Telegram Web Link
🇺🇿🇷🇸Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan muzokara o‘tkazdi

Unda tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, agrosanoat majmui, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya dasturini tayyorlash masalalariga e'tibor qaratildi.

🤝 Prezidentlar tomonidan Qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

“Markaziy Osiyo – Bolqon” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklarini, jumladan, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Kelgusi yilda Toshkentda Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.

Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Shuningdek, yetakchilar huzurida quyidagi hujjatlar to‘plami qabul qilindi:

🔹 Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;

🔹 Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

🔹 Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

🔹 Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan dastur;

🔹 Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

🔹 Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

🔹 Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.



👉 @xushnudbek 👈
1
Davlat xavfsizlik xizmati:

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi tariqasida jalb qilinib, hozirda Xovos tumanidagi 8-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaroni Sirdaryo tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish hamda keyinchalik jinoyat ishini sudda uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 5 ming 500 AQSh dollari talab qilgan.

Advokat 4 ming 500 dollar va 6 mln so‘m pulni olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (xizmat mavqeyidan foydalangan holda firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishda ishtirokchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
1
Kamalov Ayubxon Aribdjanovich Namangan shahar hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Markaziy bank raisi o‘rinbosari edi.

❗️Ma'lumot uchun, shaharning avvalgi hokimi Anvarjon Xojaxanovich Otaxodjayev “60 ming dollar” voqeasida ayblanib, hibsga olingan edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
Xusanov Azimjon Nozimjonovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʻlim agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
1
❗️O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi ikki yildan ortiq vaqt ichida ilk bor 12 ming so‘mdan pastladi.


👉 @xushnudbek 👈
2
❗️Prezidentning tegishli farmonlari bilan:

Ravshan Ayubovich Gulyamov Prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi;

Obid Arzikulovich Xakimov Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimidan ozod etildi;

Aziz Yuldashevich Magrupov Prezidentning hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning tashqi investitsiyalar bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi.


👉 @xushnudbek 👈
3
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Yoqub Ahmedov 87 yoshda vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi roji’un.


👉 @xushnudbek 👈
8
Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi.

Tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi.


👉 @xushnudbek 👈
3
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi chog‘ida Hazrati Xizr majmuasida ham bo‘lib, Islom Karimov maqbarasiga gul qo‘ydi. Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo o‘qildi.


👉 @xushnudbek 👈
6
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida Odri Azule xonimga davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈
2
2025/11/04 06:03:44
Back to Top
HTML Embed Code: