Telegram Web Link
Namangan davlat universitetining talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlarni o‘rganildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi B.Umarov hamda bo'lim boshlig'i M.Axralova universitetning 2-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talaba qizlarning ta’limdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishlari hamda intellektual salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Turar joyda talaba qizlarning muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan gimnastika xonasi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, talabalarning bilim va tafakkur doirasini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan “Zakovat” xonasi, shaxmat va shashka xonalari faoliyati bilan ham tanishildi. Bu kabi maskanlarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdagi o‘rni yuqori baholandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
2
Hisobot-saylov yig’ilishida 2025/2026-o‘quv yili uchun Yoshlar yetakchisi, Yoshlar kengashi a’zolari hamda fakultet koordinatorlarini saylash bo‘yicha masala ko’rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida delegatlar tomonidan Qosimov Xamidullo Abduqaxxor o'g'li unversitetning Yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Shuningdek, Yoshlar kengashi a’zolari va fakultet koordinatorlari tarkibi ham shakllantirildi.

Yangi saylangan yoshlar jamoasini samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar va yangi tashabbuslarda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yoshlar manfaatlari yo‘lida birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirishlariga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
2💔2👌1🍓1
👍👍👍👍👍👍👍

📚 Qadrli talabalar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda Yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va ma'rifat bo‘limlari tomonidan «Bir haftada bir kitob» loyihasining 4-mavsumiga (mutolaa loyihasi bilan) start berildi.

📖 Talabalar tomonidan yangi hafta davomida Paulo Koelning «Alkimyogar» kitobi o‘qish uchun tanlandi

😊 Paulo Koelning «Alkimyogar» asarini Mutolaa ilovasi orqali o‘qishingiz hamda audio shaklda tinglashingiz mumkin.

🪙 G‘oliblar yakuniy test natijalariga ko‘ra:
🥇- o‘rin - 300 ming so‘m
🥈- o‘rin - 200 ming so‘m
🥉- o‘rin - 100 ming so‘m
📝4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.


📚 Mutolaa - o‘zbek tilidagi eng sara elektron va audiokitoblar jamlangan ilova

🤝 Maqsadimiz, kitobxonlar jamoasini kengaytirish va talaba-yoshlarning manfaatsiz tarmoqlardan kitobxonlar maydoniga evakuatsiya qilishdan iborat.


#Mutolaa #Bir_haftada_bir_kitob #Alkimyogar #4_mavsum

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👌1🤝1
#Uchrashuv #Maʼrifat_ulashib

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuvga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda Namangan davlat universiteti talabalari o‘rtasida kitob mutolaasini targ‘ib etish, badiiy savodxonlikni oshirish va yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida 28-oktyabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston adabiyotining zabardast vakillari, shoir va yozuvchilar talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazadilar, o‘z ijod namunalarini o‘qib eshittiradilar hamda kitobxonlikning hayotdagi o‘rni haqida fikr almashadilar.

Loyihaning mehmonlari:

Tohir Qahhor — 1953-yil 9-mayda Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan. «Oqo‘rik», «Oqayotgan daryo», «Osmon kimniki», «Eshik taqillayotir», «Kun ko‘zi», «Yulduzlar mening bog‘im», «Tog‘ning parvozi» kabi she’riy kitoblari nashr etilgan. «Hur Turkiston» maqolalar to‘plami ham bor.


Jabbor Eshonqul —
1966-yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tavallud topgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan. Filologiya fanlari doktori, professor. Qirg‘iziston Manas akademiyasi akademigi, Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori. O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi.


Amir Xudoyberdi —
1961-yili Qarshi tumanidagi Shilvi (Shayx Shibliy) qishlog‘ida tavallud topgan. 1985-yilda Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1994-yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. «Dunyo va men», «Javobsiz savol», «Evrilish», «Yettinchi malak», «Oydin lahzalar», «Devonalarmiz» kitoblari chop etilgan.


Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
1
#Yil_talabasi2025

Uzoq kutilgan va har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yil talabasi” tanlovining universitet bosqichiga start beramiz!

Tanlov jamiyatga, davlatga yetuk yosh, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini oshirish, oliy o‘quv yurtlaridagi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning o‘z salohiyatlarini namoyon etishlariga imkoniyatlar yaratish, jamoatchilik, fidoyilik fazilatlarini shakllantirish, talabalik nufuzini oshirish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

☑️Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2,3,4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

💢 “Yil talabasi” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

📝 “Yilning eng faol bilimdon talabasi” — talabaning fanlarni o‘zlashtirishi va o‘quv jarayonlardagi ishtiroki va faolligi, chop etilgan maqola va tezislari hamda ularning mazmun-mohiyati, dolzarbligiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;

📣 “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” — talabaning oliy ta’lim muassasasi jamoat ishlaridagi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyatidagi amaliy ishtiroki, faollik darajasi, targ‘ibotchi sifatidagi namunaviy ishlari, tashkilotchilik qobiliyati va shu asosda o‘zi tashkil etgan tadbirlar mazmuni, erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;

🚀 “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” — joriy yilda talaba tomonidan yaratilgan ilmiy ishlar, ixtirolar, innovatsion g‘oyalari, ratsionalizatorlik takliflari, ularning yangiligi, dolzarbligi va ilmiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi;

🏆 “Yilning eng faol sportchi talabasi” — joriy yilda talabaning xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkazilgan sport musobaqalaridagi yutuqlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

🎨 “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha) — talabaning joriy yilda mustaqil ravishda yaratgan ijodiy asarlari, erishgan yutuqlari hamda turli tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtiroki ko‘rib chiqiladi;

🕺💃 “Yilning eng faol ijodkor talabasi” — talabaning joriy yilda o‘z ijodiy badiiy asarlari, maqola, joriy yilda chop etilgan risola, kitob, musiqa, kino va teatr sohasidagi qiziqishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlardagi ishtiroki va erishgan natijalari ko‘rib chiqiladi;

🧮 “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun) — joriy yilda mustaqil ravishda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan talaba-qizlarning erishgan yutuqlari hamda yoshlarni ish bilan ta’minlaganlik darajasi ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar to’plami joriy yilning 20-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich - Fakultet bosqichi;
2-bosqich - Universitet bosqichi;
3-bosqich - Respublika bosqichi

📆 Tanlovning fakultet bosqichi 23-24-oktabr kunlarida bo‘lib o‘tadi.

⬇️Tanlovning birinchi turi (fakultet bosqichi) da ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar o‘zlari tahsil olayotgan fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

Tanlov nizomi

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
👏👏👏👏👏👏


👍 Namangan davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida bir o‘quv haftasi davomida amalga oshirilgan ishlar:

🔺 Talabalar holidan habar olindi.

🔺 "Zakovat quiz" intelektual o'yini o'tkazildi.

🔺 Talabalar turar joyida palov-osh tashkil qilindi.

🔺 Talabalar turar joyida kechki bazm tashkil qilindi.

🔺 "Deputat va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.

🔺 "Talabalar kino kunlari" loyihasi amalga oshirildi.

🔺 Ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi.


💠Fakuktetda 2025-2026 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan tadbirlar dasturi asosida tadbirlar davom etmoqda.

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍓21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Namangan davlat universiteti — hisobot saylovi!

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu jarayonda yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining universitet yetakchisi hamda yoʻnalish koordinatorlarini faoliyati tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Saylov davomida faol yoshlar oʻz fikr va takliflarini bildirib, yangi tashabbuslarni ilgari surdilar. Tadbir yakunida esa universitet yoshlar yetakchisi saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
📱
Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook
3❤‍🔥2
#Yoshlar_akademiyasi #universitet_lideri #tanlov

📣 Namangan davlat universitetida ta'lim olayotgan barcha talaba-yoshlar diqqatiga!

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-sonli qarori hamda Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish bo'yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 349-sonli buyruqlarida ko'rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida universitetda Yoshlar akademiyasi lideri faoliyati tashkil etilgan edi.

🔺 Xabaringiz bor, universitet Yoshlar akademiyasi lideri Mira'zam To‘xtasinov Namangan viloyati Yoshlar akademiyasi lideri etib tayinlandi. Shu munosabati bilan universitet Yoshlar akademiyasi liderligi uchun ochiq tanlov e'lon qilinadi.

👫 Siz iqtidorli, liderlik qobilyatiga ega, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlaringizni ilmiy-innovatsion sohalarga keng jalb qila olsangiz, sizni universitet Yoshlar akademiyasi liderligi uchun bo'lib o'tadigan saralash tanlovida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.


✍️ Yoshlar akademiyasi Nizomi

💭 Nomzod talabalarlar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga yoki quyidagi manzillarga murojaat qilishlari mumkin. Arizalar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi. 17-oktabr kuni suhbat jarayonlari bo'lib o‘tadi hamda Namangan davlat universiteti Yoshlar akademiyasi lideri e'lon qilinadi.


📲Telefon: +998973731234 ⚡️ Mira'zam To‘xtasinov😎

👌 Yoshlar akademiyasi - ilm-fan sohasiga oʻz hissangni qoʻsh!

🔵 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🔘 NamDU Yoshlar akademiyasi 😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🤩1👌1🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat #Axborot_24

🔺 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Markaziy Osiyo - Rossiya» formatidagi ikkinchi sammitidagi nutqi bo'yicha Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nodirbek Kodirov munosabat bildirdi.

#munosabat #Axborot_24 #Markaziy_Osiyo #Rossiya #sammit

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥1🎉1🕊1
Forwarded from RENESSANS NamDU
Paulo Koelning Alkimyogar asari bo‘yicha test savollari.pdf
221.6 KB
📚Qadrli kitobxon talabalar! «Bir haftada bir kitob» loyihasining (4-mavsum 1-sonida) Paulo Koeloning «Alkimyogar» kitobi bo‘yicha test savollari e'tiboringizga havola etilmoqda.

📝 Testlar soni: 30 ta savoldan iborat.
Testni yechish uchun 25 daqiqa vaqt beriladi.


✔️ Test javoblari quyidagi tartibda Mira'zam To‘xtasinov manziliga 20:55 ga qadar yuborilishi kerak:
Ism-familya, fakultet va yoʻnalish
Test javoblari:
1-A
2-B
3-D ... va hk.

🔻  Test javoblari quyidagi hollarda qabul qilinmaydi:
- javoblar tahrirlangan bo‘lsa;
- javoblar belgilangan muddatdan o‘tib taqdim etilsa


#Bir_haftada_bir_kitob #Alkimyogar #4_mavsum #1_son

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡21👌1
2025/10/19 16:36:58
Back to Top
HTML Embed Code: