Telegram Web Link
Ma’lum bo‘lishicha, chivinlarning xartumlari tukli bo‘lar ekan ("tangachalar" orasidan tuklar o‘sib chiqar ekan).

Oltinko‘zlarning qanotlarida tuklar mavjud, chumolilarning esa ko‘zlari tukli. Fasetkali ko‘zlarning bo‘limlari ya'ni ommatidiylar orasidan ham tuklar o‘sarkan!

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Kulgili Bo‘lish va Bundan Qanday Pul Topish Mumkin? | Judi Karter

Judi Karter kitobining tavsifi - "Komediya Injili." Qanday qilib kulgili bo‘lish va bundan pul ishlash mumkin: "Komediya Injili" - o‘z hazillari bilan pul topishni orzu qiladigan har bir kishi uchun zarur bo‘lgan kitob, ko‘p yillik ijrochilik tajribasiga ega bo‘lgan muallif va AQShdagi eng mashhur komediya maktablaridan birining asoschisi Judi Karter tomonidan yaratilgan dunyodagi eng mashhur stend-up darsliklaridan biri.

Videoga havola:
https://youtu.be/lB18E6mTgaE
Agar siz Buyuk Britaniyadagi ofis egasi bo‘lsangiz va bir necha quti shilliqqurtlarga ega bo‘lsangiz, soliqlardan qanday qochish bo‘yicha "layfxak"ni qo'llasangiz bo'ladi!

Ma’lum bo‘lishicha, Buyuk Britaniya qonunchiligida ko‘chmas mulk qishloq xo‘jaligi uchun ishlatilsa, soliqdan ozod qilish sharti mavjud. Shuning uchun bo‘sh ofis egalari ularda shilliqqurtlar solingan bir nechta qutilarni qoldira boshladilar! Va bo'ldi! Sizda shunda ofis emas, shilliqqurt fermasi bor.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'rib turganingiz fronima - mayda shaffof qisqichbaqasimon. Fronimalar zararsiz ko‘rinsa-da, ba’zilar aynan ular ksenomorflar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan deb hisoblashadi!

Fronimalar deyarli parazit, lekin to‘liq emas. Ular salpidlarni ovlaydi, yeydi, keyin ularning qobig‘iga tuxum qo‘yadi. Fronimalarning qobig‘i esa keyinchalik lichinkalari toza suv va oziq-ovqatga ega bo‘lishi uchun ko‘chiriladi.

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Natsistlar Germaniyasida Sehr-Jodu


Ushbu sonda: mistik va psevdo-ilmiy nazariyalar muallifi Karl-Mariya Viligut, qadimgi oriylar irqi haqidagi afsonalar, Atlantida haqidagi ta’limot, Graal va Shambala qidiruvidagi sirli ekspeditsiyalar, German Virt g‘oyalari va SS "kohin"iga aylangan ezoterik Genrix Gimmler. "Tule jamiyati"ning roli haqida, natsistlar nemis romantizmini qanday tiklagani va undan irqiy ustunlik mafkurasini yaratishda foydalangani haqida bilib oling.

Videoga havola:
https://youtu.be/iCh138-4uQQ?si=doPFwqOwBqG8c_9o
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin holda turgan kamonchini tasavvur qiling.

Videoo‘yinlarda bizga kamonchilar yerga cho‘kkalab, qurolni gorizontal holatda yoyish kerakligini o‘rgatishgan. Bu kamonning butalar orasidan ko‘rinib qolmasligini ta’minlaydi.

Ammo ma’lum bo‘lishicha, bu eng qulay usul emas ekan. Bunday holatda kamonning ipini to‘liq tortib bo‘lmaydi. Shuning uchun boshqa bir usul ham bor - kamonni bosh orqasiga ko‘tarish!

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hozir bir to‘da odamlar bir hafta yoki hatto bir oygacha ruchkaga qo‘l tekkizmay yashashi mumkin. Umuman qo‘lda yozish unchalik zarur bo‘lmay qoldi. Va, ko‘pincha, agar sizning husnixatingiz yomon bo‘lsa, siz uni hatto eslamaysiz.

Lekin, mabodo, har kuni qo‘lda yozishga to‘g‘ri kelib qolsa, bunday yozuv mashinkasidan foydalanish mumkin. Tom ma'noda yozadigan, ruchka bilan! Word Writer BL-80 hatto yapon tilida ham ishlay oladigan qilib yaratilgan, lekin lotinchaga ham sozlash mumkin. Izohlarda bunday mashinka kimga kerak bo‘lishi mumkinligini o‘ylab topishga harakat qilamiz!

Xurmo
Forwarded from Kotib Ai
🎉 Yangi Funksiya: Uchrashuv AI — Uchrashuvlaringizdan Amaliy Xulosa!

Endi KotibAI yordamida har bir uchrashuvdan so‘ng aniq, tushunarli va maqsadga yo‘naltirilgan "Meeting" xulosalariga ega bo‘ling!

Muhokama mavzulari va asosiy g‘oyalar
Amaliy xulosalar va bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar
Kim nima qilishi kerak va qachongacha
Aniq, tartibli va foydali yakun

Bu yangi funksiya orqali siz vaqtni tejaysiz, muhim fikrlarni boy bermaysiz va har bir yig‘ilishdan maksimal foyda olasiz!

🚀 Uchrashuv AI bilan — Uchrashuvlaringizni amalga yo‘naltirilgan natijalarga aylantiring!

Hoziroq /start buyrug'ini bosing va yangi funksiyani birinchilardan bo'lib foydalaning

@kotibaibot
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


Uddalay Olmagan Yo‘lbars - Diktatorni Yaratgan Demokratiya

Yosh advokat va bo‘lajak diktator Ferdinand Markosning hikoyasi dahshatli jinoyat va shov-shuvli ish bo‘yicha ayblovlardan boshlandi. Qanday qilib AQSH va’da qilgan demokratiya uzoq muddatli diktaturaga aylandi? Nima uchun Filippin Amerika bilan yaqin aloqalari va ulkan iqtisodiy salohiyatiga qaramay, "Osiyo yo‘lbarslari"dan biriga aylanmadi? Bu sonda demokratiyaning urug‘-aymoqchilik va populizmga qanday yutqazishi haqida bilib oling. Siyosiy qotilliklar, korrupsiya, xorijiy manfaatlar va inqiloblar - Ushbu sonda Osiyodagi "Lotin Amerikasi Filippinlari"ning taqdirini o'rganing va Markosning yana qahramon bo‘lishga urinishlari ortida nima yashiringanini bilib oling!

Videoga havola:
https://youtu.be/-IhQ9YggWfY
Titanik yuz yildan ko‘proq vaqt oldin cho‘kib ketgan va hozirda Atlantika okeani sathidan 3 kilometr chuqurlikda yotibdi. Ammo bularning barchasi uni to‘liq o‘rganishni istagan tadqiqotchilarni to‘xtata olmaydi.

Magellan chuqur suv osti tadqiqot kompaniyasi "Titanik"ni skanerdan o‘tkazdi va kemaning eng aniq va batafsil 3D modelini yaratish uchun 715 000 ta fotosurat va videolarni to‘pladi. Modelda hatto yo‘lovchilarning tangalari va sumkalari ham sochilib yotibdi, hamma narsa mayda-chuydasigacha o‘ylangan! Endi olimlar Titanikning o‘zidan hech narsa qolmaganda ham uni o‘rganishni davom ettirishlari mumkin.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har yili may oyining oxirgi dushanbasida buyuk britaniyalik inglizlar pishloq tutishadi!

Bu unchalik uzoq davom etmaydigan, ammo ancha xavfli poyga bo‘lib, unda odamlar 180 metr balandlikdagi tepalik bo‘ylab pishloq boshi uchun pastga tushishadi. Pishloqni tutish deyarli imkonsiz, shuning uchun, agar hech kim buni uddalay olmasa, pastga birinchi kelgan (va omon qolgan) g‘alaba qozonadi.

P.S. Qora kiyimli yigitga nima bo'lganini kimdir biladimi😨

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


SIZ TAILAND HAQIDA BUNI BILMAS EDINGIZ!

Tailand tarixida harbiy diktator Phibun Songkhram, uning harbiy jinoyatlari, mamlakatni modernizatsiya qilishga oid g‘aroyib urinishlari, Yevropa davlatlari bilan murakkab munosabatlari, mahalliy o‘ng mafkuraning keskin va ba'zida kulgili rivoji mavjud. Qisqa qilib aytganda, Tailand millatchiligi va uning tarixi – bu goh jiddiy, goh esa istehzoli spektaklni eslatadi. Redroom va Xurmo jamoasi esa sizni shu spektaklni tomosha qilishga taklif qiladi.

Videoga havola:
https://youtu.be/yGSjHxbOt-0
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suvaraklarni tok razryadlari yordamida boshqarish mumkin, ammo bu odamgarchilikka unchalik to‘g‘ri kelmaydi, shunday emasmi?

Yapon olimlari ham shunday o‘ylashgan va suvaraklarni yorug‘lik yordamida boshqarishning invaziv bo‘lmagan usulini yaratishgan.

Berilgan: Suvaraklar ultrabinafsha nurlarni yoqtirmaydi, shuning uchun undan qochadi.
Yechim: suvaraklarga ultrabinafsha-fonarcha o‘rnatamiz, o‘ng ko‘zga yorug‘lik tushiramiz - hasharot chapga o‘rmalaydi va aksincha.

Ammo bir savol ochiqligicha qolmoqda:
Suvaraklarni boshqarishning nima keragi bor?
Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz!

Xurmo
Hurmatli do'stlar!
Bugun Xurmo kanalida PREMYERA:


BIZ LOYIQ BO‘LGAN NAPOLEON

Napoleon III afsonaviy shaxs, va bu faqat u o‘zini "taxtdagi sotsialist" deb hisoblagani uchun emas. U 1848-yilda inqilob yillaridan so‘ng tartib o‘rnatish maqsadida hokimiyatga keldi, ammo kutilmaganda demokratiyani yo‘q qilgan odamga aylandi. U diktatorga aylandi, lekin xalq orasida mashhur bo‘lgan diktator edi. Uning sobiq imperiya ulug‘vorligini tiklash rejalari esa o‘zi xohlagandan butunlay boshqacha bo‘lgan Fransiya-Prussiya urushi bilan yakunlandi. Qisqasi, Ikkinchi imperiya va imperator bo‘lgan prezident Napoleon III tarixi - umuman Yevropa va xususan Fransiyaning yangi tarixidagi ulkan tragikomediyadan iborat.

Videoga havola:
https://youtu.be/wgL_Q8WfgJo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar sizni hozirgi avlod hech narsaga yaramaydi degan fikrlar qiynayotgan bo‘lsa, ushbu tinchlantiruvchi videoni tomosha qiling.

Ushbu rolik 1900-yillarda Parijda suratga olingan, keyin esa neyron tarmoqlar yordamida ancha yaxshilangan va bo‘yalgan.

Xurmo
Inson ko‘zini quvontirish uchun nechta hasharot halok bo‘lishi kerak deb o'ylaysiz? Ko‘rinishidan, 4000 ta qo‘ng‘iz yetarli ekan.

Suratda ko'rib turganingiz bu - Silla sulolasiga tegishli bo‘lgan egar qismlaridan biri. Ushbu sulola afsonalarga ko‘ra Koreyada miloddan avvalgi 57-yildan milodiy 935-yilgacha hukmronlik qilgan. Egarning yupqa oltin qoplamasi ostida esa to‘rt mingta qo‘ng‘izning haqiqiy qanotlari yotibdi.

Xurmo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🎉 Tarixiy lahza! O'zbekiston ilk bor FIFA WORLD CUP 2026 chempionatiga yo'l oldi! Bu ulkan yutuq bilan butun xalqimizni chin dildan tabriklaymiz! 💪⚽️
Orzular ro'yobga chiqmoqda — oldinda hali eng yaxshilari bor!
Vatandoshlarimizga omad yor bo'lsin!
2025/06/28 16:59:49
Back to Top
HTML Embed Code: