Telegram Web Link
📌 Yashnobod innovatsiya texnoparki rezidenti “Top Smart Line” MCHJ XK faoliyati o‘rganildi

🔍 Texnopark rezidentlari qatorida innovatsion mahsulotlari bilan ajralib turuvchi “Top Smart Line” MCHJ XK faoliyati yaqindan o‘rganildi.

🏭 Korxona poliuretan tizimlari va plastifikatorlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bu mahsulotlar qurilish, avtomobilsozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo‘lib, mahalliy hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar taqdim etish imkonini bermoqda.

💡 Texnopark doirasida mazkur loyiha:
Innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarilmoqda
Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanmoqda
Ichki va tashqi bozorlarga eksport qilishni rejalashtirmoqda

📈 “Top Smart Line” MCHJ XK innovatsion yondashuv va sifatli mahsulotlari bilan sanoat sohasida yetakchi bo‘lishga intilmoqda.

📲 Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!
Web-site |Telegram | Facebook
🇺🇿 Angel Connect xakatoniga arizalar qabuli boshlandi

O‘zbekistonda birinchi marta kelajakning sun’iy intellekt yechimlarini yaratish uchun tadbirkorlar, dasturchilar va investorlarni birlashtiruvchi xakaton o‘tkaziladi.

Tashkilotchilar innovatsion yechimlar ishlab chiqish uchun 100 nafar iqtidorli mutaxassisni to‘plamoqda.

🏆5 kishilik jamoa tuzing va 48 soat ichida tajribali mentorlar yordamida eng yaxshi loyihani ishlab chiqib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling.

📆 Sana: 28-fevral - 2-mart, 2025
🎙 Format: Oflayn
📍 Manzil: U-ENTER
#kiberxavfsizlik_seminar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida axborot va kiberxavfsizlik, “kibergigiyena” bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi


12-fevral kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va masʼul xodimlar uchun Axborot va kiberxavfsizlik, “kibergigiyena” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash va kiberjinoyatlardan himoyalanish choralari muhokama qilindi.

Web-site |Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yosh_oilalarga_yangilik
#soliq_imtiyozlari

Ipoteka kreditlarini to'lashga sarflangan daromadlar soliqlardan ozod qilinadi

Shartlar:

🏦 Agar kredit
budjetdan subsidiya asosida berilgan bo‘lsa (soliqdan ozod qilinadigan summa yiliga 80 MHTEKM* gacha),

yoki

👩‍👩‍👦agar kredit
yosh oila (30 yoshgacha bo‘lgan) tomonidan olingan va to‘lanayotgan bo‘lsa.

*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 x 80 = 92,4 mln so‘m

📲 Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

| Web-site |Telegram |
| Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🌐Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi
“Farmatsevtika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar” bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!

Ushbu son quyidagi yangiliklardan iborat:

❄️Buyrak saratoniga qarshi vaksina 100% samaradorlik ko‘rsatdi;

❄️Soch to‘kilishiga qarshi inqilobiy dori sinovdan o‘tmoqda;

❄️AstraZeneca”ning o‘pka saratoniga qarshi dori vositalari tasdiqlandi;

📲 Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

| YouTube | Web-site |Telegram | Facebook | Instagram |
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

2025-yilda 17 ta muhandislik maktabi tashkil etiladi

Texnologik jarayonlarni boshqarishda strategik qarorlar qabul qiladigan yoshlarni tayyorlash uchun texnika oliygohlari qoshida 8 ta ilg‘or muhandislik maktabi faoliyat boshladi. Bu yil yana 17 ta shunday maktab ochiladi.

O‘tgan yili 56 ming gektar yer yoshlarga ajratildi. Bu o‘z samarasini berib, hozirda 153 ming nafar yoshlar dehqonchilik bilan shug‘ullanyapti.

Bu yil Qoraqalpog‘istonda, Andijon, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida bo‘sh turgan 3 ming 300 gektar yer yangicha tartibda ijaraga beriladi. Endi ilgari ajratilgan yerga mahsulot ekib, kamida 100 million so‘m daromad olgan yoshlarga ham ushbu tartib asosida bu yerlardan beriladi.

Yoshlar kooperatsiyalari tashkil qilinib, yoshlar qishloq xo‘jaligida bilim va ko‘nikma oshirishiga yordam beriladi.

Yoshlar sanoat zonalarida sanoat ipotekasi orqali bino olayotgan tadbirkorlarga uskuna xaridi uchun 500 ming dollargacha kredit ajratiladi. Sodda qilib aytganda, tayyor ishlab chiqarish maydonini olgan yosh tadbirkorga imtiyozli shartlarda uskunalar ham olib beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantiriladi

Prezident imzolagan uchinchi hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, bunga 200 million dollar ajratildi.


Bank o‘zini o‘zi band qilgan yoshlar loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo‘naltiriladi.

Hududlarda “yoshlar biznes inkubatori” tashkil qilinib, yoshlar g‘oyalari startapga aylantiriladi, 6 oydan 3-yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi, tayyor biznes, korxona darajasiga olib chiqiladi.

“Aloqa venchur” jamg‘armasi orqali startaplarga 50 mingdan 1 million dollargacha sarmoya kiritilib, mahsulot va xizmatlarni ichki va xalqaro bozorlarda sotish, biznes hamkor topish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishga ko‘maklashiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

Yoshlarni kasb va tilga o‘qitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish uchun 126 trillion so‘m yo‘naltiriladi


2025-yilda
O‘zbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’kidlandi.

Rahbarlar yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlaridan, o‘z vaqtida band bo‘lmagan yoshlar bilib-bilmay nomaqbul ishlarga qo‘l urishi, diniy radikalizm ta’siriga tushib qolishi, jinoyat ko‘chasiga kirishi mumkinligidan ogohlantirildi.

Yunusobod, Asaka, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Pastdarg‘om tumanlari, Olmaliq va Buxoro shaharlarida bu boradagi ishlar qoniqarsizligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoshlarni kasb va tilga o‘qitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion so‘m yo‘naltirilmoqda.

Unga ko‘ra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
#live

Yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi


Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida azmu shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

“Buyuk shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, yoshlik – bu qalbning oltin sozi. Bunga qo‘shimcha qilib, yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Aholimizning 60 foizini aynan yoshlar tashkil etishi ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bugungi kunda biz mard va matonatli xalqimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz.

Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi?

Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar – bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar”,

— dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratamiz"

Bizning sahifalarimiz👇

| Web-site |Telegram | | Facebook | Instagram |
2025/07/13 22:02:04
Back to Top
HTML Embed Code: