Telegram Web Link
Forwarded from Digital.edu
The birth of an elePHPant

O'rgimchak to'ri o'tgan asrning oxirlarida tarqalishni boshladi. Ammo u vaqtlarda hozirgidek web saytlar yaratish uchun yetarlicha resurslar mavjud bo'lmagan. Oddiy misol web saytdagi dinamik qismlarni yaratish uchun dasturchilarda faqat CGI tavlovi bor edi xolos. Keyinchalik davraga PHP keldi. PHP birinchi marotaba 1994-yilda Rasmus Lerdorf tomonidan, o'zining saytidagi mehmonlar hisoblash uchun script to'plami sifatida ishlab chiqilgan. Birinchi versiya PERL asosida qurilgan, keyinchalik scriptning unumdorligi pastligi sabab C asosida qaytadan yozilgan. Muallif scriptni yaratish bilan birga uning kodlarini ham boshidan boshqalar bilan bo'lishib kelgan (PHP opensource loyiha), bu esa ushbu tilning tez orada keng ko'lamda qo'llanilishiga sabab bo'lgan.

Lekin PHPda ko'pchilik e'tibordan chetda qoldiradigan bir jihat bor. Linuxdagi pingvin bir belgi bo'lgani kabi phpda fil ramzi bor. Ushbu ramziy belgining tug'ilishiga 1998-yilda INSIGN egentligi xodimi Vinsent Pontye (Elroubio) sababchi bo'lgan. Bu vaqtda PHP dunyo serverlarining 10% qismini egallagan edi.

Pontye dasturchi do'sti bilan PHP haqidagi suhbatda "PHP" so'zini qog'ozga chizib o'tirib tasodifan birikma filga o'xshashini payqab qoladi. O'sha davrda Fransiyada ham ma'lum saytlar PHP asosida ishlashni boshlagan edi, jumladan Jan-Pyer Dezelus o'zining PHPinfo.net saytida bu til haqida keng ma'lumot berib borar edi. Qiziq tomoni shundaki Jan-Pyer fillar kollektori bo'lgan. Pontye o'ylanib o'tirmasdan qog'ozdagi qoralamani Jan-Pyerga yuboradi, Jan-Pyer esa undan PHPning original logosiga asoslanib (qora konturli gradientli ko‘k oval) fil suratini chizishni so'raydi. Shundan so'ng ular fil suratini elePHPant iborasi bilan PHPinfo.net saytiga joylashadi.

Vaqt o'tib fil PHPning ramziga aylandi, PHPinfo sayti sharafiga phpinfo() funksiyasi qo'shiladi.

@yetimdasturchi
Yaqin 2 yilda telegram juda ko'p biznesga daxldor mayda loyihalarni va o'zining raqobatchilaridagi shu qismni o'ldirib yuboradi.

Meni aytdi deysizlar.

P.S: Telegram biznes masalalarda SuperApp darajasiga chiqyapti.
Yetim dasturchi kundaligi
Yaqin 2 yilda telegram juda ko'p biznesga daxldor mayda loyihalarni va o'zining raqobatchilaridagi shu qismni o'ldirib yuboradi. Meni aytdi deysizlar. P.S: Telegram biznes masalalarda SuperApp darajasiga chiqyapti.
Masalan oldin printerni boshqarish uchun bir dunyo applar va reverse proxylar qilib o'tirish kerak edi.

Telegramdagi long polling metod bilan esa hamma ishni shunchaki botni o'ziga yuklab qo'ysa bo'ladi.

Biznes akkauntlar uchun botlarni biznes rejimiga to'g'rilash kabi narsalar ham qo'shilipti.
Forwarded from Cyber University
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turli dasturlar ustida reverse enginnering uchun vositalar qidirilganda doim ham aniq bir yechim qidirish qiyin. Lekin shundaylari ham yo'q emas.

Masalan frida deb nomlanuvchi vosita Android, iOS, Windows, Linux, macOS operatsion tizimlarida runtime vaqtida kodni tahlil qilish va tuzatish imkonini yaratib beradi. Nafaqat xavfsizlik jihatidan qarash balkim dasturiy mahsulotni ishlab chiqish vaqtida ham anchagina qo'l keladigan instrument hisoblanadi.

Fridada javascript api mukammal ishlab chiqarilgani bois runtime vaqtidagi barcha hodisalarni kuzatish va boshqarish jarayoni qulay hisoblanadi.

Masalan androiddagi click eventlar metodlari bo'yicha o'qib olish

Java.perform(() => {
Java.use('android.view.View$OnClickListener').onClick.implementation = function(v) {
console.log('Clicked to: ' + v.getClass().getName());
this.onClick(v);
};
});


https://frida.re/
2025/06/27 09:33:02
Back to Top
HTML Embed Code: