Telegram Web Link
#Sport #Besh_tashabbus_olimpiadasi #Yangi_Oʻzbekiston_Olimpiya_choʻqqilari
#Rektor_kubogi

🖐 Namangan davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqasining stol tennisi turi bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida Rektor kubogining universitet bosqichi bo‘lib o‘tadi.

📍 Oʻtkazish joyi: Universitetning Loladagi binosi (Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi 161-uy).
Oʻtkazish vaqti: 14-15-oktyabr, soat 09:00 da.

📝 Bellashuvlarda ishtirok etish uchun fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat etishingiz lozim.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Namangan davlat universitetining talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlarni o‘rganildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi B.Umarov hamda bo'lim boshlig'i M.Axralova universitetning 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talaba qizlarning ta’limdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishlari hamda intellektual salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Turar joyda talaba qizlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan gimnastika xonasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, talabalarning bilim va tafakkur doirasini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” xonasi, shaxmat va shashka xonalari faoliyati bilan ham tanishildi. Bu kabi maskanlarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi o‘rni yuqori baholandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
2
Hisobot-saylov yig’ilishida 2025/2026-o‘quv yili uchun Yoshlar yetakchisi, Yoshlar kengashi a’zolari hamda fakultet koordinatorlarini saylash bo‘yicha masala ko’rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida delegatlar tomonidan Qosimov Xamidullo Abduqaxxor o'g'li unversitetning Yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Shuningdek, Yoshlar kengashi a’zolari va fakultet koordinatorlari tarkibi ham shakllantirildi.

Yangi saylangan yoshlar jamoasini samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar va yangi tashabbuslarda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yoshlar manfaatlari yo‘lida birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirishlariga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
2💔2👌1🍓1
2025/10/21 10:38:47
Back to Top
HTML Embed Code: