Telegram Web Link
Namangan davlat universitetining talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlarni o‘rganildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi B.Umarov hamda bo'lim boshlig'i M.Axralova universitetning 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talaba qizlarning ta’limdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishlari hamda intellektual salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Turar joyda talaba qizlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan gimnastika xonasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, talabalarning bilim va tafakkur doirasini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” xonasi, shaxmat va shashka xonalari faoliyati bilan ham tanishildi. Bu kabi maskanlarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi o‘rni yuqori baholandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
2
Hisobot-saylov yig’ilishida 2025/2026-o‘quv yili uchun Yoshlar yetakchisi, Yoshlar kengashi a’zolari hamda fakultet koordinatorlarini saylash bo‘yicha masala ko’rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida delegatlar tomonidan Qosimov Xamidullo Abduqaxxor o'g'li unversitetning Yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Shuningdek, Yoshlar kengashi a’zolari va fakultet koordinatorlari tarkibi ham shakllantirildi.

Yangi saylangan yoshlar jamoasini samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar va yangi tashabbuslarda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yoshlar manfaatlari yo‘lida birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirishlariga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
2💔2👌1🍓1
👍👍👍👍👍👍👍

📚 Qadrli talabalar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo‘limlari tomonidan «Bir haftada bir kitob» loyihasining 4-mavsumiga (mutolaa loyihasi bilan) start berildi.

📖 Talabalar tomonidan yangi hafta davomida Paulo Koelning «Alkimyogar» kitobi o‘qish uchun tanlandi

😊 Paulo Koelning «Alkimyogar» asarini Mutolaa ilovasi orqali o‘qishingiz hamda audio shaklda tinglashingiz mumkin.

🪙 G‘oliblar yakuniy test natijalariga ko‘ra:
🥇- o‘rin - 300 ming so‘m
🥈- o‘rin - 200 ming so‘m
🥉- o‘rin - 100 ming so‘m
📝4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.


📚 Mutolaa - o‘zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlangan ilova

🤝 Maqsadimiz, kitobxonlar jamoasini kengaytirish va talaba-yoshlarning manfaatsiz tarmoqlardan kitobxonlar maydoniga evakuatsiya qilishdan iborat.


#Mutolaa #Bir_haftada_bir_kitob #Alkimyogar #4_mavsum

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👌1🤝1
2025/10/20 09:02:46
Back to Top
HTML Embed Code: