Telegram Web Link
🏪 Yanvar-may oylarida O‘zbekistondagi yirik 7 ta savdo tarmog‘ida tovar aylanmasi 7,1 trln so‘mdan oshgan

🧮 Xaridlar boʻyicha oʻrtacha chek miqdori 77,8 ming soʻmni tashkil etgan. Umumiy hisobda 12,5 ming turdagi tovarlar sotilgan.

📈 Mazkur davr mobaynida umumiy xaridorlar soni 1,9 mln nafarni tashkil etgan bo‘lib, shundan 24,7 ming nafari kuniga ikki va undan ortiq marotaba xaridlarni amalga oshirgan.

👨‍💼👩‍💼 Yirik chakana savdo tarmoqlarida jami 22,7 ming nafar fuqaro ish bilan band.

💰Ularda mehnat qilayotgan xodimlarning o‘rtacha ish haqi miqdori esa quyidagicha:

🔹Korzinka — 6,5 mln so‘m (13,1 ming xodim);
🔹Havas — 4,4 mln so‘m (3,4 ming xodim);
🔹Makro — 5 mln so‘m (2 mingdan ortiq xodim);
🔹Olma — 4,3 mln so‘m (2,1 ming xodim);
🔹Baraka — 5,3 mln so‘m (794 nafar xodim);
🔹Magnum — 5,1 mln so‘m (851 nafar xodim);
🔹bi1 — 3,8 mln so‘m (521 nafar xodim).

Joriy yilning 5 oyi davomida Soliq mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar asosida qaytarilgan keshbek summasi qariyb 38,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi. Davlatimiz rahbarini Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batseseg va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
Istamov Maxmud Shuxratovich adliya vaziri oʻrinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari edi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i bilan 🇮🇷Eron va 🇹🇷Turkiya yo‘nalishida yuk tashish (transport) bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun maxsus shtab tashkil etildi.

Tadbirkorlar bunday muammolarga duch kelganda, maxsus shtabga murojaat qilishlari mumkin:

☎️ Call-markaz: 1094
📞 Telefon: +998909610904
💬Telegram: @TashmatovB


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rishtondagi Ibn Sino Education xususiy maktabiga qabul davom etmoqda

30-iyun
qabul kuni, darslar esa 1-iyuldan boshlanadi. O‘quvchilar 7–11-sinflarga qabul qilinadi.

Maktabda shifokorlik yo‘nalishiga oid darslar o‘zbek va rus tillarida o‘qitiladi: 🔹 Biologiya; 🔹 Kimyo; 🔹 Ona tili;🔹 Tarix; 🔹 Matematika.

📌 Haftalik va kunlik nazoratlar, repetitorlik kurslari va yotoqxona xizmati mavjud.

📄 Litsenziya (№ 0275, 30.08.2021-y)

📞Hoziroq bogʻlaning:
+998944443366 +998916590793 +998948553366 | @IBN_SINO_3366

📍Manzil

Telegram | Instagram | YouTube | Reklama
Xushnudbek.uz
Xavfsizlik maqsadida profilaktika uchun yerusti metro bekatlari bosqichma-bosqich ma’lum muddatlarga yopiladi Metropoliten ma'muriyatining ma'lum qilishicha, yer usti halqa yo’li yo‘nalishining “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bosqichma-bosqich…
Ⓜ️ Profilaktika ishlari munosabati bilan yana 7 ta metro bekati vaqtincha yopiladi

28-iyundan boshlab, Toshkent metropolitenining “Yangiobod” (6-bekat) va “Quruvchilar” (12-bekat) bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.

🚌 Profilaktika ishlari mobaynida “Qipchoq” va “Yangiobod” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar etib belgilangan.

❗️Ma'lumot uchun, 8-iyundan boshlab “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida ham poyezdlar harakati to‘xtatilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
IELTS imtihonining javoblari kechikayotgani sababli hujjat qabul qilish muddati uzaytirilishi mumkinmi?
#abituriyent

Javob: Yo‘q, amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, qabul 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Turli tashqi imtihonlarning natijalari ayrim sabablar tufayli kechikayotgani uchun muddatni uzaytirish nazarda tutilmagan. Shuning uchun, joriy yilda qabul muddatini uzaytirish rejalashtirilmayapti.



👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2025-2026 o‘quv yiliga qabul boshlandi!

Universitet hayoti sizni kutmoqda!
Iqtisodiyot va pedagogika universitetida bilim, innovatsiya va yorqin kelajak sari birga intilamiz!

🔹Universitet bugungi kunda ta’lim sifati, ilmiy yondashuvi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turuvchi, innovatsion rivojlanishga intilayotgan yetakchi oliygohlardan biridir.

📌 Sizni bu yerda quyidagi afzalliklar kutmoqda:

👨‍🎓40 ga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari – bugungi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar;
👨‍🎓 5 ta magistratura mutaxassisligi –yuqori bosqichda tahsil va ilmiy izlanish uchun imkoniyat;
💠Tajribali professor-o‘qituvchilar – 200 nafarlardan ortiq oliy toifali ustozlar, jumladan, fan doktorlari va nafar fan nomzodlari;
🌎Xalqaro hamkorlik – 26 ta xorijiy OTMlar bilan Erasmus+ loyihalari orqali talabalar almashinuvlari;
📊Innovatsion darslar – raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt yordamida zamonaviy ta’lim tizimlari;
🔥Yangi zamonaviy bino – qulay va keng majmua: auditoriyalar, laboratoriyalar, oshxona, sport maydonlari va yana ko‘plab sharoitlar!


Onlayn hujjat topshirish uchun:
1. ipu.educon.uz saytiga kiring;
2.
Ro‘yxatdan o‘ting;
3.
Oʻz yo‘nalishingizni tanlang;
4.
Arizani to‘ldirib, yuboring.

Aloqa markazi:
+998752306060 (Qashqadaryo)
😎 Yozish
+998557056060 - (Samarqand)
😎 Yozish

📑 (Litsenziya Nº 194419 25.12.2023)

📍Manzil: Qarshi shahri, “Ravoq” MFY Islom Karimov ko’chasi, 13-uy

📍Manzil:
Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Jo’yi soy MFY, Yasmin ko’chasi, 11-uy

Telegram | Instagram | Web-sahifa | Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️BUGUN QABULNING OXIRGI KUNI!
#abituriyent

Bugun, 25-iyun soat 09:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 676 ming 149 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🔹 O‘zbek tili  — 594 046 nafar;
🔹 Rus tili  — 66 745 nafar;
🔹 Qoraqalpoq tili  — 13 560 nafar;
🔹 Boshqa tillar — 1 798 nafar.

📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 317 278 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 358 871 nafar

❗️Ma’lumot uchun: o’tgan yili 24-iyun soat 18:00 holatiga 742 ming 479 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan edi. Ko’rinib turibdiki, joriy yilda abituriyentlar soni biroz kamroq va 800 mingga yetmasa kerak.

O’tgan yili jami 894 ming abituriyent hujjat topshirgan, keyinroq 90 ming kishi to’lovlarni qilmagani uchun chiqarib tashlanib, yakunda jami 805 ming abituriyentga testga kirishga ruxsat berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xavfsizlik xizmati:

Urganch shahar prokuraturasi katta tergovchisi o‘zining hamkasbi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishini ayblov xulosasi bilan sudga yuborilmasdan, tergovda tugatib berish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

Natijada, katta tergovchi 2025-yilning 16-28-may oralig‘ida 1 ming dollar, 10 mln so‘m, qiymati 1 ming dollarga teng bo‘lgan 1 dona seyf va 1 mln 300 ming so‘mlik 1 dona ish stoli jamlanmasini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Ammo, fuqaro o‘ziga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168 moddasi 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi dastlabki tergovda tugatilmasdan, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilganligini bilgach, tergovchidan muqaddam berilgan pul mablag‘lari va ashyolarni qaytarib berishini talab qilgan.

Shundan so‘ng, tergovchi 1 ming dollar, seyf va ish stoli jamlanmasini fuqaroga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


👉 @xushnudbek 👈
‼️ESLATMA
#abituriyent

Bugun davlat OTMlari uchun qabul tugaydi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali soat 23:59 ga qadar ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

Imkon qadar oxiriga taqamang, kun davomida ro’yxatdan o’ting. Kun oxiriga borib, serverga yuklama ko’paysa, kutilmagan texnik nosozlik bo’lishi ham mumkin.

❗️TO’LOVNI AMALGA OSHIRISHNI HAM UNUTMANG!

To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi.

Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Osiyo texnologiyalar universitetida taʼlim sifatli va hamyonbop!

📌 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari 6 500 000 so‘mdan boshlanadi!

OTUda:

IT sohasidagi real loyihalarda tajriba orttirgan ustozlar;
Maxsus til sertifikatiga ega talabgorlar uchun 50% dan 100% gacha grantlar;
Magistratura yo‘nalishlariga til sertifikatisiz qabul;
Xorijiy professor oʻqituvchilardan ta’lim olish imkoni mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tish: qabul.asianuniversity.uz

Batafsil ma’lumot:
📞 +998554041166
📱 @otu_chatbot | @otu_info

📄 Litsenziya (№345950, 19.10.22-y)

Telegram | Instagram | YouTube | LinkedIn | Reklama
3
Forwarded from Xushnudbek.uz
Hujjat topshirayotganda nega yo‘nalish tanlayapmiz? Testdan keyin boshqa yo‘nalishni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent

Bu kabi savollar o’tgan yili ham ko’p berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.

UzBMB saytidan ro‘yxatdan o‘tayotganda "fanlar majmuasini tanlash" degan joyni bossangiz, sizga yo‘nalishlar ro‘yxatini chiqarib beradi. Shu sababli ko‘pchilik "biz yo‘nalish tanlayapmiz" deb o‘ylab, adashyapti.

Aslida o’tgan yildan boshlab, birinchi bosqichda yo‘nalish emas, shunchaki fanlar majmuasi tanlanadi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgilaysiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi.

Unda nega ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish chiqyapti?

Bu masalani o’tgan yili ham ko’targandim.

Balki agentlik fanlar majmuasini tanlashda abituriyentlarga osonroq bo‘lsin, mo‘ljal olishga qiynalishmasin, degan maqsadda shunaqa qilgan bo‘lsa kerak.

Aslida texnik jihatdan chalg‘itmaydigan boshqacha yo‘l qilish kerak edi. Ya’ni abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda dastlab birinchi fanni, keyin ikkinchi fanni tanlashi kerak, ro‘yxatda ham faqat mavjud fanlar nomi chiqishi kerak edi.

Fanlarni tanlab bo‘lgach, pastda shu fanlarga mos keladigan yo‘nalishlarning to‘liq ro‘yxati chiqishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shunda abituriyentda to‘liq tasavvur paydo bo‘lardi. Hozirgi usul esa, rostdan chalg‘ityapti.

Bundan tashqari ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida qaysi fanlar majmuasi qaysi yo‘nalishga to‘g‘ri kelishini oson tekshirib oladigan imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Buning uchun albatta Telegram kanallarga o‘tib, qaysidir faylni ko‘chirib olib qarashi shart emas.

O’tgan yili shoshilinch o‘zgarishlar bo‘lganiga, ulgurishmagandir, deb yaxshi gumonda bo’lgandik, lekin joriy yilda ham hech narsa o’zgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tushunarliroq algoritm o’ylab topishga vaqt bor edi.

‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlayotgan yo‘nalishingizning hech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.

Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yo‘nalishni tanladim va matematika-chet tili fanlari chiqib keldi. Test tugagach, men matematika-chet tiliga mos keladigan beshta yo‘nalishni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlashim shart emas.

ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yo‘nalishlar mos kelishini mana bu yerdagi jadvaldan ko‘rib olishingiz mumkin:
https://www.tg-me.com/xushnudbek/26738


👉 @xushnudbek 👈
21
2025/07/14 03:25:20
Back to Top
HTML Embed Code: