Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

Eng Yomon AQSH Muhojirlari!

Amerika Qo‘shma Shtatlari - ko‘plab muhojirlar tomonidan yaratilgan muhojirlar mamlakati - bu keng tarqalgan ma’lum fakt. Shimoliy Amerikaning eng yirik davlati ko‘plab muhojirlar to‘lqinini boshdan kechirgan, kechirmoqda va kelajakda ham shunday bo‘lishi mumkin. Va bu to‘lqinlarning har biri oxir-oqibat Amerika Qo‘shma Shtatlari madaniyatiga singib, an’analar, iqtisodiyot, san’at va boshqa sohalarda yangilik olib kirdi. Ammo bularning barchasi amerikaliklar har doim har qanday mojaro va qarama-qarshiliklardan qochishga muvaffaq bo‘lganligini anglatmaydi - aksincha, "kelganlar" an’anaviy ravishda ko‘plab mojarolar, inqirozli holatlar va mahalliy aholi tomonidan ularga nisbatan norozilik munosabatini keltirib chiqargan.

Videoga havola:
https://youtu.be/gXArtM8bciE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib mimikriyaning yana bir misoli bilan tanishing! Bu kumush tus kapalaklar bo‘lib, ular xuddi singan shoxlarning o‘zginasiga o‘xshaydi.

Xurmo
Tabiiy suv havzalariga doimo dori-darmonlar, shu jumladan ruhiy salomatlik uchun mo'ljallangan dorilar ham tushib turadi. Olimlar antidepressantlar lososga qanday ta’sir qilishini tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, lososlar yanada dadil bo‘lib, migratsiyani muvaffaqiyatliroq amalga oshirar ekan, biroq ularning ijtimoiy aloqalari darajasi pasayib ketadi. Buning ustiga, losos yirtqichlardan kamroq qo'rqadigаn bo‘lib qoldi, aslida esa qo‘rqqani yaxshi edi.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3D modellarni AR ko‘zoynaklarsiz vizualizatsiya qilishning kutilmagan usuli. Faqat mana bunday golografik ventilyator kerak bo‘ladi!

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:

Reallikdagi Afsonalar! Hayotga Ko'chgan Cho'pchaklar

Ushbu videoda Baron Myunxgauzen — tarixdagi real shaxs va adabiyotdagi afsonaviy personaj — haqida batafsil ma’lumot olasiz. U 18-asrda yashagan nemis zodagoni bo‘lib, Rossiya armiyasida xizmat qilgan va Usmonli imperiyasiga qarshi urushlarda qatnashgan. Harbiy xizmatdan so‘ng, u do‘stlariga o‘zining sarguzashtlari haqida bo‘rttirilgan hikoyalar aytib, mashhurlikka erishgan. Bu hikoyalar asosida yozuvchi Rudolf Erich Raspe 1785-yilda "Baron Myunxgauzenning ajoyib sayohatlari va kampaniyalari" nomli kitobni yozgan. Ushbu asar orqali Myunxgauzen fantastik sarguzashtlar qahramoniga aylangan. Baron Myunxgauzen obrazining mashhurligi shunchalik keng tarqalganki, hatto "Myunxgauzen sindromi" deb ataluvchi psixologik buzilish ham uning nomi bilan atalgan...

Videoga havola:
https://youtu.be/1T54O0lGjes
Olimlar eng xavfli ilonlar uyumiga qarshi ziddi-zahar ishlab chiqdilar. Qanday qilib deysizmi? Ataylab ilon chaqtirgan odam tufayli.

Tim Fride 18 yil davomida ongli ravishda antitanalar ishlab chiqarish uchun o‘zini 16 turdagi eng xavfli ilonlarning chaqishiga duchor qilgan. Va bu ish berdi! Olimlar ikkita eng samarali antitanachalarni olib, 13 turdagi ilonlardan to‘liq himoyani ta’minlaydigan antidot tayyorladi. Jumladan, qora mamba va qirol kobrasi...

Sichqonlarda sinov allaqachon o‘tkazilgan, keyinchalik preparat Avstraliyada itlarda sinovdan o‘tkaziladi, u yerda har yili minglab tishlash holatlari qayd etiladi.

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Rus o‘lkasidagi qaroqchilar respublikasi - VYATKA

O‘rta asr Rusida qaroqchilar respublikasi bo‘lishi mumkinmidi? Bo‘lishi mumkin ekan! Rossiyaning qoq yuragida "Vyatka yeri - qaroqchilar respublikasi" shunchaki mavjud bo‘libgina qolmay, o‘zini yaxshi his qilgan, qo‘shnilarini talagan va hatto o‘ziga xos boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan.
O‘rmon ichkarisidagi kichkina qishloq qanday qilib butun o‘rta asr Rusini dahshatga solgan mustaqil davlatga aylandi? Qanday qilib quloqchilar o‘sha davrning eng xavfli qaroqchilaridan biriga aylandi? Ufqda Moskva knyazligining qudrati paydo bo‘lganda, bu qaroqchilar davlatiga nima bo‘ldi?

Videoga havola:
https://youtu.be/hch0_QloyiU?si=fw9wNpa7nykz0Yj-
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E'tibor bering, videoda o‘simlik fotosintez orqali ishlab chiqaradigan kislorod ko‘rinib turibdi!

Odatda bunday bo‘lmaydi, kislorod pufakchalar ko‘rinishida chiqmaydi. Ammo bu o‘simlikning kichik "kapsulasi" bor, u po‘kak kabi ishlaydi va u ko'rib turganingizdek teshik bo'lib chiqdi.

Xurmo
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Sparta: Qahramonlik Ortidagi Shafqatsizlik

Sparta — haqiqatdagi antiutopiya. Ushbu video qadimgi Sparta jamiyatining yashirin va ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan jihatlarini ochib beradi. Jasorat va harbiy kuch timsoli sifatida tanilgan bu davlat aslida qat’iy nazorat, kuchsizlarga nisbatan shafqatsizlik va bolalarni erta yoshdan urushga tayyorlash tizimi bilan ajralib turgan. Spartaning asl mohiyatini tarixiy faktlar va zamonaviy tahlillar asosida o‘rganing, hokimiyatni ideallashtirish qanday ijtimoiy fojialarga olib kelganini bilib oling.

Videoga havola:
https://youtu.be/wJsUJHSR_Uk?si=eWdpuRPS7qsmglgj
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoyda sayyohlar muntazam ravishda ko‘tariladigan Tayshang tog‘i bor.

Zinadan emaklab chiqquningizcha ortiqcha mehnat qilishni xohlamaysizmi? Hechqisi yo‘q, o‘zingizga ekzoskelet ijaraga olishingiz mumkin!

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


GENETIKA SIZ O‘YLAGANDEK ISHLAMAYDI!

Bizning genlarimizda biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq narsa yashiringan. Shu bilan birga, genlar bir tomonlama harakatlanuvchi yo‘l emas va biz ularga ta’sir qilishimiz mumkin. Xurmo kanalining yangi sonida tortda nechta xromosoma borligi, tug‘ilajak farzandlaringiz qanday bo‘lishi mumkinligi, nega shu paytgacha mamontni klonlamaganimiz va odamni klonlash mumkin yoki mumkin emasligini, nega qo‘ng‘ir ko‘zli ota-onadan ko‘k ko‘zli farzandlar tug‘ilishi mumkinligi, sizning boyligingiz qaysi genlarga bog‘liqligi, avlodlaringizga genetik xotirada qanday xabar qoldirishingiz mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Videoga havola:
https://youtu.be/4g_RofmAeq8
Olimlar og‘ir bemor bolaning DNKsini tahrirlay olishdi!

Key Jey 2024-yil avgust oyida kam uchraydigan genetik mutatsiya bilan tug‘ilgan - uning jigari ammiakni chiqarib yubora olmagan. Bu o'ta xavfli chunki organizmda ammiakning to‘planishi miya shikastlanishiga va o‘limga olib kelishi mumkin.

Key Jeyning shifokorlari noodatiy yechim taklif qilishdi: tezda uning uchun maxsus genomni tahrirlovchi dori vositasini ishlab chiqish. Odatda, dorilarni ishlab chiqish va tasdiqlash jarayoni yillar davom etishi mumkin, ammo metabolik kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Rebekka Arens-Niklas va uning hamkasbi, Pensilvaniya universiteti genetigi Kiran Musunuru bir necha oy ichida buni uddalashdi. Yaqinda Key Jey qondagi ammiak darajasi me’yorida bo‘lgan holda uyiga jo'natildi!

Xurmo
Hurmatli Asomiddin Yuldashev!
Sizni chin qalbimizdan eng yorqin va unutilmas sana — tug‘ilgan kuningiz bilan muborakbod etamiz! 🌟

"Xurmo" kanali jamoasi nomidan Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt, tinchlik va har bir kuningizda ilhom hamroh bo‘lishini tilaymiz. Yillar o‘tgani sayin hayotingiz yanada fayzli, ishlaringiz esa barakali bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan,
"Xurmo" jamoasi
Tez orada yangi GTA chiqadi. Bu nimani anglatishini bilasizmi? Bu ko‘plab kompaniyalar kutilmagan zarar ko‘radi degani.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday mashhur mahsulot chiqqanida, odamlar ta’tilga chiqib, o‘zlarini ommaviy ravishda kasallikka solishni boshlaydilar. Shu sababli, Amerika iqtisodiyoti GTA VI ning chiqishi tufayli milliard dollar yo‘qotishi mumkin.

Bu, masalan, Halo 3 chiqishi yoki GTAning oldingi qismi tufayli allaqachon sodir bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchilar bunday holatdan qochish uchun ba’zan juma kunlari ham o‘yinlar chiqara boshlashdi! Ammo GTA VI seshanba kuni chiqadi.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz qanday eng g‘alati avtomobil reklamasini eslay olasiz? Mana sizga bitta misol!

Bir paytlar "Volvo" o‘z yuk mashinasining rulini qanchalik oson burilishini ko‘rsatish uchun ulkan yugurish g‘ildiragidagi xomyakdan foydalangan. "Bu xavfli, g‘alati, hayajonli" deyishingiz mumkin va siz 100% haqsiz!

Xurmo
Ma’lum bo‘lishicha, chivinlarning xartumlari tukli bo‘lar ekan ("tangachalar" orasidan tuklar o‘sib chiqar ekan).

Oltinko‘zlarning qanotlarida tuklar mavjud, chumolilarning esa ko‘zlari tukli. Fasetkali ko‘zlarning bo‘limlari ya'ni ommatidiylar orasidan ham tuklar o‘sarkan!

Xurmo
2025/06/29 12:47:15
Back to Top
HTML Embed Code: