Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi chog‘ida Hazrati Xizr majmuasida ham bo‘lib, Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.


👉 @xushnudbek 👈
6
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida Odri Azule xonimga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈
2
🇺🇿🇸🇰Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini bilan muzokara o‘tkazdi

Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🔹Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmini oshirish, shuningdek, muhim tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi loyihalarini kengaytirish;

🔹 O‘zbekistondan to‘qimachilik, charm, meva-sabzavot va boshqa xaridorgir mahsulotlar, Slovakiyadan kauchuk, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlari yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib olindi. Shu maqsadda milliy mahsulotlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish, savdo uylarini ochish rejalashtirilgan;

🔹Banklarning kiberxavfsizlik monitoringini yuritish va yuk tashishlarni kuzatishning ilg‘or tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma markaz tashkil qilish;

🔹 Slovakiya biznesi bilan avtomobil butlovchi qismlari, tayyor sut mahsulotlari ishlab chiqarish;

🔹 2026-yilda Bratislavada ikki mamlakat rektorlarining birinchi forumini o‘tkazish, turizm ko‘rgazmalari va o‘zaro turizm kunlarini tashkil etish taklif qilindi;

🔹 Tartibli mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi;

🔹 Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.


👉 @xushnudbek 👈
4
❗️YANA BIR GRANTGA ULGURIB QOLING

Hurmatli talabalar, MetsenatUz loyihasi doirasida yana bitta grant e’lon qilingan edi. Doimiy hamkorimiz TAIBA FINANCE tomonidan 20 nafar talabaning bir yillik to‘liq kontraktini to‘lab berish uchun grant e’lon qilingan. Topshiringlar, bugun oxirgi kun edi.

📲 https://metsenat.commeta.uz/grants/taibafinancegrant

Talabalar uchun TAIBA FINANCE ta’lim granti

MCHJ "TAIBA FINANCE" XK to‘liq bir yillik shartnoma summasini qoplab beruvchi ta’lim granti
e’lon qiladi.

Grantning maqsadi: ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalarning ta'lim olishi uchun moddiy yordam ko’rsatish;

Taʼlim granti haqida maʼlumot:

🏢 Qaysi OTMlar uchun:
barcha davlat taʼlim muassasalari uchun

📊 Qaysi bosqich uchun: bakalavriatning barcha bosqichi

📚 Qaysi ta'lim shakli uchun: kunduzgi va kechki

👥 Necha kishiga beriladi: 20 nafar

💰Taʼlim granti miqdori: to'liq bir yillik stipendiyasiz va stipendiyali shartnoma summasi

Hujjatlar 30- oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Shundan so’ng jamoatchilik vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 Onlayn ariza yuborish


👉 @xushnudbek 👈
📥 "Tashabbusli byudjet" loyihasida bir mavsum doirasida rekord darajada ko‘p loyiha kiritildi

Tarixda ilk bor "Mening maktabim" doirasida kelib tushgan loyihalar soni 100 mingdan oshgan.

Avvalgi eng yuqori koʻrsatkich "Tashabbusli byudjet"ning 2022-yil 1-mavsumiga tegishli edi — 69 mingta loyiha.


👉 @xushnudbek 👈
1
❗️Raqobat qo‘mitasi Golden House kompaniyasini ogohlantirdi

Qo‘mita olib borgan o‘rganishlarda Golden House kompaniyasi tomonidan ulush kiritish asosida ko‘p qavatli uydan xonadon xarid qilish shartnomasi shartlarida iste’molchi o‘z tashabbusi bilan shartnomani bekor qilgan taqdirda hamda ushbu kompaniya faoliyatiga nisbatan norozilik bildirib, OAV, tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilinishiga ham shartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summaning jarima sifatida ushlab qolinishi haqidagi bandlar mavjudligi aniqlandi. Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlardan biri ekanligi ma’lum qilindi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, “Golden House Property Group” MChJga qonun buzilishi holatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish choralarini ko‘rishi yuzasidan ko‘rsatma berildi.


👉 @xushnudbek 👈
4
❗️O‘zbekistonlik yosh sportchilar Osiyo o‘yinlarida tarixiy natija qayd etishdi

🇧🇭 Bahraynda yakunlanayotgan yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlarida hamyurtlarimiz 37 ta oltin, 16 ta kumush va 28 ta bronza medali (jami 81 ta medal) bilan umumjamoa hisobida 🇨🇳Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ushbu natija O‘zbekiston uchun tarixdagi eng yaxshisi bo‘ldi. Bungacha eng zo‘r natijamiz avvalgi, II Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan edi – 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza.

Osiyo o‘yinlarida qit’amizning 45 mamlakatidan 4 mingdan ortiq sportchilar medallar uchun kurash olib borishdi.


👉 @xushnudbek 👈
9
🇺🇿🇫🇮 Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan muzokara o‘tkazdi

Davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

🤝 Shuningdek, yetakchilar huzurida quyidagi yo‘nalishlarda hujjatlar to‘plami qabul qilindi:

🔹 savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;

🔹 foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;

🔹 geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yerosti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;

🔹 raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

🔹 ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;

🔹 maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;

🔹 ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;

🔹 raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish;

🔹 iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi.

Muzokalarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Tovar ayirboshlashni karrasiga oshirish, shu jumladan, o‘zaro mahsulot yetkazib berishni rag‘batlantirish uchun Savdoni moliyalashtirish qo‘shma jamg‘armasini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi;

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib chiqish uchun sertifikatlash laboratoriyalarini ochish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi;

Geologiya va muhim materiallar, energetika, agrosanoat, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, ekologiya, turizm va boshqa muhim tarmoqlarda kooperatsiyani kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Bundan tashqari, bugun bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Finlyandiya biznes forumining yakunida umumiy qiymati 1 mlrd yevrodan ziyod istiqbolli qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirildi.


👉 @xushnudbek 👈
2025/11/01 03:06:58
Back to Top
HTML Embed Code: