Telegram Web Link
Yetim dasturchi kundaligi
Sinab ko'rsa bo'larkan) https://www.tg-me.com/questianonbot?start=441307831h Do'stlaringiz va obunachilaringizga havolani ko'rsating va ulardan anonim savollar oling!
Oxirgi marotaba qachon va qaysi dasturiy ta'minot uchun pul to'lagansiz? O'zi umuman dasturiy ta'minot uchun pul to'lanishiga qanday qaraysiz? Sizni pozitsiyangiz qanday? Bosib o'g'irlash kerakmi yoki sotib olish kerakmi?

---

ServerCat oxirgi to'lov, yiliga 2500$ dan ko'proq dasturiy ta'minotlar litsenziyasi uchun ketadi. Lekin katta qismda open source loyihalardan foydalanaman. Pozitsiyam pozitiv albatta. Hech yo'q bepul bo'lsayam donating sistema bo'lishi kerak bunaqa joyda. Bu narsa dasturchi uchun yaxshi motiv bo'la oladi.
👍18🐳2
Yetim dasturchi kundaligi
Sinab ko'rsa bo'larkan) https://www.tg-me.com/questianonbot?start=441307831h Do'stlaringiz va obunachilaringizga havolani ko'rsating va ulardan anonim savollar oling!
Qaysi davlatda yashashni hohlardiz va nima uchun?

Qaysi universitetda o'qishni orzu qilasiz?

---

Germaniya, nemislar fan metodikasi bilan ko'p qiziqib ko'rganman ularda asosan fan tomonidan o'rganiladi. Mamlakat research and development uchun yaxshi ajrata oladi deb o'ylayman.

Universiteteda o'qishni orzu qilmayman. Self education tarafdoriman.
👍10
Yetim dasturchi kundaligi
Sinab ko'rsa bo'larkan) https://www.tg-me.com/questianonbot?start=441307831h Do'stlaringiz va obunachilaringizga havolani ko'rsating va ulardan anonim savollar oling!
Salom aka. Ideaton tanlov bo'ylapti, shunga O'zbekistondagi biron muammoga IT-yechim taklif qilish kerak, siz qanday muammolarni yoki ideani maslahat beras?

---

O'zbeklarga ayti haqida to'g'ri tushuncha yetkaza oladigan loyihani, ayniqsa soqqa payidagi ota-otanalarga sizni bolangiz nixuya dasturchi bo'la olmaydi, uni talanti boshqa joyda deya oladigan narsani.
😁51👍13🔥6🤔21
Yetim dasturchi kundaligi
Sinab ko'rsa bo'larkan) https://www.tg-me.com/questianonbot?start=441307831h Do'stlaringiz va obunachilaringizga havolani ko'rsating va ulardan anonim savollar oling!
Savol: What advice do you have for unmarried programmers?
Javob: Don't marry


Savol: Whole world is trash right?
Javob: Yes, but often, interesting things come out of trash)


Savol: Pavel Durov ga fikriz qanaqa?
Javob: Akasichalik bo'lmasada yaxshi dasturchi deya olaman. Oxirgi vaqtda vkontake qasosini telegram orqali olish niyatida xolos.


Savol: Qachondan beri chekasiz?
Javob: U vaqtda pine sigaret sotilardi)


Savol: Django frameworki haqida nima deysiz. Oʻzingizing loyihalariningizda foydalanasizmi?
Javob: Python dasturchi emasman



Savol: Dasturlashni necha yoshdan boshlagansiz va eng birinchi dasturlash tilingiz?
Javob: 15 yosh, delphi


Savol: Shogirt olasizmi? Yani Otdushi o'rganaman degan odam bosa yonizda olib yurib o'rgatgan bo'larmidiz?
Javob: Yo'q, yonimda odam bo'lishi doimam yoqmaydi



Savol: Миллийликка асосланган маънавият билан йӯғирилган, анъана ва қадриятларга меросхӯр бӯлган жамият сиз учун, рухан азобланиш деб қабул қиласизми?
Javob: Ha, chunki bunday jamiyat yangilanishlarni qabul qila olmaydi.


Savol: Are you Muslim?
Javob: Everyone's beliefs are a deeply personal matter. Asking such a question is like asking what kind of underwear someone wears.
😁49👍18🔥16👎92🤔1
🙈
😁44🔥8👎64👍3🤔3
Agar ish stolida kalbasayam ko'rayotgan bo'lsangiz demak bu texnik odamga tegishli joy bo'ladi)
😁122👎21🔥9👍7🐳62
Channel photo updated
SSH va uning qiziqarli xususiyatlari haqida tanishamiz

Ushbu maqolada ssh nima ekanligi, undan qanday foydalanish va unga doir turli qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

https://diary.manu.uz/blog/ssh-va-uning-qiziqarli-xususiyatlari-haqida-tanishamiz.htm

@yetimdasturchi
21👍35🔥6😁51🤔1🐳1
Aynan shu sanada kompyuter qurilmalaringizni o'chirishni unutmang)
😁111🤔27👍11👎95
Yetim dasturchi kundaligi
Aynan shu sanada kompyuter qurilmalaringizni o'chirishni unutmang)
Unix-ning dastlabki versiyalari tizim vaqtini 1/60 oraliqda o'lchagan. Bu 32 bitli tizimda faqat 829 kundan kamroq vaqt oralig'ini ifodalash imkoniga ega edi.

Oddiy qilib tushuntirganda:

Unix PDP-11 hisoblash mashinasi ustida qurilgan. Bunga ko'ra qurilma darajasidagi taymer 60Hz ga teng edi. (Taymerlar nega kerak desangiz bu odatda turli vazifalarni amalga oshirishda oraliq olish uchun ishlatiladi. Masalan ekranga tasvir chiqarish, kirish qurilmalaridan turli protkollarni o'z talqiniga moslash kabi)

Demakki 2ni 32-darajasida hisoblasak bizdagi counter maksimum 4 294 967 295 gacha boradi xolos. Bu esa 60Hz chastotada 71 582 788 sekund yoki 829 kunga teng bo'ladi.

Shuning uchun ham limitlarni to'g'ri taqsimlash uchun epoxa tanlab olindi. Ya'ni unix davrining boshlanishi. Unix 70-yillar orasida yaratilgani bois 1971-01-01 tanlab olindi ammo hisob kitoblarga yanada aniqlik kiritish uchun keyinchalik 1970-yilga o'zgartirildi. Bunga ko'ra qurilmalar vaqtni 1970-01-01 sanansidan boshlab hozirgi vaqtgacha bo'lgan sekundlarda hisoblanadi. Ammo soniyaning oshib borishi ham 2ning 32darajasini qachdir to'ldiradi va bu vaqt aynan 2038-01-19 kuniga to'g'ri keladi. Aynan o'sha paytda 32 bitlik tizimlarda overflow (cheklovdan oshish) sabab barchasi yana 0ga qaytadi.

64 bitlik tizimlarda ayni damda bunga yechim mavjud, bu ko'pchilik kun orada ishlatadigan time_t hisoblanadi. Agarda 2038-yilgacha 32 bitlik tizimlar qolmasa buni qo'rqinchli joyi yo'q, agarda ishlatilish davom etsa albatta o'sha kuni qurilmalar orasida apokalipsis yuz beradi.

Epochdan bo'y sunmaydigan holatlar haqida qiziqmoqchi bo'lsangiz ushbu havoladagi post ham siz uchun qiziqarli bo'la oladi degan umiddaman.

@yetimdasturchi
👍26🤔6
Yetim dasturchi kundaligi
Unix-ning dastlabki versiyalari tizim vaqtini 1/60 oraliqda o'lchagan. Bu 32 bitli tizimda faqat 829 kundan kamroq vaqt oralig'ini ifodalash imkoniga ega edi. Oddiy qilib tushuntirganda: Unix PDP-11 hisoblash mashinasi ustida qurilgan. Bunga ko'ra qurilma…
Hozirgi vaqtda ISO 8601 standarti ham mavjud. Bu vaqt belgilarini matnda ifodalashga yordam beradi. Bunga ko'ra:

Sana: 2019-01-23
UTCdagi lahza: 2019-01-23T12:34:56.123456Z
UTC dan boshkangan lahza: 2019-01-23T18:04:56.123456+05:30
Yil haftasi: 2019-W23
Kun bo'yicha (yilning 1-366-kunlari): 2019-234

Formatlarda belgilanadi. Inson hamda mashina ushbu formatni tushunishi (qayta ishlashi) ancha osonlashtirilgan.
👍15🔥71👎1
Dinamik subdomenlar sozlash (devops)

Batafsil o'qish 👉 https://diary.manu.uz/blog/dinamik-subdomenlar-sozlash-devops.htm

@yetimdasturchi
🔥283😁3👍2
DevOps o'rganmoqchi bo'lganlar uchun o'zbek tilida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga jamlagan yaxshi resurslardan biri.

https://devops-journey.uz/

Ayni damda devops talabgor sohalardan biri hisoblanadi. Juda ko'plab firmalar va loyihalar ushbu mutaxasislarga katta ehtiyoj sezib borishmoqda. Bu resurs bilan esa ko'plab bilimlarni bepul o'rganishingiz shuningdek community asosida shu soha egalari bilan bemalol fikr almashishingiz mumkin.
🔥34👍227😁1
Yetim dasturchi kundaligi
DevOps o'rganmoqchi bo'lganlar uchun o'zbek tilida ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga jamlagan yaxshi resurslardan biri. https://devops-journey.uz/ Ayni damda devops talabgor sohalardan biri hisoblanadi. Juda ko'plab firmalar va loyihalar ushbu mutaxasislarga…
Yuqoridagi kabi foydali kontentlaringiz bo'lsa va ularni odamlarga foydasi tegsa shunday resurlarni hech qanday muammosiz ko'proq odamga yetkazishga yordam berishim mukin.

Shularni inobatga olib savol va takliflaringizni yo'llashga quyidagi botni ochib qo'ydim. Men bilan bog'lanish uchun havolani kanal tasnifidan olishingiz yoki quyidagi botdan foydalanishingiz mumkin @yetim_robot

Shuningdek fikrlar guruhiga ham qo'shilish imkoni bor sizda

P.S: Bekorchi va be'mani narsalar ignor qilinadi
👍26😁3🐳3
🫠
😁154👍20👎19🤔1714🔥6
Har ikkita odamdan biri

P.S: Shunchaki)
😁186👍94🔥3😢2👎1
Linuxda /proc/self papkasi o'zida juda ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni mujassam qilgan. Bu asosan ayni damda ishlab turgan protsesslar haqida ma'lumot saqlash imkoniyatiga ega. Joriy protses ma'lumotlari ham aynan shuyerda saqlanadi (aslida /proc uchun link hisoblanadi)

Quyidagi c dasturlash tilida yozilgan misollar bilan esa aynan bu papka bilan qiziqarli tajribalar qilish mumkinligini ko'rishingiz va o'rganishingiz mumkin.

https://gist.github.com/yetimdasturchi/b8a59db2e249bcada70bc5c4d2c01a5d
👍8🔥82🤔1🐳1
Forwarded from Turakulov Economics
#oninchi_kun #xulq_atvor_iqtisodiyoti
Yoki birinchi bo'l, yoki boshqacha!

Status-kvo (mavjud holatni saqlash) tarafkashligi - bu kishining mavjud holatini o'zgartirishdan qo'rqish hissidir. Agargi o'sha o'zgarish sizni yanada yaxshiroq natijalarga olib borishini bilsangiz-da, ong ostidagi ma'lum sabablarga ko'ra joriy holatingizdan qoniqib yuraverasiz.


Bu holat deyarli hammada bo'ladi. Masalan, sizga ma'lum bo'ldiki, qo'shningiz foydalanayotgan WiFi xizmati siznikidan ko'ra tezroq va arzonroq ekan. Shunda siz shunchaki ovoragarchilikni o'ylab status-kvoni saqlab qolishni afzal ko'raverasiz va eski WiFi xizmatidan foydalanaverasiz (aslida bu irratsional qaror bo'lsa ham).

Odamlarning status-kvoni saqlab qolishga bo'lgan holatidan bizneslar ham zo'r foydalanadi. Marketingni shunday qilishadiki, siz ularning maxsuloti yoki xizmatidan bir marotabagina foydalansangiz kifoya. Endi siz boshqa muhsulot yoki xizmatlarga o'tib keta olmay qolasiz. Bu narsani biznesda "o'zgartirish xarajatlari" - "switching cost" deb atashadi. Ya'ni iste'molchi bir mahsulotdan, masalan, qo'l telefonini iOS (iPhone)dan Androidga o'zgartirishi unga nafaqat moliyaviy xarajatlar balki ovoragarchilik, o'rganib qolgan interfeysdan boshqaga o'tish kabi nomoddiy xarajatlarbi ham olib kelishini bilishadi. Shuning uchun Telegram funksiya jihatdan WhatsAppdan ming chandon yaxshi bo'lsa-da, WhatsApp chilar osongina Telegramga o'tib qo'ya qolmaydi. Biznesda birinchi bo'lish juda ham muhim.

Yoki birinchi bo'l, yoki boshqacha!


Qisqa qilib aytganda, status-kvoni saqlash tarafkashligi bu odamni komfort zonada chiqmasdan, o'z qobig'iga o'ralib olib, rivojlanmaslikka va to'g'ri qarorlar qabul qilmaslikka olib boradigan ong osti holatidir. Qaror qabul qilishda undan ehtiyot bo'ling!
🔥27👍10🐳21🤔1😢1
2025/07/08 20:43:39
Back to Top
HTML Embed Code: