Telegram Web Link
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Bu kabi savollar o’tgan yili ham ko’p berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.

UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida o’tgan yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Bu masalani o’tgan yili ham ko’targandim.

Balki agentlik fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilgan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

O’tgan yili shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, deb yaxshi gumonda bo’lgandik, lekin joriy yilda ham hech narsa o’zgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tushunarliroq algoritm o’ylab topishga vaqt bor edi.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/26738


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev bugun Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbarining kecha Toshkent viloyatining Parkent tumaniga qilgan tashrifi haqida ayrim ma’lumolar:

Dastlabki manzil “Parkentsoy” turar joy massivi bo‘ldi. Umumiy maydoni 6 gektar, unda jami 5 ming 200 xonadonli 125 ta ko‘p qavatli turar joy quriladi;

“Baytqo‘rg‘on – Parkent” elektrlashtirilgan temir yo‘li qurilishi jadal ketmoqda. Kuniga 275 ming nafargacha yo‘lovchi tashish rejalashtirilayotgan qariyb 24 kilometrlik bu yo‘l foydalanishga topshirilgach, Parkentdan poytaxtimizga borish uchun katta qulaylik yaratiladi;

Kumushkon mahallasida 80 dan ortiq xonadonda mehmonxona tashkil etilgan. Ularda yiliga 172 ming nafar sayyohga xizmat ko‘rsatilmoqda;

3 gektar joyda qurilgan "Oltin bel" cho‘qqisidagi dam olish maskani va yangi loyihalar bilan tanishildi. Hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar bo‘lgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi.

Parkent tog‘larida 🇦🇹Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektarda tog‘-chang‘i kurorti qurish rejalashtirilgan. Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, chang‘i uchish va osma dor yo‘li, shalelar, piknik maydoni, restoranlar, sog‘lomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi hamda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Maktabni oltin va kumush medal bilan tugatgan o‘quvchilarga o‘qishga kirishda biror imtiyoz bormi?
#abituriyent

JAVOB: Yo‘q, ularga imtihonlarda hech qanday imtiyoz qo‘llanmaydi.

Shuningdek, akademik litseylarning qizil diplomini olgan o‘quvchilarga ham OTMlarga kirish uchun hech qanday imtiyoz berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev "Afrosiyob" poyezdida Qarshi shahridan Shahrisabzga bordi.


👉 @xushnudbek 👈
Turkiyaning tajribali shifokorlari tomonidan bepul konsultatsiya

20-21-iyun kunlari Toshkent shahrida MedSilk Expo 2025 tibbiyot turizmi forumi boʻlib oʻtadi.

🇺🇿🇹🇷 Shu munosabat bilan barcha doktor va professorlarni, turizm va tibbiyot turizmi agentliklarini, tibbiyot universtetlari bitiruvchilarini, shuningdek forum davomida tajribali shifokorlar tomonidan oʻtkaziladigan bepul konsultatsiyada ishtirok etishni xohlaganlarni ushbu forumga taklif etamiz.

Online roʻyxatdan oʻtish uchun havola

20-21-iyun, 11:00-18:00

🏛 Wyndham Tashkent Hotel

Reklama
❗️Qabul tugashiga 6 kun qoldi

Bugun, 19-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 319 ming 781 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 o‘zbek tili  — 280 ming 756 nafar;
🔹 rus tili  — 32 ming 435 nafar;
🔹 qoraqalpoq tili  — 5 ming 637 nafar;
🔹 boshqa tillar — 953 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ o‘g‘il bolalar — 145 ming 366 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 174 ming 415 nafar


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent xalqaro aeroportidan uchadigan barcha charter reyslar "Toshkent-Sharqiy" aeroportiga ko‘chiriladi

Bu haqda Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi Shuhrat Xudoyqulov ma'lum qildi.

Yangi aeroport noqulay ob-havo sharoitida ham samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Aeroport yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishini kutilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.

18 gektar maydonni egallagan massivda 54 ta besh qavatli uylar qurilib, 1 ming 400 ta xonadon aholiga taqdim etiladi.

Sayilgohlar, bolalar bog‘chasi, sport maydonlari, sog‘lomlashtirish maskanlari hamda servis nuqtalari yagona konsepsiya asosida barpo qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
2025/07/06 01:33:50
Back to Top
HTML Embed Code: