Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IlmFan

Amerikaliklar balandlik cho'qqilarga chiqadigan robot yaratishdi.

Barcha sir – bu o‘lchov lentali g’altakda. Robot lenta yordamida osiladi va yuqoriga ko‘tariladi.

Ma'lumot o'rinda ,
Olimlar tomonidan yaratilgan ushbu robotlar “yumshoq devorga chiqadigan” yoki “modulli skalozavt” robotlar turkumiga kiradi. Ular maxsus lentalar yoki metall o‘lchov tasmalari (masalan, chiziqli tasmaga o‘xshagan) yordamida yuqoriga harakatlana oladi. Ushbu mexanizm robotning tana vaznini ko‘taradigan tarzda ishlaydi: lenta yuqoriga yopishadi, so‘ngra tortilib, robotni yuqoriga olib chiqadi.

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar #tanlov #imkoniyat

DIQQAT, MUHANDISLAR!
Tanlov muddati 10-aprelgacha uzaytirildi – ulguring!

Agar sizda zo‘r g‘oya, loyiha yoki ixtiro bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!

Qatnashing, g‘olib bo‘ling, va uyga BYD elektromobilini minib keting!

Tanlov yo‘nalishlari:
🔹 Eng yaxshi g‘oya
🔹 Eng yaxshi loyiha
🔹 Eng yaxshi ixtiro

Kimlar qatnasha oladi?
• Talabalar
• Amaliyotchi muhandislar
• 40 yoshgacha bo‘lgan ustozlar

Mukofotlar:
🥇 1-o‘rin – BYD elektromobili
(jami 9 ta!)
🥈 2-o‘rin – Chet elda stajirovka
🥉 3-o‘rin – Pul mukofotlari

Faqat bitta yo‘nalishda qatnashish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish:
🌐 www.muhandis.edu.uz

Savollar bo‘lsa:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09

Qani, muhandislar – endi navbat sizda! Orzudagi mashina sizni kutyapti!

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
🇯🇵 Kawasaki kompaniyasining yapon muhandislari Corleo nomli robot-ot konseptini taqdim etishdi

ℹ️ Sun’iy intellekt va vodorod dvigateliga ega ushbu robot-ot muvozanatni saqlay oladi, to‘siqlardan sakraydi va tog‘li hududlarda harakatlanadi.

🐴 Yapon mutaxassislarning ta’kidlashicha, Corleo kelajakda kvadrotsikl, baggi va boshqa yo‘ltanlamas mashinalarni to‘liq almashtiradi.

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #robot

🤖 Robotlar ko'rinishi haqiqiylashib bormoqda...


💬 Bu yaxshimi yoki...

✍️O'z fikringizni kamentariyada izohlang!

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiyaga chiqaradigan ayrim tadbirkorlarga
soliq imtiyozlari beriladi

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-136-son, 08.04.2025
y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilandi:

🔸2025 yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami 3,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;

2027 yil 1 aprelgacha dukkakli mahsulotlarni ekish, yig‘ib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona boji 1 foizlik stavkada
qo‘llanadi.

📲 Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #suniy_yurak #tibbiyot #izlanish

😱 Kiberpankka oz qoldi...


🫀 Haqiqiy yurak transplantatsiyasi uchun navbatlar juda uzun, shu sababli olimlar sun’iy yuraklarni faol ishlab chiqmoqda. Tez orada real hayotdagi sinovlar ham boshlanish arafasida...

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
#seminar

🟦🟦🟦

Innovatsion rivojlanish agentligida “Yoshlar texnoparklari va “Yashnobod” innovatsiya texnoparkida innovatsiyalarni rivojlantirish uchun imkoniyatlar va imtiyozlar” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Sana: 16.04.2025.
Vaqti: 11:30.

Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

🟢Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Seminarda ishtirok eting va mavzu doirasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javob oling!

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
#diqqat_tanlov

🟦🟦🟦

Innovatsion g‘oya yetakchisi ko‘krak nishoni uchun tanlovga hujjatlar qabuli davom etmoqda


Ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadi.

Tanlovda ikki xil tartibda hujjat topshiriladi:

- Talabalar oliy ta’lim muassasalarida tuzilgan komissiyalariga ;
-Yosh olim va tashabbuskor fuqarolar esa yashab turgan tuman/shahar hokimliklarida tuzilgan komissiyalarga topshiradilar.

❗️Yuqorida ko‘rsatilgan komissiyalarda hujjatlar 1-apreldan 30-aprelgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan.

⚡️ Bosqichlardan muvaffaqiyatli o’tgan g’oliblar “InnoWeek.Uz” — Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida tantanali taqdirlanadilar.

Ko‘krak nishoni sohiblariga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.


📲Bizni kuzating

Web-site |Telegram | Facebook |
#xalqaro_hamkorlik

Texnoparklar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Koreya tajribasi asosida O‘zbekiston milliy strategiyasi ishlab chiqiladi


Mazkur loyiha Koreyaning Fan va texnologiya siyosati instituti (STEPI) ning K-Innovatsion hamkorlik dasturi doirasida tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

🌐Batafsil

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IlmFan #ixtiro

Cradlewise sun'iy intellektga ega beshik allaqachon ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Beshik kamera, datchiklar va dinamiklar bilan jihozlangan bo‘lib, o‘rnatilgan sun'iy intellekt chaqaloqning uyqusini kuzatadi va tahlil qiladi.

🌐 Batafsil

📲 Yashnobod innovatsiya texnoparki yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi.

Manba: PQ-122-son, 25.03.2025 yil.

📲 Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook |
#tijoratlashtirish

Zafarobodda innovatsion yem mahsuloti ishlab chiqarilmoqda


“Qandli proteinli ozuqa qo‘shimchalari bilan chorva mollarini oziqlantirishning texnologik usullarini ishlab chiqarish” loyihasi 2023-yilda tijoratlashtirilgan. Unga ko‘ra chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xo‘jaliklari uchun kuniga 10 tonna innovatsion omuxta-yem ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan birgalikda amalga oshirilgan loyiha orqali chorva mollarini qandli proteinli ozuqa qo‘shimchalari bilan oziqlantirishning texnologik usuli amaliyotga joriy etildi.

Mahsulot yirik va mayda shoxli chorva mollarida mineral almashinuvining normallashuvi, sog‘lom nasl olish, rahitning oldini olish, go‘sht va sutning ozuqaviy qiymatini yaxshilash, ozuqa isteʼmolini kamaytirish va natijada fermaning rentabelligini oshirish kabi qator ijobiy natijalarni bermoqda.

Mazkur yemning mavjud chorvachilik yemlariga nisbatan ozuqaviylik darajasi 2 barobarga yuqori. Ichki bozordagi narxi o‘rtacha hisobda 3000 so‘mni tashkil etmoqda.

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
2025/07/09 00:18:25
Back to Top
HTML Embed Code: