Telegram Web Link
Jurnalist Alisher Ro‘zioxunov 32 yoshida vafot etdi

Bro judayam yaxshi va ochiq tabiat inson edi. Kun.uzda ishlagan davrlarida juda ko'p yordam qilgandi. Yaqinlariga sabr bersin.
😢78👍142
Yobana fantastika. Fanlar akademiyasidagilar nima chekishyapti 🤦‍♂️

Instrumentni tarjima qilishga "asbob" bormikin. Chet tilidan olindi degani bu dushman so'z degani emas. Butun dunyoda sayohatchi so'zlar tushunchasi bor va bu hamma tilga daxldor.

https://www.tg-me.com/ANRUz/21127

Til bu madaniy meros emas sandiqqa solib qo'yadigan. Zamon va makonga qarab uning deformatsiya bo'lishi normal holat.

O'zlaricha Turkiy tillar qo'riqchilariman deganlarni olib chiqib otib tashash kerak. Chunki tilga zararning eng katta qismini shular olib keladi. Tilni eskirishiga shunday nusxalar sababchi.

Xalq foydalanayotgani haqiqiy til aslida, kitoblardagisi emas. Bu inson ehtiyojini qondiruvchi instrument bo'lishi kerak, insonni o'ziga moslashtiruvchi emas.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎66👍376😁4
Yetim dasturchi kundaligi
Yobana fantastika. Fanlar akademiyasidagilar nima chekishyapti 🤦‍♂️ Instrumentni tarjima qilishga "asbob" bormikin. Chet tilidan olindi degani bu dushman so'z degani emas. Butun dunyoda sayohatchi so'zlar tushunchasi bor va bu hamma tilga daxldor. http…
Bu narsalar aslida texnik hujjatlar bilan ishlovchilarning eng og'ir nuqtasi hisoblanadi.

O'zimizcha so'z yasab uni yozib qo'yish juda ham oson ammo uning javobgarligi haqida ham o'ylash kerak. Tushunarsiz texnik hujjat yozganda internatsional so'zlardan foydalangan maqul bo'lib qolaveradi.

Masalan o'zbek tilida elektr tokining ikki birligi amper (tok kuchi) va voltning (kuchlanish) alternativ varianti bor. Ammo kontekst jihatdan bu sohani tushungan odam uchun bu so'zlar noqulayligi seziladi. Texnik hujjatni badiiylashtirmoqchi bo'lsangiz chiroylidir lekin masalaning aniq mohiyatini tushuntirib berishda muammo tug'idirishni boshlaydi.

Ingliz tilida amper birligiga nisbatan current so'zi ishlatiladi. Bu aslida mantiqan to'g'ri keladi. Chunki current so'zi oqim ma'nosini bildiradi va amper tushunchasida ham ma'lum vaqt davomida oqib o'tgan zaryadlar miqdori tushuniladi.

Voltagega kelsak bu terminni ular Alessandro Voltaning nomidan yasab qo'ya qolishgan. Shunday bo'lsada bu tushunchaga nisbatan fanda "Electric potential" tushunchasi mavjud. Bu ham mantiqiy aslida. Chunki voltage bu elektr maydonidagi elektronlarning skalyar ta'siri hisoblanadi.

Til uchun bayroq ko'tarib yuradiganlar ba'zan boshdagi do'ppini yechib soha mutaxassislari bilan maslahatlashib ko'rishniyam o'ylashlari kerak aslida.
👍21👎12😁4
Masalan men tilchilarimizda quyudagiga o'xshash so'zlar uchun alternativalar kutgan bo'lardim. O'zbek tilidayi eng katta muammo bu bitta so'z tarjimasi ikki yoki undan ortiq bo'lib qolishida. Shu sababli til texnologiyalar ichiga kirib borishga qiynaladi odatda. Chunki bu ui/ux uchun xalaqit beradi. Ingliz tili kuchi esa unda bu muammolar yechilgani va texnologiyalar orqali til keng yoyilayotgani.

Dashboard - Uskunalar paneli
Upload, Download - yuklash, yuklab olish (har doimgi muammo)
Startup - yangi biznes loyihasi
Benchmark - 🤔
Hobby - sevimli mashg'ulot
Trend - ommaviy urf
Challenge - chaqiriq
Machine learning - haligacha aniq to'xtam yo'q
Data mining - 🤔
Blockchain- blokcheyn
Influencer - 🤔
Detox - texnologiyalardan dam olish (juda uzuna)
Cache, bug - bular ham o'zlaridan o'xshash tarjimalar qoldiradi
Metaverse - vr olamlar
Catfishing - 🤔
Marinade - bunda hozirgacha o'zlashma so'z ishlatiladi
Burnout - ko'p muloqotdan charchash
DIY - 🤔

Yuqoridagi so'zlarni tarjima qilish doim noqulaylik olib keladi yoki asl ma'nosini yo'qotadi. Ya'ni ular uchun ikkita eski so'zdan tashkil topgan narsa emas, konkret yangi so'z kerak aslida.

Ashnaqa gaplar birodar va birodarkalar. Hali alifboniyam kelishib hal qivolishimiz kerak. Umr o'tyapti axir.
👍27👎9
Bu masalan 1971-yilda yozilga va saralangan kitoblar to'plami. Bu o'zbek tilidagi eng katta ensiklopediyalardan biri hisoblanadi. Tasavvur qilishingiz uchun 1971-yilda hech qanday kompyuter va internetsiz shuncha ma'lumotni to'plab saralashgan. Bu kitob to'plami har bir harflar jamlanmasida qilingan.

Yaqin davr ichida siz shunday ishlar ro'yxatini bilasizmi? Hozir istalgan kitob do'konga borib tasodifan O'zbek tili va undagi ensiklopediyani sotib olish mumkinligiga ishonasizmi?

Bu kitob narxini bugun kundagi kurslar bilan hisoblasak 45 000 so'm 😕
👍11🤔4
Fanlar akademiyasiga normal moliya ajratilmasligini bilaman. Ammo ularning o'zi ham bu narsalar uchun kurashishmaydi afsuski.

Doktorlik ishlarida loyihalar va ular uchun ajratilgan summalar yeb yuborilishi birovga sir emas. Oliy ta'limda o'qigan va ishlagan hamma biladi va jim turadi bunga.

Yaqin yillar ichida O'zbekiston fanlar akademiyasi bizni hayratlantirmay qo'gan. Oddiy ustaxonadagi kasb egasi ulardan ko'ra qiziqroq ishlar qilmoqda bugungi kunda.
👍255
Arduino. Yangi va ilg‘or foydalanuvchilar uchun qo‘llanma

Avvalgi maqolada Arduino va uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tgandim. Bunday ma’lumotlar sizga kelajakda biznes jarayonlarni tushunish va xatolardan xulosa olish uchun qo‘l keladi. Bizni sohaning mukammaligiyam aslida shunda. Siz paralel bir necha jarayonlarni kuzatishingiz kerak.

Endigi qo‘llanma esa Arduino platformasi bilan ishni boshlash va amaliyotga kirish haqida batafsil ma’lumot berishga qatilgan.

Qo‘llanma sizga qanday bilimlarni beradi?

🔸 O‘z laboratoriyangizni tayyorlash
🔸 Arduino muhitiga doir nazariy bilimlar
🔸 Radio elektronika komponentlari bilan tanishish va ularning nazariyasini amaliyotda joriy qilish
🔸 Arduino dasturlash muhiti bilan batafsil tanishish
🔸 Namuna loyihalar ustida prinsiplarni tushunish
🔸 Arduino bilan ishlash chog‘ida duch keladigan muammolar va ular uchun tavsiyalar

Umumiy sahifalar soni: 60 dona
O‘qish uchun sarflanadigan vaqt: 40 daqiqa

Qo‘llanma narxi: 2 999 so‘m

Sotib olish uchun havola 👉 https://www.tg-me.com/yetim_robot?startapp=article-6

@yetimdasturchi
🔥18👍161😁1🤔1
Yetim dasturchi kundaligi
Arduino. Yangi va ilg‘or foydalanuvchilar uchun qo‘llanma Avvalgi maqolada Arduino va uning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotlar berib o‘tgandim. Bunday ma’lumotlar sizga kelajakda biznes jarayonlarni tushunish va xatolardan xulosa olish uchun qo‘l keladi.…
Qulaylik uchun O'zbekiston bo'ylab paynet infokiosklarida naqd pul orqali to'lov qilish imkoniyati ham qo'shildi.

P.S: Menimcha karta ishlatmaydigan odam qolmagan bo'lsa keragu.
😁35👍123🔥2🤔1
Blockchain ixlosmandlari uchun xakaton!

Blockchain texnologiyalaridan foydalangan holda markazlashmagan dasturiy mahsulotlarni yaratish bo‘yicha musobaqaga taklif etamiz!

Bu dasturchilar, tahlilchilar va blockchain ixlosmandlari uchun o‘z mahoratini namoyish etish, qimmatli tajriba orttirish va innovatsion yechimlar yaratish imkoniyatidir.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish: https://token.uz/hackathon
👍16🔥6
Imkoningiz yetsa shu instagram sahifaga obuna bo'lib hech yo'q kichik bo'lsada motivatsion izoh yozib qoldiring. Bilaman bu davr odamlari uchun bolakay ishlari nazar ilmasdek ko'rinar, ammo hozirgi auditoriyasi bola orzusini o'ldirishidan avval uni qutqargan maqul. Qog'ozdan modellashtirish, uydan topganidan nimadir yasab ko'rish bu ayb emas. Ko'plab muhandislar ham o'z faoliyatini shunday boshlagan, hattoki men ham. Z va Alfa avlodlar olarida bundaylar kam uchraydi i judayam quvonarli holat bu aslida.

https://www.instagram.com/amirqulov_xudayushkur/
👍77🔥1410
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yandex o'zining Github uchun analog bo'lgan sourcecraft.dev loyihasini ishga tushiripti.
🔥34👍9😢3
2025/07/09 02:15:20
Back to Top
HTML Embed Code: