Telegram Web Link
📢Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabasi bo‘lishning mazkur o’quv yilidagi so’nggi imkoniyati!

Qo‘shma ta’lim dasturlari yo’nalishiga o’qishga kirib, talaba bo’ling va ikki davlat diplomiga ega bo’ling!

🎓Sizni kutmoqda:
•Kunduzgi ta’lim shakli
•Tajribali ustozlar va xorijiy professorlar
•Zamonaviy infratuzilma va ekologik hudud
•Xalqaro sertifikatlar va amaliyot (stajirovka)
•Bakalavr va magistratura yo‘nalishlarini tamomlaganingizdan so‘ng O‘zbekiston va Rossiya yetakchi universitetlarining diplomiga ega bo‘lasiz!
•2 ta davlat diplomi: O’zbekiston va Xitoy;
•2 yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va 2 yil Sudjou texnologiya universitetida o’qish — barchasi bitta joyda!


📥 Onlayn ariza topshirish: https://registration.ttysi.uz/

Bakalavriat
•Ural davlat iqtisodiyot universiteti- iqtisodiyot yo‘nalishi;
•Sudjou texnologiya universiteti- Textile engineering yo‘nalishi;

Magistratura
•Ural davlat iqtisodiyot universiteti- iqtisodiyot mutaxassisligi.


Qabul yakunlanmoqda. Bugunoq hujjat topshiring va davlat instituti talabasi bo’ling.

📞 Ma’lumot uchun:
+998917889700
+998990509955

Reklama
Ⓜ️ Toshkent metropolitenida chaqaloq dunyoga keldi

Voqea kecha, 6-oktyabr kuni metropolitenning "G‘afur G‘ulom" bekatida sodir bo‘lgan. Poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima Naima Maxamadjonova to‘lg‘oq tutayotgan ayolga birinchi yordam ko‘rsatib, farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga ko‘maklashgan hamda chaqaloq sogʻlig‘i uchun kerakli yordamlarni (kindik qismi bogʻlanib, yangi tugʻilgan chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan) koʻrsatgan.

Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar (taxminan 10 daqiqa) xodimlar tomonidan ona va chaqaloqning holati nazorat ostida ushlanib, ularning xavfsizligi ta’minlangan.

Hozirda ona va chaqaloqning sog‘lig‘i yaxshi, ular shifoxonaga yetkazilgan.


👉@xushnudbek👈
16
"Yuksalish" harakati: 30 foizlik boj tovarlarni sun’iy qimmatlashtirmoqda

2025-yil 1-maydan O‘zbеkistonga shaхsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha yangi bojsiz normalar kuchga kirdi. Bu normalar qonun bilan emas, balki Hukumat qarori bilan belgilangan.

Amalda jismoniy shaxslar uchun belgilangan limitlar fuqarolarga qo‘shimcha moliyaviy хarajat yuklashdan tashqari, bozordagi raqobatga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Boshqa tomondan, bojхona to‘lovlari monopoliya хavfini kuchaytirmoqda. O‘zbеkistonda rasmiy distribyutori bo‘lmagan tovarlarni, tabiiyki, fuqarolar chеtdan olib kеlishga majbur. Ammo, 30 foizlik boj bu tovarlarni sun’iy qimmatlashtirib, istе’molchi tanlovining chеklanishi va yirik importchilarning mavqеyi mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.

Natijada, raqobat pasayishi, narхlar oshib, tovarlar sifati yomonlashishi va kichik hamda o‘rta tadbirkorlar uchun bozorga kirish imkoniyatlari chеklanishi mumkin. Buning oqibatida istе’molchilar tanlov huquqidan mahrum bo‘ladi va sog‘lom bozor rivojlanishi to‘хtaydi.

Shuning uchun yashirin iqtisodiyotga qarshi boshqacha, samarali hamda inson huquqlariga daхl qilmaydigan mехanizmlar haqida o‘ylash maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi muammolarga yechim sifatida, “Yuksalish” harakati quyidagilarni taklif qiladi:

— jismoniy shaхslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni O‘zbеkiston hududiga olib kirishda qo‘llaniladigan boj to‘lovlari, limitlar va stavkalar faqat Qonun darajasida bеlgilanishi lozim;

— tijorat maqsadidagi importni shaхsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlardan aniq ajratish mехanizmini ishlab chiqqan holda, normadan oshgan qismiga nisbatan 30% o‘rniga pastroq, mutanosib va progrеssiv stavkalarni qo‘llash;

— bojхona tariflarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash ko‘rinishida monopoliyani shakllantirish vositasi emas, balki faqat haqiqiy kontrabandaga qarshi kurash hamda raqobatni rivojlantirish vositasi sifatida qo‘llash;

— ichki bozorda yetarlicha raqobat shakllanmagan tovarlar uchun import shartlarini yengillashtirish;

— ro‘yхatga olish jarayonini soddalashtirish va boj to‘lovi talab qilinmagan hollarda (masalan, 1-2 dona shaхsiy qurilma) UzIMEI orqali ro‘yхatga olishni bеpul qilish.

Хulosa o‘rnida, shaхsiy istе’mol tovarlariga qo‘llanilayotgan yuqori boj to‘lovlari fuqarolarning mulkiy huquqlariga putur yetkazadi. Shunday ekan, boj siyosati iqtisodiy erkinlik va adolat tamoyillarini himoya qilgan holda kontrabandaga qarshi qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq.


👉 @xushnudbek 👈
6
Xushnudbek.uz
Qoraqalpog‘istonda Salomatlik marafoni bo‘lib o‘tmoqda Nukus shahrida o‘tkazilayotgan marafon orqali hudud aholisini bir oy davomida keng ko‘lamli skrining hamda profilaktik ko‘riklar bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Tibbiy tekshiruvlar bir paytning…
Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” bo’lib o’tyapti. Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika va 3 ta jamoat maskanida aholi diagnostikadan o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, bemorlarni yo‘naltirish va raqamlashtirish tizimi joriy etilmoqda.

Atigi to‘rt kun ichida qariyb 12 ming nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tdi, shulardan 1 ming 700 dan ortig‘i chuqur tekshiruvlardan o‘tkazildi, 116 nafari esa davolanishga yo‘naltirildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bolalar jarrohligi bo‘limida murakkab operatsiyalarni boshdan kechirgan kichik bemorlar bilan uchrashib, suhbatlashdi.


👉 @xushnudbek 👈
2
Fizika bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofotiga Jon Klark, Mishel Devore va Jon Martinis sazovor bo‘lishdi.

Ular elektr zanjirida makroskopik kvant mexanik tunnellanish va energiya kvantlanishini kashf etgani uchun taqdirlanishdi.


👉@xushnudbek👈
5
Xushnudbek.uz
Ⓜ️ Toshkent metropolitenida chaqaloq dunyoga keldi Voqea kecha, 6-oktyabr kuni metropolitenning "G‘afur G‘ulom" bekatida sodir bo‘lgan. Poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima Naima Maxamadjonova to‘lg‘oq tutayotgan ayolga birinchi…
Toshkent metropoliteni:

Metroda tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga butun umr metrodan bepul foydalanish huquqini beruvchi maxsus kartani topshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, navbatchi xodima Naima Maxamadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xodimlari Toshkent metropoliteni rahbariyati tomonidan rag‘batlantirilishi nazarda tutilgan.


👉@xushnudbek👈
14
O‘zbekistonda Meta ofisi ochilishi mumkin

Bu haqda kompaniya vakillari bilan Istiqbolli loyihalar milliy agentligida o‘tkazilgan uchrashuvda ma'lum qilindi.

Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari;

reklamani ilgari surish va kompaniya platformalarida (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish;

kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatimizdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash.


👉@xushnudbek👈
7
Ijro hokimiyatida 2 ming 141 ta shtat birligi qisqartiriladi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi.

Eng ko‘p qisqartirishlar Soliq qo‘mitasi (486 ta), Suv xo‘jaligi vazirligi (224 ta), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (200) va Bandlik vazirligi (163 ta)da yuz beradi.

Bundan tashqari, qo‘mita, agentlik hamda inspeksiyalardagi 16 ta o‘rinbosar shtati tugatildi.


👉 @xushnudbek 👈
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirokini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini 🇦🇿Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamda 🇰🇬Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov kuzatib qo‘ydi.


👉 @xushnudbek 👈
5
Ichki ishlar vaziri Toshpo‘latov Aziz Anvarovich Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi etib tayinlandi.


👉@xushnudbek👈
2
🚧Toshkentda ayrim ko‘chalar 12 kunga yopildi

Qaysi ko‘chalar?

Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligacha), Jasorat va Do‘stlik ko‘chalari;

Qancha muddatga?

Bugun, 8-oktyabrdan 20-oktyabrgacha.

Nima sababdan

Avtomobil yo‘lining yuqori qatlamiga PShMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqizilishi munosabati bilan.


👉@xushnudbek👈
1
💰O‘zbekistonda chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan chet el fuqarolarining O‘zbekistondan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilishni nazarda tutuvchi maxsus soliq rejimi joriy etiladi:

50 ming AQSh dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;

O‘zbekistondagi maxsus vakolatli tijorat bankida bank hisobvarag‘ini yoki maxsus vakolatli kripto-birjada kripto-hamyon ochish;

ketma-ket 12 oylik davr davomida jami 30 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekistonda haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar ular mulk yoki ijara huquqi asosida mamlakat hududida turar joy ko‘chmas mulk obyektiga ega bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari, deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, maxsus soliq rejimi voyaga yetgan har bir qarindosh uchun 10 ming AQSh dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘langanda, chet el fuqarolarining yaqin qarindoshlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.


👉@xushnudbek👈
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xavfsizlik xizmati:

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni va’da qilishgan.

Shuningdek, aniqlanishicha, IJQKD xodimlari jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi o‘tkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MChJlarning norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQSh dollari ham olishgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉@xushnudbek👈
1
2025/10/26 09:38:53
Back to Top
HTML Embed Code: