Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yetim dasturchi kundaligi
Yana bir holat. Ma'lum fizik xususiyatlarni datasheetsiz ham ularning markirovkasi orqali aniqlashingiz mumkjn.

Masalan: Raqam va N bu yarim o'tkazgichli komponent.

B slikonli tranzistor.

A germaniyli diod.

Kondensatorlarda bo'lsa A,B,C kabi harflarni uchratish mumkin. Ular odatda dielektrik turiga qarab kuchlanishni belgilaydi. A - 100v, C - 300V

Yoki tranzistorlar temparatura uchun tolerantlik darajasini ham aniqlasangiz bo'ladi.

A - 0°C dan +70°C
B - 40°C dan +85°C
C - 55°C dan +125°C

Misol: LM35A — yuqori aniqlik darajasi 0°C dan 70°C
Yetim dasturchi kundaligi
Bu maqolada ko'plab radio komponentlarning nazariyasi va ularni amaliyotda qanday qo'llashni o'rganishinigiz mumkin.
Forwarded from Digital.edu
The birth of an elePHPant

O'rgimchak to'ri o'tgan asrning oxirlarida tarqalishni boshladi. Ammo u vaqtlarda hozirgidek web saytlar yaratish uchun yetarlicha resurslar mavjud bo'lmagan. Oddiy misol web saytdagi dinamik qismlarni yaratish uchun dasturchilarda faqat CGI tavlovi bor edi xolos. Keyinchalik davraga PHP keldi. PHP birinchi marotaba 1994-yilda Rasmus Lerdorf tomonidan, o'zining saytidagi mehmonlar hisoblash uchun script to'plami sifatida ishlab chiqilgan. Birinchi versiya PERL asosida qurilgan, keyinchalik scriptning unumdorligi pastligi sabab C asosida qaytadan yozilgan. Muallif scriptni yaratish bilan birga uning kodlarini ham boshidan boshqalar bilan bo'lishib kelgan (PHP opensource loyiha), bu esa ushbu tilning tez orada keng ko'lamda qo'llanilishiga sabab bo'lgan.

Lekin PHPda ko'pchilik e'tibordan chetda qoldiradigan bir jihat bor. Linuxdagi pingvin bir belgi bo'lgani kabi phpda fil ramzi bor. Ushbu ramziy belgining tug'ilishiga 1998-yilda INSIGN egentligi xodimi Vinsent Pontye (Elroubio) sababchi bo'lgan. Bu vaqtda PHP dunyo serverlarining 10% qismini egallagan edi.

Pontye dasturchi do'sti bilan PHP haqidagi suhbatda "PHP" so'zini qog'ozga chizib o'tirib tasodifan birikma filga o'xshashini payqab qoladi. O'sha davrda Fransiyada ham ma'lum saytlar PHP asosida ishlashni boshlagan edi, jumladan Jan-Pyer Dezelus o'zining PHPinfo.net saytida bu til haqida keng ma'lumot berib borar edi. Qiziq tomoni shundaki Jan-Pyer fillar kollektori bo'lgan. Pontye o'ylanib o'tirmasdan qog'ozdagi qoralamani Jan-Pyerga yuboradi, Jan-Pyer esa undan PHPning original logosiga asoslanib (qora konturli gradientli ko‘k oval) fil suratini chizishni so'raydi. Shundan so'ng ular fil suratini elePHPant iborasi bilan PHPinfo.net saytiga joylashadi.

Vaqt o'tib fil PHPning ramziga aylandi, PHPinfo sayti sharafiga phpinfo() funksiyasi qo'shiladi.

@yetimdasturchi
2025/06/29 08:19:27
Back to Top
HTML Embed Code: