#Donolar_bisotidan

Nima uchun xato qilish foydali? Chunki o‘z tajribasi har doim boshqalarning minglab maslahatlaridan afzal.

✍️ Monim
🔥1
Ro‘yxatga olish ishlarining ishtirokchilari uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi

✍️ Ma’lumki, 2026- yilning 15- yanvaridan 28- fevraligacha mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga “mahalla yettiligi”ni jalb qilish belgilangan.

Joriy yilning 20- oktabridan e’tiboran viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan ro‘yxatga olishda ishtirok etuvchi mahalla mas’ullari uchun o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.

Seminar davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron so‘rovnomalarni to‘ldirish, shuningdek, aholiga to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot yetkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

📌 Shuningdek, jarayon davomida “mahalla yettiligi” bevosita mahallalarga chiqqan holda, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llaydilar, yuzaga keladigan savollarga mutaxassislar tomonidan tushuntirish va ko‘rsatmalar beriladi.

Axborot xizmati
👍2🔥1👏1
Chakana savdoning eng yuqori o‘sishi Tuproqqal’a tumanida qayd etildi

📊 2025- yilning yanvar-sentabr oyida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi hajmining o‘sish sur’ati 2024- yilning yanvar–sentabr oyiga nisbatan 108,8 % ni tashkil qildi.

📈 Hududlar ichida eng yuqori o‘sish sur’atlari Tuproqqal’a tumani (110,2 %), Qo‘shko‘pir tumani (109,8 %), Yangibozor tumani (109,4 %) hamda Xiva shahrida (109,2 %) qayd etildi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 53 taga ko‘paydi

📊 Viloyatimizda 2025- yilning 1- oktabr holatiga 188 ta chet el kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat yuritgan.

📈 O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 53 taga ko‘paydi.

Eng ko‘p xorijiy kapital ishtirokidagi korxona Urganch shahrida faoliyat yuritgan va ularning soni 59 tani tashkil qilgan.

📈 Shuningdek viloyatning Urganch (25 ta), Xonqa (19 ta), Shovot (14 ta) va Xiva (10 ta) tumanlarida ularning soni salmoqli bo‘lgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Umumiy ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari

📊 Viloyatimizda faoliyat yuritayotgan ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 9 656,0 mlrd so‘mga yetdi.

📈 Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 14,0 % ga oshdi.

Bunda savdo aylanmasining 91,3 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Tadbirkorlik subyektlarining sohalar kesimidagi soni

📊 2025- yil 1- oktabr holatiga viloyatimizda 22 961 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda.

📈 Iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha ularning soni quyidagicha taqsimlangan:🔽

savdoda – 8 513 ta
sanoatda – 3 541 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3 185 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 1 660 ta
qurilishda – 1 432 ta
tashish va saqlashda – 1 004 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 567
axborot va aloqa sohasida – 449 ta
boshqalar turlari – 2 610 ta.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Ulgurji savdo

📊 Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-sentabr oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 6 588,2 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,2 % ni tashkil etdi.

Umumiy hajmning 96,6 % ulushi yoki 6 362,8 mlrd so‘mi kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Bozor xizmatlari hajmi 13,5 foizga o‘sdi

📊 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda umumiy hajmi 24,9 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

📈 Bu ko‘rsatkich 2024- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 13,5 % ga (5,0 trln so‘mga) oshgan.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘rtacha hajmi 12,2 mln so‘mni tashkil qilgan.

Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook |

#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
Давлат тилини янада ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори

Батафсил: https://uza.uz/posts/773410

Телеграм каналларимиз

Facebook
| Instagram | YouTube | X
#Kun_hikmati

📌 Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir.

✍️ Abdulla Avloniy
2025/10/21 10:52:09
Back to Top
HTML Embed Code: