Telegram Web Link
AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor va Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham uchrashibdi.

Uchrashuvda bir qator masalalar, jumladan, mamlakatlar o‘rtasida savdo sohasida ochilayotgan imkoniyatlarga e’tibor qaratilgan, jamoat xavfsizligi borasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashilgan.


👉 @xushnudbek 👈
1
❗️2026-yilda asosiy soliq stavkalari o’zgarmaydi. Vazirliklarning byudjetdan tashqari jamg‘armalaridagi qoldiqning yarmi maktablar qurish va tibbiyotga yo‘naltiriladi

Kecha Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda joriy yilda iqtisodiyotda kutilayotgan natijalar va 2026-yil uchun mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha:

🔹
kelgusi yilda xarajatlarni keskin qisqartirish va samaradorlikni oshirish barcha darajadagi rahbarlar uchun asosiy mezon bo‘ladi;

🔹 kelgusi yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 6,6 foiz darajasida ta’minlanib, YAIM hajmi 150 mlrd dollardan oshishi, inflyatsiya 7 foizdan oshmasligi prognoz qilingan;

🔹 byudjet loyihasida asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi;

🔹 vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalaridagi mablag‘larning yarmi alohida jamg‘armaga o‘tkazilib, maktab qurilishi va tibbiyotga yo‘naltiriladi;

🔹 subsidiya va imtiyozlarning samarasi past bo‘lganlari bekor qilinadi;

🔹 yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, strategik tarmoqlarda tannarxni kamaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish vazifalari belgilab berildi;

🔹 Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari ishtirokidagi loyihalarni tezlashtirib, faqat yakunlanganidan so‘ng yangi loyihalarga resurs jalb etish tizimiga o‘tiladi;

🔹 byudjet daromadlari oshirilib, xarajatlar qat’iy nazorat qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
🇺🇿🇷🇸Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi

Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, Aleksandr Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqandda boshlanadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.


👉 @xushnudbek 👈
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kasbiy ta'lim agentligi tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezident farmoni (PF-190-son, 23.10.2025-y) va qarori (PQ-316-son, 23.10.2025-y) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, agentlik texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta'lim sohasini boshqarishga mas'ul etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan:

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarga maxsus platforma orqali stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. Har oylik stipendiya BHMning bir baravari (412 ming so‘m) miqdorida to‘lanadi.

Texnikumlar Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan yuritiladigan milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantiriladi. Milliy reyting 2026-yildan boshlab har o‘quv yili yakuni bo‘yicha yuritiladi hamda unda eng yuqori o‘rinni egallagan 50 ta texnikumning har biri BHMning 3 ming baravari (1 mlrd 236 mln so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

2026-yildan boshlab har yili texnikumlar o‘quvchilari o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Kasbiy mahorat milliy tanlovi” o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, 2030-yilga qadar texnikumlar faoliyatini tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlar hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirishga moratoriy joriy etildi.

Agentlik markaziy apparati quyidagi uchta vazirlik xodimlari hisobidan shakllantiriladi:

🔹 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan — 30 ta shtat birligi;

🔹 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan — 25 ta shtat birligi;

🔹 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazidan — 15 ta shtat birligi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Markaziy bankda yangi tayinlovlar amalga oshirildi:

Nodirbek Muhammadievich Achilov — Markaziy bank Raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Monetar operatsiyalar departamenti rahbari edi.

Sanjar Salaydinovich Nosirov — Markaziy bank Raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari edi.

Nusratulla Nigmatullaevich Fazilov — Markaziy bank Raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

U bunga qadar Banklarni prudensial nazorati departamenti rahbari edi.


👉 @xushnudbek 👈
2
❗️Joriy yilgi kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmaydi

Bu haqda energetika vaziri Jo’rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O’zA muxbiri.

Vazirning ma’lum qilishicha, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari kelasi yili may oyida inflyatsiya darajasida indeksatsiya qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
8
🇺🇿🇷🇸Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan muzokara o‘tkazdi

Unda tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, agrosanoat majmui, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya dasturini tayyorlash masalalariga e'tibor qaratildi.

🤝 Prezidentlar tomonidan Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

“Markaziy Osiyo – Bolqon” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklarini, jumladan, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Kelgusi yilda Toshkentda Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shuningdek, yetakchilar huzurida quyidagi hujjatlar to‘plami qabul qilindi:

🔹 Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;

🔹 Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

🔹 Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan dastur;

🔹 Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

🔹 Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

🔹 Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.



👉 @xushnudbek 👈
1
Davlat xavfsizlik xizmati:

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, hozirda Xovos tumanidagi 8-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni Sirdaryo tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 5 ming 500 AQSh dollari talab qilgan.

Advokat 4 ming 500 dollar va 6 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishda ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
1
Kamalov Ayubxon Aribdjanovich Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari edi.

❗️Ma'lumot uchun, shaharning avvalgi hokimi Anvarjon Xojaxanovich Otaxodjayev “60 ming dollar” voqeasida ayblanib, hibsga olingan edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Xusanov Azimjon Nozimjonovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
❗️O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi ikki yildan ortiq vaqt ichida ilk bor 12 ming so‘mdan pastladi.


👉 @xushnudbek 👈
2
2025/10/30 02:58:42
Back to Top
HTML Embed Code: