Telegram Web Link
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni!

Bugun ertalab universitetimizda ma’naviyat va mehr tantana qildi. Talabalarimiz ustozlarimizni asosiy kirish qismida gullar va sovg‘alar bilan samimiy tarzda kutib olishdi. Bu esa yurtimizda ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Har bir ustoz mehnatining mevasi – vatan ravnaqi va yoshlar kamoli. Shu bois biz ustozlar oldida doimo qarzdormiz.

Haq yo‘linda kim senga bir harf uqutdi ranj ila,
Aylamoq oson emas haqqin ado ming ganj ila. — Alisher Navoiy


Barcha ustozlarimizni bayram bilan tabriklaymiz!

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏👏👏👏👏

🏛️Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Qodirjonova Muhtasar barcha Ustoz va Murabbiylarni bayram bilan tabriklaydi.


💢Mehr va sabr ila qalblarga ilm urug‘ini sochgan barcha ustoz va murabbiylarni bugungi ulug‘ bayram bilan tabriklaymiz! 🌺


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏👏👏👏👏

✌️"Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Filologiya fakuktetida ustozlarni kutib olish marosimi o'tkazildi.

🌹Jarayonda ustozlarimizga fakultetning faol talabalari tomonidan bayram tuhfasi topshirildi.

📸 Farrux Barotov
📹 Diyorbek Mamataliyev


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥31🎉1
Forwarded from RENESSANS NamDU
Ustoz AI ilovasi haqida bilarmidingiz?

🇺🇿 Prezident farmoni bilan endi zamonaviy kasblarni bepul o‘rgana olasiz. "Ustoz AI" loyihasi 40+ sohalarni bepul videokurslar orqali o‘rgatishni rejalashtirgan.

💻💻 Bepul videokurslar orqali videomontaj, mobilografiya, grafik dizayn, marketing, dasturchilik, turizm, kopirayting, SMM, fanlar va boshqa sohalarni noldan to‘liq o‘rganishingiz mumkin. Shunda pulli kurslarni sotib olishingiz kerak bo‘lmaydi.

🚀 Eng katta to‘siq – birinchi qadamni tashlash.
Lekin sirni bilasizmi? U qadamni qo‘yganingiz zahoti qolgan yo‘l o‘zi osonlashib ketadi.

🤩 Ustoz AI ilovasini oching. Qiziqqan darsingizni tanlang. Har kuni atigi bitta dars – va siz maqsadingizga bitta qadam yaqinlashasiz.

🔸 Vaqt kutmaydi. Orzular ham… Shunday ekan, ularni kutqazmang!


👉 Ilovaga hoziroq kiring!

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👌1😇1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏👏👏👏👏

💗 Siz o‘rgatgan har bir ilm – biz uchun xazina, har bir nasihat – hayot uchun qanot. Bayramingiz muborak, aziz ustozlar! 📚

🎉Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti faol talabasi Jalgasova Shaxsanem barcha Ustoz va Murabbiylarni bayram bilan tabriklaydi.


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥3👍2🥰2😘21🎉1😍1🍓1😇1🫡1
#Tabrik #Rektor

Namangan davlat universiteti rektorining 1-oktyabr - «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan bayram
tabrigi

Assalomu alaykum, muhtaram ustozlar, qadrli hamkasblar!

Siz, azizlarni, yurtimiz kelajagi, navqiron avlod taqdiri uchun eng sharafli va mas’uliyatli ishni – ta’lim-tarbiya jarayonini o‘z hayotiga maqsad qilib olgan fidoyi insonlar sifatida chin qalbimdan tabriklayman. Har yili nishonlanadigan bu bayram kunida sizlarga bo‘lgan ehtiromimiz, minnatdorligimiz yanada yorqin ifoda topadi.

Bugun Prezidentimiz rahnamoligida so‘nggi sakkiz yil davomida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasiga davlat miqyosida ulkan e’tibor qaratilib, xarajatlar bir necha barobar oshirildi, yuzlab yangi bog‘chalar, maktablar, texnikum va oliygohlar barpo etildi. Ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib qadrlashga, ta’lim dargohlarini zamon talablari asosida jihozlashga qaratilgan islohotlar natijasida yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.

Universitetimiz hayotida ham ana shu islohotlar samarasi yaqqol sezilmoqda: yangi o‘quv binolari, zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyatlarning kengayishi, xalqaro hamkorliklarning ortib borishi — bularning barchasida siz, hurmatli ustozlarning mehnati va tashabbuskorligi asosiy o‘rinda turadi.

Sizlarning fidoyiligingiz tufayli bugun minglab yoshlarimiz bilim olib, ezgu maqsadlar sari intilmoqda, yuksak marralarni zabt etmoqda. Har bir shogirdning muvaffaqiyati ortida sizning sabr-toqatingiz, mehringiz va zahmatli mehnatingiz mujassam. Shogirdlarimizning ilmiy yutuqlari, xalqaro tanlovlardagi g‘alabalari va jamiyat hayotidagi faol ishtiroklari sizlar uchun eng katta e’tirofdir.

Ayniqsa, bayram arafasida davlatimiz rahbarining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, Namangan davlat universitetining Kimyo kafedrasi professori Abdullayev Shavkat Vaxidovichning II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirlangani butun jamoamizdagilar yuragiga o‘zgacha g‘urur va iftixor baxsh etdi.

Shuningdek, kuni kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan oliy ta’lim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli ta’lim olishida o‘zining fidokorona mehnati bilan namuna bo‘layotgan, tizim rivoji uchun munosib hissa qo‘shib kelayotgan Namangan davlat universitetining sport klub rais o‘rinbosari Ortiqaliyev Akbarjon Ismoiljon o‘g‘li va sport faoliyati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Egamberdiyev Ilhomjon Ergashevich «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan hamda Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan san’atshunoslik kafedrasi professori Inatullayev Bahromjon Boijonovich taqdirlandilar.

Men barcha mukofotlangan va taqdirlangan ustozlarimizni yuksak davlat mukofotlari bilan shaxsan o‘zim nomimdan hamda hamkasblarimiz, talaba-yoshlar nomidan tabriklayman!

Muhtaram ustozlar, aziz murabbiylar!

Ustozlik — bu nafaqat kasb, balki yuksak mas’uliyat va ma’naviy burchdir. Sizlar yosh avlod qalbiga ilm va ma’rifat, milliy qadriyatlar, insoniy fazilatlar urug‘ini ekib, ertangi kunga ishonch bilan qarashimizga sabab bo‘lib kelmoqdasiz.

Shu muborak kunda sizlarning barchangizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va ijodiy yutuqlar tilayman. Mehnatingiz samarasi doim barakali bo‘lsin, shogirdlaringizning izzat-u hurmati, el-yurtning ehtiromi sizga hamisha yor bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Abdug‘affor Qirg‘izboyev
Namangan davlat universiteti rektori

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
5
Forwarded from RENESSANS NamDU
#foto_chellenj #sarhisob
#ustozlar_bilan_birga

Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan «1-oktabr O’qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan «Ustozlar bilan birga» shiori ostida fotosura’tlar chellenji e’lon qilingan edi.

🏆Yakuniy natijalarga ko’ra g’oliblar quyidagicha o’rin egallashdi:


🥇- o’rin Abdulatifov Javohirbek - Yuridik fakulteti, Yurisprudensiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi (1286)
🥈- o’rin Ulkanova Muslima - Filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yo'nalishi 4-bosqich talabasi (761)
🥉- o’rin Shayfunova Evelina - Tibbiyot fakulteti Pediatriya yo'nalishi 2-bosqich talabasi (406)

🔺 Umumiy natijalar bilan tanishing

🔺
Mazkur chellenj natijalari ertaga e'lon qilinadi, tanlov g‘oliblariga sovg‘alar esa
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
tomonidan fakultetlarda tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvlarda taqdim etiladi.


💐👏Barcha g’oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz. Kelgusi tanlovlarda ham yuqori natijalarga erishishlariga tilakdoshmiz!

#foto_chellenj #ustozlar_bilan_birga #murabbiylar_kuni

🔘
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2😍1
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" NAMANGAN RASMIY SAHIFA (𝐉𝐀𝐇𝐎𝐍𝐆𝐈𝐑𝐒𝐇𝐎𝐇)
#Milliy_tiklanish_Namangan
#Namangan_davlat_universiteti
#insholar_tanlovi

Namangan davlat universiteti boshlangʻich tashkilot tomonidan hamda Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi bilan hamkorlikda 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan  "Sharaf sizga olqish sizga -Aziz ustozlar!" deb nomlangan insholar tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda Yuridik fakulteti talabasi Boboqulova Bibihayot O'tkirjon qizi yozgan insho g'olib deb topildi.

💐 Tanlov g'oliblariga tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom hamda partiyaning esdalik sovg'alari topshirildi.

📌 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzating!

Telegram | Facebook | Instagram
52
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👏👏👏👏👏

🍀 Ustozning qo‘li – mehr, ko‘zi – nur, so‘zi – hikmatdir.

🌸 Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr "Oʻqituvchi va Murabbiylar kuni" bayrami bilan Tabiiy fanlar fakulteti faol talabalari tabriklaydilar. 💐


🥹 Siz o‘rgatgan har bir ilm – biz uchun xazina, har bir nasihat – hayot uchun qanot. Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz ustozlar! 📚


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤗21🥰1🎉1😇1
#Talaba_ijodi
#Ustozlarimga

Bizga hayot saboqlaridan dars berayotgan barcha o'qituvchilarimga

Muallif : Muhammad Yusuf
Ijroda : Dilnavozxon Musaxo'jayeva
Davolash ishi fakulteti 1 - kurs talabasi

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NamDU #Tarix #Kecha_va_Bugun

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI: KECHA VA BUGUN

📹 YouTubeda ko‘rish: https://youtu.be/F_UU8C-ts5w

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Aziz ustozlar, Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklaymiz!

Sizlar – hammamiz uchun hayot yo‘limizni yorituvchi yorqin nur, bilim va donolik manbayisiz. Ustozlik – bu nafaqat kasb, balki ulkan mas’uliyat va qalbdagi faxrdir.

Sizlarning mehribonligingiz, sabr-toqatingiz, bilim berishdagi fidoyiligingiz tufayli biz yanada yuksak maqsadlarga intilamiz, jamiyatimiz rivoji uchun o’z hissamizni qo’shamiz.

Ustozlar sizlar nafaqat fanlarni o‘rgatasiz, balki hayot maktabining ham eng muhim qirralarini ochib berasiz. Har birimizning qadamimiz ostida sizning izlaringiz bor. Sizlarning qalbingizdagi ezgu maqsad, g‘ayratingiz va ilmingiz – yoshlar tarbiyasidagi eng bebaho xazina.

Bugun biz sizlarga cheksiz minnatdorchilik izhor etamiz, sog‘-salomat, baxtli, ijodiy muvaffaqiyatlarga to‘la hayot tilaymiz. Sizlar mehnatingiz bilan jamiyatimizni rivojlantirasiz, kelajak avlodni shakllantirasiz.

Bayramingiz muborak bo’lsin aziz va mehribon ustozlar!

Hurmat ehtirom bilan,
Namangan davlat universiteti talaba-yoshlari

🔘
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1😍1
Forwarded from RENESSANS NamDU
❗️❗️❗️

📣 Aziz talaba-yoshlar va she'riyat shaydolari!

Namangan davlat universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan talabalar ijodini yanada rivojlantirish maqsadida "Talabalar she’riyat Karvoni" loyihasi tashkil etilmoqda.

🔺Ushbu loyihada universitetda tahsil olayotgan barcha talabalar o'zlari tomonidan yaratilgan she'rlar, hikoyalar hamda o’zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin.


🔺 "Talabalar she’riyat Karvoni" uchun yuborilgan ijodiy ishlar to'plam shaklida chop etilib, keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

🔻 Ijodiy ishlar joriy yilning 18-oktabr kuniga qadar quyidagi telegram manzili orqali qabul qilinadi.
⚡️ Qahramon Sayyid

✍️ Ijodiy ishlar yuborilishi bo’yicha yo’riqnoma

🔘
Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1😍1🤝1🫡1😘1
Hurmatli xorijlik talaba-yoshlar!

📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

⚫️Mazkur tanlovning Namangan davlat universiteti bosqichi joriy yilning 7-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🔚Tanlovning maqsadi – xorijlik talabalar orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.


Tanlovda ishtirok etish tartibi

Ko‘rik-tanlovda faqat xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling.

😊 Tanlov shartlari
1. Tanishtirish – ishtirokchi o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumotni (3–5 daqiqa) o‘zbek adabiy tilida bayon qiladi.
2. Esse yozish – ishtirokchi o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid mavzulardan birini tanlab, lotin yozuvida kamida 200 so‘zli esse yozadi (90 daqiqa vaqt beriladi).

😊 Mukofot va imkoniyatlar

🟣 Filial bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar filial tomonidan rag‘batlantiriladi.
🟣 1-o‘rin sohibi keyingi – saralash bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Sizlarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

💬 Tanlov nafaqat o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganish, balki do‘stona muhitda o‘z iqtidor va qobiliyatingizni namoyish etish uchun ham katta imkoniyatdir.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
2025/10/21 09:08:59
Back to Top
HTML Embed Code: