Telegram Web Link
🇺🇸🇷🇺AQSh Rossiyaning “Lukoil” va “Rosneft” kompaniyalariga qarshi sanksiyalar qo‘lladi

AQSH prezidenti Donald Tramp kecha, 22-oktyabr kuni o‘zining ikkinchi muddatida ilk bor Rossiyaga qarshi Ukraina bilan bog‘liq sanksiyalarni joriy etdi.

AQSh Moliya vazirligi Moskvani Ukrainadagi urushni darhol to‘xtatish to‘g‘risida kelishuvga chaqirdi va zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

“Prezident Putin bu bema’ni urushni to‘xtatishdan bosh tortayotgani sababli, Moliya vazirligi Kremlning urush mashinasini moliyalashtiruvchi Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasiga sanksiyalar qo‘llamoqda. Biz ittifoqchilarimizni bizga qo‘shilishga va ushbu sanksiyalarga rioya qilishga chaqiramiz”, – deyiladi moliya vaziri Skott Bessentning bayonotida.


Sanksiyalar ushbu kompaniyalar tarkibida 50 foiz va undan yuqori ulushga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalarga ham taalluqli. Shuningdek, mazkur kompaniyalar bilan ishlovchi, ulardan neft mahsulotlarini import qilayotgan xorijiy kompaniyalarga ham ikkilamchi sanksiyalar xavfini oshiradi.

Donald Tramp Vladimir Putin bilan Vengriyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvini ham bekor qildi.


👉 @xushnudbek 👈
4
O‘zbekistonga 9 oyda xorijdan 14 milliard dollarga yaqin pul o‘tkazmasi kelib tushdi

Markaziy bankning ichki valyuta bozori sharhida qayd etilishicha, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijdan kelgan pul o‘tkazmalari 13,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 milliard dollarga (24%), 2023-yilga nisbatan esa 5,5 milliard dollarga (+66%) ko‘pdir.

Shu davrda mamlakatdan xalqaro o‘tkazmalar orqali 1,9 milliard dollar chiqib ketgan, bu esa 2024-yilga nisbatan 127 million dollarga kam.

Aholi tomonidan tijorat banklariga 15,2 milliard dollar sotilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,3 barobar ko‘p (2024-yilda — 11,8 mlrd dollar). Shuningdek, jismoniy shaxslar 8,5 milliard dollar sotib olgan, bu esa 23% o‘sishni anglatadi (2024-yilda — 6,9 mlrd dollar).

Umuman olganda, aholining xorijiy valyuta taklifi hajmi unga bo‘lgan talabdan 6,7 milliard dollarga ortiq, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,4 barobar ko‘p natija bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈
4
Bugun “Zakovat-Gambit IV” shaxmat turniri finali bo’lib o’tdi. Birozdan so’ng taqdirlash marosimi boshlanadi.

Bu yilgi musobaqada 2 ming 210 nafar ishtirokchi, shundan 286 nafari ayollar qatnashmoqda. Turnir 3 bosqichda — saralash, yarim final va final shaklida tashkil etilgan.

Mehmon grossmeysterlar — ikki karra Yevropa chempioni Matias Blyubaum va sobiq jahon chempioni Antoanetta Stefanova o‘zbek shaxmatchilari bilan seans o‘tkazdi.

🎯 Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi — 620 million so‘mni tashkil etdi.


👉 @xushnudbek 👈
5
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi. Davlatimiz rahbarini Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


👉 @xushnudbek 👈
3
👤 AloqaBank oʻzbek tilining nufuzini oshirish yoʻlida!

🇺🇿  Davlat tilini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan AloqaBank oʻz xodimlari uchun bosh ofisda innovatsion kutubxona ochdi. Manzilda 1500 nomdagi 4500 dona eng zarur kitoblar mavjud.

📚 Shuningdek, tahrir va tarjima sohasida yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida AloqaVentures kompaniyasi tomonidan “Tilmoch” startapi qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Samarqanddagi oliygohlar vaqtincha onlayn ta’limga o’tadimi?

JAVOB: Yo’q, bugungi kunda bunday reja mavjud emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi oliy ta’lim tashkilotlarida darslar vaqtinchalik onlayn shaklga o’tkazilishi hamda barcha talabalarga uyiga javob berilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi mas’ullari bilan gaplashdim, ular bu xabarni rad etishdi.

O’quv jarayonlari avvalgidek odatiy jadval asosida davom etadi, hech qanaqa o’zgarish kutilmayapti.


👉 @xushnudbek 👈
2
2025/10/27 15:20:43
Back to Top
HTML Embed Code: