Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#robot #innovatsiya

Robotlar 60 million tonna elektron chiqindiga qarshi: kuch datchiklari bilan jihozlangan robot tizimi elektron qurilmalarni sindirmasdan qismlarga ajratishni o‘rgandi.

An’anaviy qayta ishlash usullari, ya’ni qurilmalarni qo‘lda ajratish, juda mehnat talab qiluvchi va qimmat jarayon bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotchilar bu muammoni hal qilish uchun eng murakkab bosqichlardan biri — vintlarni yechishni avtomatlashtiruvchi robot tizimini ishlab chiqishdi.

Ushbu tizim uchta asosiy komponentdan iborat: Universal Robots UR10e robot qo‘li, Intel RealSense D405 texnik ko‘ruv kamerasi va maxsus yaratilgan mexatronik otvyortka. Kompyuter ko‘ruvi tizimi bir nechta obyektni aniqlash modellari asosida o‘qitilgan va to‘rt turdagi vint kallalarini (jumladan, krestovoy, shestigrannik va yassi) aniqlay oladi. Bu esa kerakli asbobni to‘g‘ri tanlash uchun juda muhim.

📲 Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook
#seminar

🟦🟦🟦

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Xalqaro ilmiy loyihalarda qatnashish tartibi” mavzusida seminar tashkil etilmoqda.

Sana: 07.05.2025.
Vaqti: 11:30.

Manzil: Innovatsion rivojlanish agentligi (Universitet ko’chasi, 7)

🟢Ro‘yxatdan o‘tish uchun

Seminarda ishtirok eting va mavzu doirasidagi savollaringizga mutaxassislarimizdan javob oling!

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#avto #fakt

🚗 Rossiyada GAZ va Bugatti aralashmasi – Volgatti!

🛠 Ustalar guruhi klassik GAZ-21 "Volga" va zamonaviy Bugatti Chiron dizaynlarini birlashtirib, yangi superkar yaratdi. Modelning nomi ham ijodiy: Volgatti!

ℹ️ Texnik jihatlar:
Platforma: BMW 6 Series (E63) asosida
Dvigatel: 4.4L V8, 333 HP
G‘ildiraklar: oldi — 20", orqa — 21"
Spoiler: 100 km/soatda avtomatik ko‘tariladi

🪄 Tashqi ko‘rinish:

Old oynasi tor, hot-rod uslubida
Eshiklar: alyuminiy, bezramkali
Kapotda GAZ-21 dan qolgan olmaxon haykali

💵 Unga $120,000 va 3 yil mehnat ketgan. Hozircha rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Ammo cheklangan seriyali ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
#xalqaro_hamkorlik #UNCTAD #seminar

⚜️Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi BMTning Savdo-sotiqlarni rivojlantirish bo'yicha komissiyasi (UNCTAD) bilan hamkorlikda “Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) siyosati hamda texnoparklar amaliyoti” boʻyicha seminar bo‘lib o‘tmoqda.

⚡️Seminarda yashnobod innovatsiya texnoparki xodimlari, tadqiqotchilar va sohaga tegishli tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi - moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish, inkubatsiya va akseleratsiya sohalaridagi ilg‘or xalqaro tajribalarni tahlil qilish, investitsiyalarni jalb qilish va manfaatdor tomonlarning hamkorligini tashkil etish masalalarini o’rganib chiqishga qaratilgan.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
#kun #IlmFan #robot

Kaliforniyada robotlarni o‘qitishning inqilobiy modeli — π0.5 yaratildi. U mashinalarga mutlaqo yangi sharoitlarda turli vazifalarni bajara olish imkonini beradi. Eksperiment sifatida robot notanish uyga olib borildi va u darrov uy yumushlarini bajara boshladi.

📲Texnopark yangiliklarini kuzatishda davom eting!

Web-site |Telegram | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 06:41:18
Back to Top
HTML Embed Code: