yilda – 954 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди
Hazorasp tumanida nechta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda?

📊 2025- yilning 1- sentabr holatiga Hazorasp tumanida 157 ta oilaviy korxona ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 119 tasi (75,8 %) faoliyat yuritgan.

Joriy yilning 8 oyida tumanda 7 ta yangi oilaviy korxona tashkil etilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Aҳоли_вa_қишлоқ_хўжaлиги_рўйхaтдaн_ўткaзилaди
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
#Jarayon

✍️ Amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi


2026- yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar respublikamizda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlariga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etiladi.

Joriy yilning 14- oktabr kuni Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida hududiy boshqarmalarning ro‘yxatga olish savolnoma shakllarini to‘ldirish bo‘yicha “mahalla yettiligi” ni o‘qitishga mas'ul supervayzerlari va xodimlari ishtirok etishdi.

🔹Seminar ishchanlik muhitida, o‘zaro savol-javob, muloqot, fikr va mulohazalarni muhokama qilish tarzida o‘tdi.

Ta’kidlandiki, ro‘yxatga olishni to‘g‘ri tashkil etish, olinadigan ma’lumotlarning aniq va to‘liqligi “mahalla yettiligi” xodimlarining ko‘nikmalarini oshirishga, ular tomonidan savolnoma shakllarining mohiyatini respondentga tushunarli tarzda yetkazilishi hamda axborot tizimidan samarali foydalanilishiga bevosita bog‘liq.

Axborot xizmati
#Kun_hikmati

Bilguvchilar amal qilsin, tushunganlar saboq bersin.

✍️ Konfutsiy
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади

#Bilasizmi

🔹 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025- yil 7- oktabrdagi 629-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqilgan ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari quyidagilardan iborat:

1-shakl “Yashash uchun turar joy xususiyatlari, ushbu turar joyda doimiy yashaydigan uy xo‘jaligi a’zolari ro‘yxati”;
2-shakl “Shaxsga doir savolnoma”;
3-shakl “O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan chet el fuqarolari uchun savolnoma”;
4-shakl “Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha savolnoma”;
5-shakl “Jismoniy shaxslar uchun qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha savolnoma (uy xo‘jaliklari uchun)”;
6-shakl “Yuridik shaxslar uchun qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha savolnoma”.
Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sishi Gurlan tumanida qayd etildi

📊 Joriy yilning 8 oyida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 3 265,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ni tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ushbu sektordagi qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari viloyatning Gurlan (167,9 %), Urganch (118,7%) va Shovot tumanlarida (110,0 %) kuzatildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Umumiy ovqatlanish korxonalari statistikasi

📊 2025- yil 1- sentabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 439 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 4 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 435 tani tashkil qildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Qo‘shko‘pir tumanining ulgurji savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlari

📊 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Qo‘shko‘pir tumanida ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning savdo aylanmasi hajmi 112,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

📈 2024- yilning mos davri bilan solishtirilganda bu ko‘rsatkich 2,1 marta oshgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Yangibozor tumanida nechta kichik biznes subyekti yangi tashkil etildi?

📊 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Yangibozor tumanida 248 ta kichik biznes subyekti yangi tashkil etilgan.
Ular sonining yo‘nalishlar kesimidagi tarkibi: 🔽

🔹 qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 95 ta
🔹 savdoda – 89 ta
🔹 sanoatda - 22 ta
🔹 yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 10 ta
🔹 axborot va aloqa sohasida – 5 ta
🔹 tashish va saqlash xizmatlarida – 4 ta
🔹 qurilishda – 4 ta
🔹 sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 2 ta
🔹 boshqa turlarida – 17 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni

📊 2025- yilning 1- sentabr holatiga viloyatimizda faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalarning (23 119 ta) hududlar kesimidagi soni quyidagicha bo‘lgan:

🔸 Urganch shahrida – 4 490 ta
🔸 Urganch tumanida – 2 663 ta
🔸 Xonqa tumanida – 1 906 ta
🔸 Qo‘shko‘pir tumanida – 1 731 ta
🔸 Xiva shahrida – 1 690 ta
🔸 Yangiariq tumanida – 1 658 ta
🔸 Xiva tumanida – 1 523 ta
🔸 Bog‘ot tumanida – 1 513 ta
🔸 Hazorasp tumanida – 1 480 ta
🔸 Shovot tumanida – 1 459 ta
🔸 Gurlan tumanida – 1 394 ta
🔸 Yangibozor tumanida – 975 ta
🔸 Tuproqqal’a tumanida – 637 ta.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Shifokorlar soni 8,7 foizga oshdi

📊 2024- yil yakuniga koʻra, Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar soni 6,2 ming kishini tashkil etdi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2023- yilga nisbatan 0,5 ming kishiga, yaʼni 8,7 % ga koʻpaydi.

Shifokorlar umumiy sonidan ayollarning ulushi 2,9 % ni, erkaklarning ulushi esa 3.2 % ni tashkil etdi.

🔹 Shuningdek, 2024- yilda Xorazm viloyatida 16,6 ming nafar oʻrta tibbiyot xodimlari faoliyat ko‘rsatgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Viloyatimizga eng ko‘p mahsulot Xitoydan import qilinmoqda

📊 2025-yil yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyati 59  ta davlatdan qiymati 279,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan tovarlar importini amalga oshirdi.

📈 Viloyat importida quyidagi davlatlarning ulushi yuqori bo‘lgan: 🔽

Xitoy – import umumiy hajmidagi ulushi 30,9 %
Rossiya - 30,4 %
Braziliya - 10,0 %
Belarus - 8,4 %
Turkiya - 4,5 %
Turkmaniston - 3,3 %
Eron - 3,2 %.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Eng ko‘p mehmonxona Xiva shahrida faoliyat yuritmoqda

📊 2024-yilda viloyat hududida 100 ta mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalarining obyektlari faoliyat yuritgan bo‘lib, ularga jami 177, 2 ming kishi joylashtirilgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p shu turdagi obyektlar Xiva shahrida 57 tani, Urganch shahrida 27 tani tashkil qilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
2025/10/21 13:27:04
Back to Top
HTML Embed Code: