Telegram Web Link
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2025-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.

II chorak darslari 10-noyabr, dushanba kunidan boshlanadi.


👉@xushnudbek👈
1
🇺🇿🇬🇧Endilikda Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ushbu universitetning Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek tillarini o‘rganish yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga amaliy tashrifi doirasida Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ragoniy”, Alisher Navoiyning “Xamsa”, Husayn Boyqaroning “Devoni Husayniy”, Boburiylar davriga oid miniatyuralar va boshqa ko‘plab nodir kitoblar saqlanayotgan Bodlian kutubxonasi bilan tanishdi.


👉@xushnudbek👈
4
Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-majlisi boshlandi

Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.

Anjuman avvalida Shavkat Mirziyoyevning majlis ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi.

Unda davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikka tahdid solayotgan bir qator omillarga alohida e’tibor qaratdi.


👉@xushnudbek👈
3
O‘zbekistonning yirik tadbirkorlari Birinchi Business Club’da chiqish qiladi

Toshkentda 18-oktyabr kuni o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tadbirkorlar uchun yangi biznes-klub ochilishi bo‘lib o‘tadi. Unda turli keyslar va yangi chorlovlar muhokama qilinishi, tajriba almashilishi, hamkorlar topilishi hamda biznes vakillari bilan o‘zaro maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ilk rezidentlar orasida B&B Coffee, Havoqand Group (Les Ailes. Chopar pizza), Asaxiy, Green White Solutions, Tramp Group, PRO Wellness, Space Academy va boshqa brendlarning vakillari bor. 

Klubga Laziz Adhamov va Arsen Dlyanchev boshchiligidagi tadbirkorlar guruhi tomonidan asos solingan. Yana bir biznes klub "Yard" bilan hamkorlik esa "Birinchi"ga 14 ta mamlakat va 200 dan ortiq soha vakillari — tadbirkorlar, ekspertlar va investorlarni birlashtiruvchi Xalqaro biznes-klublar alyansiga kirish imkonini beradi.

Ochilish marosimi 18-oktyabr kuniga belgilangan.

Tadbir haqida batafsil ma'lumot va chiptalar – bu yerda.

📞 Telefon:  +998781228989

Reklama
1
🚧 Toshkentdagi 2 ta ko‘cha 4 kunga yopildi

Qaysi ko‘chalar?

📍Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;

📍Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Qancha muddatga?

Bugun, 16-oktyabr kuni soat 16:00 dan 20-oktyabr soat 07:00 gacha.

Nima sababdan?

Hududda gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan.


👉 @xushnudbek 👈
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi “Temurbek” tarixiy badiiy filmiga ijodiy tanlovlar eʼlon qildi.

Tanlovga hujjatlar 2025-yil 16-oktyabrdan 2025-yil 1-noyabrgacha quyidagi manzilda qabul qilinar ekan: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 2-“A” uy.


👉@xushnudbek👈
2
⚡️ Korzinkaning “Yanada arzon narxlar” katalogida ajoyib takliflar! ⚡️

Supermarketning bugungi saylanmasida — “365 kun” Xorazm alanga guruchi (900 g) va tovuq go‘shti lahmi! Unumli xaridlar uchun katalogga o‘zingiz ham bir boqib ishonch hosil qiling!

Narxlar e’lon chiqqan paytda amalda. Ayrim hududlarda narxlar arzonroq bo‘lishi mumkin. Korzinka Mahalla do‘konlaridagi narxlar va assortiment farq qilishi mumkin.

Korzinka 29 yilligini siz uchun sovg‘alar bilan nishonlamoqda! O‘nlab tovarlarga 1+1 va 2+1 aksiyalari hamda chekdagi har 70 000 so‘m evaziga Kia Sportage yutib olish imkoniyatiga ega boʻling.

App | Telegram-bot | Facebook | InstaWeb | Korzinka Go | Reklama
Ishpulatov Zokir Eshkurbonovich Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Suv xo‘jaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori edi;

Karimov Mirolimjon Karimjon o‘g‘li Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u Hisob palatasi bosh inspektori, shoʻba mudiri edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Bu bo‘yicha loyiha Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.

Taqdimotdan ayrim ma'lumotlar:

🔹 Shota Rustaveli ko‘chasida amalga oshirilgan BRT tizimi (Bus rapid transit) shahardagi jami 10 ta ko‘chada davom ettirilib, bunday yo‘llar uzunligi 50,6 kilometrga yetkaziladi;

🔹 Loyiha 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 mln 146 ming yo‘lovchini qamrab oladi;

🔹 Davlatimiz rahbariga qilingan taqdimotga ko‘ra, BRT tizimi quriladigan ko‘chalar quyidagilar:

1️⃣ Shota Rustaveli — 5,1 km;
2️⃣ Shahrisabz — 3,2 km;
3️⃣ Amir Temur — 5,7 km;
4️⃣ Yangi Sergeli — 5,3 km;
5️⃣ Maxtumquli — 1,3 km;
6️⃣ Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzirobod — 10,4 km;
7️⃣ Lutfiy va Muqimiy — 5,9 km;
8️⃣ Nurafshon — 3,7 km;
9️⃣ Qoratosh – Ko‘kcha darvoza — 4 km;
🔟 Alisher Navoiy – Beruniy — 6 km.

🔹 Ushbu tizim yo‘lga qo‘yilgach, avtobuslarning oraliq intervali 20 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqarishi kutilmoqda;

🔹 Loyihaning umumiy qiymati — 126 mln dollar.

Bundan tashqari, tirbandliklarni kamaytirish maqsadida Toshkentga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chirilishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
2
🇺🇿🇪🇺Shavkat Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

Euronews'ning xabar berishicha, Prezident tashrif davomida Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini (KSHB) imzolaydi.

Mazkur bitim siyosiy muloqot, savdo, xavfsizlik va barqaror rivojlanish kabi beshta strategik yo‘nalishni o‘z ichiga oladi.


👉 @xushnudbek 👈
2
O‘zenergoinspeksiya xodimlarining idoraviy formali kiyim-boshlari tasdiqlandi

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zenergoinspeksiya xodimlari 2025-yil yakuniga qadar ushbu idoraviy formali kiyim-boshlarga to‘liq o‘tishi kerakligi va ular yilda bir martadan oshmagan holda kiyim-boshlar bilan ta'minlanishi belgilangan.


👉 @xushnudbek 👈
3
Bugun Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda e'lon qilingan asosiy ma'lumotlar:

🔹 Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilingan, ularning  foydasiga 267 mlrd so‘m undirib berilgan.

Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 mlrd so‘m tovon puli to‘lab berilgan.

Bundan tashqari, nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan;

🔹 Kelgusi yildan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga oid qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqishga Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasini (Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Bandlik vazirligi, Ish beruvchilar konfederatsiyasi) ham jalb qilish taklif qilindi;

🔹 Kasaba uyushmalari endilikda platformalarda faoliyat yuritayotgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning mehnat huquqlarini ham himoya qiladi. Bu bo‘yicha hukumatga taklif kiritish topshirildi.

🔹 Uy-joy va yashash sharoitini yaxshilashga, tibbiy, psixologik, huquqiy yordamga muhtoj, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar ham “Ayollar daftari” orqali qo‘llab-quvvatlanadi;

🔹 Baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarga chalinish holatlari haqidagi ma’lumotlarni olishning yagona tizimi ishga tushiriladi;

🔹 Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bog‘lari” tashkil etiladi.

Viloyat hokimlariga kasaba uyushmalari bilan maslahatlashib, bog‘lar uchun joy ajratish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
1
2025/10/26 08:49:05
Back to Top
HTML Embed Code: