Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Genialno 🌚

Mana qanday o'rgatish kerak jarayonni)
Forwarded from UZINFOCOM
Bu xalqaro kosmik stansiyaning Unity moduli. Ushbu modul vazifasi turli modullarni orada birlash tirish uchun yordam berish.

Bu orqali Soyuz ekipaj kemasini ochiq fazoda 6 soat yoki Progress yuk kemasini 3 soat ichida stansiyaga bog'lash mumkin.

Paralel olamga ega bo'lgan click tizimida esa issiqqina ofis va yumshoq kresloda o'tirgan xodimga vitual integratsiya uchun ikki hafta ham kamlik qiladi.

Diqqat savol: Shunda vaqt tushunchasi vaznsizlik xususiyatiga egami?
Volta elementi va uning tarixi

Ushbu maqolada siz Volta elementining kashf etilishi, Alessandro Voltaning hayoti, Galvanining tajribalari bilan bog‘liq bahslar, shuningdek, Volta kashfiyotining keyingi fan va texnologiyalarga taʼsiri haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz.

👉 Batafsil o‘qish

@yetimdasturchi
Yetim dasturchi kundaligi
Volta elementi va uning tarixi Ushbu maqolada siz Volta elementining kashf etilishi, Alessandro Voltaning hayoti, Galvanining tajribalari bilan bog‘liq bahslar, shuningdek, Volta kashfiyotining keyingi fan va texnologiyalarga taʼsiri haqida batafsil ma’lumotga…
Endilikda @yetim_robot telegram boti orqali eksklyuziv maqolalarni o'qib borishingiz, kanalda reklama berish masalasi bo'yicha tanishingiz, shuningdek muallif haqida ma'lumotlar va boshqa imkoniyatlarga ega bo'lish imkoniyati bor sizda.
Arduino va uning so‘zsiz tarixi

Yaqin yillardan buyon IoT texnologoiyalar va Robototexnikaga bo‘lgan e’tibor omma ichida kuchayib bormoqda. Arduino platformasi esa bu jarayon uchun omma e’tiborini o‘ziga tez jalb qila oldi. Hozirgi davrda robototexnika sohasini o'rganmoqchi bo'lgan qiziquvchilar yoki dasturlash sohasida bo'lganlarning ko'pchiligi aynan shu platforma bilan ishlab ko'rishni istashadi.

Quyidagi maqolada esa sizlar uchun platformaning kelib chiqish tarixi, uning qanday tuzilgani va turlari haqidagi ma'lumotlarni batafsil ulashishga harakat qildim. Agarda siz ham robototexnikani o'rganishni boshlamoqchi bo'lsangiz ushbu ma'lumotlar bilan tanishish keyingi jarayonlarni siz uchun tushunarliroq bo'lishiga yordam berishiga ishonaman.

👉 Maqolani batafsil o‘qish

@yetimdasturchi
Yandex music algoritmi biror ishga fokus berish uchun mos musiqalar to'plamini qanday shakllantiradi? Yandexda bunday ma'lumotlar qanday shakllanadi. Bu jarayon faqat qiziqib ishlash vaqtida yuzaga keladi.

Masalan yandex musicda avtomobil haydash vaqtida yo'l jarayoni uchun mos ravishda pleylist shakllantirish ham bor va bu ma'lumotni carplay orqali shakllantirishini tushunsa bo'ladi. Ko'p holda kechasi mashina haydash vaqtimda paralel yandex xarita ishlagani bois maksimum uyquni qochirishga urinishini kuzatganman.

Odatda bunday qobiliyat Alisada borligi menimcha barchaga ma'lum. Alisa joy, foydalanuvchi emotsiyasi va vaziyatga qarab javoblarni shakllantiradi (Siri yoki alexa ancha o'tin bu borada).

Spotify, soundcloud yoki apple musiclarda bunday imkoniyat sezilmaydi. Ushbu platformalar foydalanuvchi qiziqishlarini normal tartiblay olishini kuzatmaganman hech. Youtube ham sizni maksimum ikki haftada zeriktiradi.

Demak bulardan farqli yandex biz tasavvur qilgandan ko'ra ko'proq big data shakllantirayotgan bo'lishi mumkin.

Shuningdek yandex webvizor joylashtirilgan sahifada yo'talsangiz ham trek qilinadi odatda (Web dasturchilar yaxshi bilishadi menimcha). Yaqinda ham habrda yandex brauzeri foydalanuvchi kompyuteriga remote desktop uchun ulanishga urinishi haqida post joylangan edi.

Yigirma birinchi asrda mendan big data yig'ishlariga unchalik ham e'tibor bermay qo'yganman aslida. Chunki endi bundan qochib qutulish imkoni yo'q, bu omillar bilan birga yashashni o'rganishimiz kerak xolos. Muhimi yalang'och rasmlariz tarqab ketmasa bo'lgani.

Meni qiziqtirgani yandex ma'lumotlarni shunday aniq va tiniq saralash uchun qanday mexanizm ishlatadi? Shuncha axlat uyumi ichidan mos ma'lumotni saralab olish va kerakli javobni qaytarish uchun sizda normal ishlab chiqilgan tizim bo'lishi kerak menimcha. Texnik jihatdan qiziqib ko'rishga arziydigan jarayon bu aslida.
Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi

Bro judayam yaxshi va ochiq tabiat inson edi. Kun.uzda ishlagan davrlarida juda ko'p yordam qilgandi. Yaqinlariga sabr bersin.
Yobana fantastika. Fanlar akademiyasidagilar nima chekishyapti 🤦‍♂️

Instrumentni tarjima qilishga "asbob" bormikin. Chet tilidan olindi degani bu dushman so'z degani emas. Butun dunyoda sayohatchi so'zlar tushunchasi bor va bu hamma tilga daxldor.

https://www.tg-me.com/ANRUz/21127

Til bu madaniy meros emas sandiqqa solib qo'yadigan. Zamon va makonga qarab uning deformatsiya bo'lishi normal holat.

O'zlaricha Turkiy tillar qo'riqchilariman deganlarni olib chiqib otib tashash kerak. Chunki tilga zararning eng katta qismini shular olib keladi. Tilni eskirishiga shunday nusxalar sababchi.

Xalq foydalanayotgani haqiqiy til aslida, kitoblardagisi emas. Bu inson ehtiyojini qondiruvchi instrument bo'lishi kerak, insonni o'ziga moslashtiruvchi emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yetim dasturchi kundaligi
Yobana fantastika. Fanlar akademiyasidagilar nima chekishyapti 🤦‍♂️ Instrumentni tarjima qilishga "asbob" bormikin. Chet tilidan olindi degani bu dushman so'z degani emas. Butun dunyoda sayohatchi so'zlar tushunchasi bor va bu hamma tilga daxldor. http…
Bu narsalar aslida texnik hujjatlar bilan ishlovchilarning eng og'ir nuqtasi hisoblanadi.

O'zimizcha so'z yasab uni yozib qo'yish juda ham oson ammo uning javobgarligi haqida ham o'ylash kerak. Tushunarsiz texnik hujjat yozganda internatsional so'zlardan foydalangan maqul bo'lib qolaveradi.

Masalan o'zbek tilida elektr tokining ikki birligi amper (tok kuchi) va voltning (kuchlanish) alternativ varianti bor. Ammo kontekst jihatdan bu sohani tushungan odam uchun bu so'zlar noqulayligi seziladi. Texnik hujjatni badiiylashtirmoqchi bo'lsangiz chiroylidir lekin masalaning aniq mohiyatini tushuntirib berishda muammo tug'idirishni boshlaydi.

Ingliz tilida amper birligiga nisbatan current so'zi ishlatiladi. Bu aslida mantiqan to'g'ri keladi. Chunki current so'zi oqim ma'nosini bildiradi va amper tushunchasida ham ma'lum vaqt davomida oqib o'tgan zaryadlar miqdori tushuniladi.

Voltagega kelsak bu terminni ular Alessandro Voltaning nomidan yasab qo'ya qolishgan. Shunday bo'lsada bu tushunchaga nisbatan fanda "Electric potential" tushunchasi mavjud. Bu ham mantiqiy aslida. Chunki voltage bu elektr maydonidagi elektronlarning skalyar ta'siri hisoblanadi.

Til uchun bayroq ko'tarib yuradiganlar ba'zan boshdagi do'ppini yechib soha mutaxassislari bilan maslahatlashib ko'rishniyam o'ylashlari kerak aslida.
Masalan men tilchilarimizda quyudagiga o'xshash so'zlar uchun alternativalar kutgan bo'lardim. O'zbek tilidayi eng katta muammo bu bitta so'z tarjimasi ikki yoki undan ortiq bo'lib qolishida. Shu sababli til texnologiyalar ichiga kirib borishga qiynaladi odatda. Chunki bu ui/ux uchun xalaqit beradi. Ingliz tili kuchi esa unda bu muammolar yechilgani va texnologiyalar orqali til keng yoyilayotgani.

Dashboard - Uskunalar paneli
Upload, Download - yuklash, yuklab olish (har doimgi muammo)
Startup - yangi biznes loyihasi
Benchmark - 🤔
Hobby - sevimli mashg'ulot
Trend - ommaviy urf
Challenge - chaqiriq
Machine learning - haligacha aniq to'xtam yo'q
Data mining - 🤔
Blockchain- blokcheyn
Influencer - 🤔
Detox - texnologiyalardan dam olish (juda uzuna)
Cache, bug - bular ham o'zlaridan o'xshash tarjimalar qoldiradi
Metaverse - vr olamlar
Catfishing - 🤔
Marinade - bunda hozirgacha o'zlashma so'z ishlatiladi
Burnout - ko'p muloqotdan charchash
DIY - 🤔

Yuqoridagi so'zlarni tarjima qilish doim noqulaylik olib keladi yoki asl ma'nosini yo'qotadi. Ya'ni ular uchun ikkita eski so'zdan tashkil topgan narsa emas, konkret yangi so'z kerak aslida.

Ashnaqa gaplar birodar va birodarkalar. Hali alifboniyam kelishib hal qivolishimiz kerak. Umr o'tyapti axir.
2025/06/30 01:22:45
Back to Top
HTML Embed Code: