Telegram Web Link
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalarga qo‘shimcha imtiyozlar ajratiladi

Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” reytingini e’lon qiladi.

Bunda 100 talikka kirgan mahallaga “Tashabbusli byudjet”ning yangi tizimi bo‘yicha infratuzilma xarajatining 75 foizi byudjetdan to‘lab beriladi. Shuningdek, ushbu mahallalarning har biriga qo‘shimcha 2 milliard so‘mdan ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈
3
🇺🇿🇲🇪Chernogoriya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi

Ushbu qaror mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishi yo‘lida viza siyosatini Shengen zonasi talablariga muvofiqlashtirayotgani bilan izohlandi.

Vaqtinchalik vizasiz rejim 🇦🇲Armaniston va 🇪🇬Misr fuqarolari uchun ham bekor qilindi. 🇳🇷Nauru uchun esa aksincha, 90 kunlik vizasiz rejim joriy qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
2
👍 “Ibrat Farzandlari” orqali til oʻrganuvchilar uchun ajoyib yangilik!

Endi siz “Ibrat Academy”da til oʻrganib, “2+6” dasturi orqali subsidiya asosida oʻqishingizni oʻquv markazlarida davom ettirishingiz mumkin.

Unga koʻra, 14–30 yoshdagi yigit-qizlar dastlab “Ibrat academy” mobil ilovasi orqali ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys yoki xitoy tilini oʻrganib, A1–B2 sertifikatini qoʻlga kiritadi.

Undan keyingi oʻquv markazida davom ettiriladigan 2+6 oylik oʻqish uchun toʻlov esa belgilangan tartib asosida davlat tomonidan qoplab beriladi.

Ma’lumot uchun: "2+6" dasturida qatnashish uchun albatta boshlang'ich darajadagi til sertifikati talab etiladi, ular orasida "Ibrat farzandlari" loyihasining maxsus sertifikati ham bor.

👉🏻 Batafsil ma’lumot bu yerda


Hoziroq ilovani yuklab olib, til oʻrganishni boshlang: https://onelink.to/ibratfarzandlari

🔵 Telegram | 🟥 Instagram
🟦 Facebook | 🔴 YouTube

Ta’lim granti doirasida ijtimoiy reklama.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🇶🇦Qatar va 🇸🇦Saudiya Arabistoni ham futbol bo’yicha Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Kecha bo’lib o’tgan 4-bosqich saralash o’yinlarida Qatar 2:1 hisobida BAAni mag’lub etdi va guruhda 1-o’rinni egalladi. Saudiya esa Iroq bilan 0:0 o’ynadi va to’plar nisbatiga ko’ra, mundial yo’llanmasini naqd qildi.

Endi yarimta yo’llanma uchun BAA va Iroq yana o’ynaydi. Ularning g’olibi qit’alararo saralashga chiqadi.

Bugungacha 28 ta terma jamoa Jahon chempionati yo’llanmasini hal qildi, yana 20 ta o’rin qoldi. Ularning aksariyati Yevropa jamoalari bo’ladi, chunki ko’hna qit’ada saralash davom etmoqda, hozircha faqat Angliya chiqqan xolos.

Kim chiqsa ham shaxsan bizga farqi yo’q, chunki O’zbekiston eng birinchilardan bo’lib masalani hal qilib qo’ygan :)


👉 @xushnudbek 👈
2
❗️Savollar tarqab ketgani uchun matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi qayta o‘tkaziladi

Qayd etilishicha, olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilib, har bir hududda (hududiy boshqarmalarda) markazlashgan holatda chop etilgan.

Ammo hududlardagi Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan shtablarda olimpiada savollarini chop etish jarayonida materiallar tarqalib ketgan.

Hozirda bu holatga sababchi bo‘lgan shaxslar aniqlanayotgani va ular amaldagi qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilishi bildirildi.

Matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi har bir sinf kesimida (9-10-11-sinf) qayta oʻtkazilishi ma’lum qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
10
Samarqandda MDH xavfsizlik va maxsus xizmatlar rahbarlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari kengashining 57-majlisi hamda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu majlislarda 🇦🇿Ozarbayjon, 🇦🇲Armaniston, 🇧🇾Belarus, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇰🇬Qirg‘iziston, 🇷🇺Rossiya, 🇹🇯Tojikiston, 🇺🇿O‘zbekiston va 🇹🇲Turkmaniston maxsus xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.

Tadbirlarda, shuningdek, MDH ijroiya qo‘mitasi va MDHga a’zo davlatlar Aksilterror markazi vakillari ham qatnashadi.


👉@xushnudbek👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev avtobusda yangilangan Shota Rustaveli ko’chasini ko’zdan kechirdi.


👉 @xushnudbek 👈
9
Shavkat Mirziyoyev bugun Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi, shuningdek, Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli 27 milliard dollardan oshdi. Shu bilan birga, joriy yil boshidan buyon yurtimizda Saudiyaning 2 milliard dollarlik investitsiyalari o‘zlashtirildi. Aviaqatnovlar soni haftasiga 60 martadan ortdi.

Bugungi kunda "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda 15 milliard dollarlik loyihalar, jumladan, hududlarda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, "yashil" vodorodni rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

"Data Volt" kompaniyasi Toshkent shahrida zamonaviy ma’lumotlar markazini tashkil etish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Yangi Toshkent va Buxoroda shunday markazlar qurilishini, shuningdek, Saudiya Arabistoni kompaniyalarining raqamli tashabbuslardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Toshkent va Samarqand viloyatlarida "Kelajak metallari texnoparki" tashkil etilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Infratuzilma sohasida "Miahona" kompaniyasi bilan Farg‘ona va Jizzax shaharlarida oqova suvlarni tozalash, Qoraqalpog‘istonda suv ta’minoti tizimlarini rivojlantirish va nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish loyihalari bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani qayd etildi.

"Saudi Tabreed" kompaniyasi bilan kommunal sohani rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


👉 @xushnudbek 👈
2
❗️DIQQAT, FIRIBGARLAR! TELEGRAM ORQALI ONLAYN KREDIT OLMANG! HECH QACHON!!!
#firibgar

📝 XushnudbekUz Telegram-kanalida chiqayotgan reklamalar haqida tushuntirish

Ayrim foydalanuvchilar tomonidan Telegram-kanalimda yuqoridagi skrinshotda aks etganidek reklamalar chiqib qolayotgani haqida murojaatlar kelib tushmoqda. Ba’zilar “Xushnudbek kanalida chiqdiku, demak, ishonchli” degan xulosa bilan ushbu firibgarlarga aldanib ham qolganini aytishdi.

❗️BU MUHIM! Bunday reklamalarning menga yoki Telegram kanalimga mutlaqo aloqasi yo‘q. Bunday reklamalar Telegram platformasining o‘zi tomonidan, kanal egasi bilan kelishmagan holda, avtomatik ravishda chiqariladi.

Pavel Durov janobi oliylarining tashabbusi bilan kanal adminlaridan ruxsat so‘rab o‘tirmasdan Telegram kanallarda reklama berish tizimi yo‘lga qo‘yilganiga ancha bo‘ldi. Ammo ushbu reklama berish tizimidan foydalangan firibgarlar turli kanallarda o‘zlarining yolg‘on mahsulotlari yoki xizmatlarini reklama qilishmoqda. Bunga Telegram kompaniyasi yo‘l qo‘yib beryapti va bir nechta shikoyat yuborganimizga qaramasdan, foydasi bo‘lmayapti. Bunday reklamalarni kanalda chiqarmaydigan qilish ham deyarli imkonsiz. 50-darajali boost olish kerak.

❗️FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG

Yuqoridagi reklama orqali MuxlisaKredit degan botni reklama qilishmoqda. Bu qip-qizil firibgarlar yaratgan bot bo‘lib, sizga hech qanday kredit bermaydi.

Buni sinash uchun o‘sha bot bilan yozishdim. Ismimni Falonchiyev Pistonchi dedim, internetdan olingan soxta ID karta rasmini yubordim, JSHSHIR degan joyga tavakkal raqam yozdim, qancha kredit kerak degan joyga 500 trln so‘m, muddatiga 125 yil deb so‘radim.

Va mana shunaqa soxta ma’lumotlar bersam ham, hammasi to‘g‘ri keldi, deb menga Davr bank nomidan soxta shartnoma yubordi. Va oxirida endi shu kreditni olish uchun 450 ming so‘m o‘tkazib ber deyishdi.

‼️ESLAB QOLING! JISMONIY SHAXSLAR NOMIGA OCHILGAN PLASTIKKA PUL O‘TKAZIB BER DEB SO‘RASHYAPTIMI, DEMAK, BILINGKI, ULAR KATTA EHTIMOL BILAN — FIRIBGARLAR!


Aldanganlarning aytishicha, 450 ming so‘m o‘tkazsangiz, firibgarlar yana pul so‘rar ekan. Xullas, bir kishi ularga ishonib, qayta-qayta pul o‘tkazavergan, jami 2 mln so‘mdan oshiq pulga “uxlagan”, lekin tabiiyki, hech qanaqa kredit olmagan (tovba, qanaqa qilib bir necha pul o‘tkazish mumkin, hayronman).

Firibgarlar Yuliya Kolesnik nomiga ochilgan Kapitalbank kartasi hamda Natalya Mulik nomiga ochilgan TBC kartasiga pul olishyapti.

Davr bank, Kapitalbank, TBC Bank va Kiberxavfsizlik tuzilmalari bu holatni o‘rganishi kerak. Ochiq-oydin firibgarlik bo‘layotgan joyda tomoshabin bo‘lmaslik kerak. Zudlik bilan plastiklarni bloklash lozim, raqamlari ham turibdi.

Bunaqa firibgarlar haqida avval ham ogohlantirgandim, unda Mahigul degan bot orqali odamlarni aldashayotgandi.
https://www.tg-me.com/xushnudbek/28458

Sizlardan yana bir bor iltimos: internetda hammaga ishonib ketavermang, bunchalik sodda bo‘lmang. Moliyaviy operatsiyalar uchun faqat va faqat banklar yoki to‘lov tashkilotlarining rasmiy ilovalaridan foydalaning. Telegram orqali hech kimdan kredit olmang. Ayniqsa, qanaqadir Muxlisayu, Mohigul deganlarga ishonmang.


👉@xushnudbek👈
3
2025/10/24 06:48:18
Back to Top
HTML Embed Code: