Telegram Web Link
#ASAL_FESTIVALI #ФЕСТИВАЛЬ_МЕДА #HONEY_FESTIVAL

"ХАЛҚАРО АСАЛ ФЕСТИВАЛИ"ГА МАРҲАМАТ!

Гуллар шаҳри — Наманганда 2025 йил 24–26-октябрь кунлари IV “Халқаро Асал Фестивали” бўлиб ўтади. Унинг дастуридан ўрин олган тадбирларда фаол қатнашинг.

Барчани “Афсоналар водийси” тематик паркида бўлиб ўтадиган IV “Халқаро Асал Фестивали”да кутамиз!
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎶 Biotexnologiya fakultetida kuy-qo‘shiqlar yangraydi!

🍛 “Eng yaxshi osh” chempionati doirasida nafaqat mazali taomlar, balki quvonchli kuy-qo‘shiqlar ham tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.

Tadbirdan yorqin lahzalar:
— Talabalar va ustozlar birgalikda kuy-qo‘shiqlar kuylab, jonli ijro va milliy musiqalar ostida kayfiyatni ko‘tarmoqda.
— Fakultet hovlisida samimiy muhit, kulgu, qo‘shiqlar va do‘stona muloqot hukm surmoqda.
— Oshdan ko‘ra ham ko‘proq, bu yerda bag‘rikenglik, mehr va bayramona ruh ustun.

🎤 Qo‘shiqlar talqinida talabalar miriqib dam olishmoqda, musiqalar tadbirga haqiqiy bayram tusini bermoqda.

🏆 Tanlov yakunida eng yaxshi osh jamoalari taqdirlanadi, biroq bugunning eng katta g‘olibi — birlik va kuy-qo‘shiqqa to‘la kayfiyat!


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👌1
Forwarded from RENESSANS NamDU
#talaba_ijodi

Men har doim shu muqaddas Ona Vatanim — O‘zbekistonda tug‘ilganimdan faxrlanaman.
Qaysi viloyatda, qaysi yurtda bo‘lmayin, doimo baralla aytaman: Men Namangandanman! Men Chortoqdanman deya g‘urur bilan.

NAMANGANDANMAN

Qay yurtda bo‘lmayin, hamisha har on,
Shu aziz Vatanni jondan sevaman.
Suvlari ziloldek, tuprog‘i bo‘ston,
Vodiyni yuragi — Namangandanman.

Olmalari totli Yangiqo‘rg‘onim,
Chust, Norin, Pop, To‘raqo‘rg‘onim.
Dunyoga mashhurdir aziz Chortog‘im,
Vodiyni yuragi — Namangandanman.

Taraladi buyuklarning nafasi,
Jaranglaydi go‘zal bulbul nidosi.
Ko‘rkam vodiy — Allohimning mo‘jizasi,
Vodiyni yuragi — Namangandanman.

Ma’rifat mash’ali, Is’hoqxon Ibrat,
Har yurtda qozongan e’tibor, hurmat.
Hech qachon qalbimda so‘nmas muhabbat,
Vodiyni yuragi — Namangandanman.


✍️ QAHRAMON SAYYID - Yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi


#talaba_ijodi #Namangandanman

🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🕊Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2👏2😍1
👏👏👏👏

👍 Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti raisi X.Qosimov hamda Tabiiy fanlar fakulteti Yoshlar koordinatori R.Baxtiyorov bilan birgalikda fakultet talabalarini bo‘sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida stol tennisi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
👍 Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida “Gippokrat liga”sining 1-turi bo‘lib o‘tdi

🏆 Kuni kecha Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida fakultet yetakchisi M.Fazliddinov tomonidan “Zakovat — Gippokrat ligasi” musobaqasining birinchi turi o'tkazildi. Intellektual bellashuv yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazdilar.

🏆 Turnirda yuqori o‘rinlar uchun kurash keskin kechdi va quyidagi jamoalar oldingi o'rinlarda ketmoqda:

🥇Medicus — 14 ball (206 reyting)
🥈Avitsenna — 14 ball (202 reyting)
🥉Ultimate — 9 ball

📌 Eslatib o‘tamiz, “Gippokrat ligasi” jami 5 ta turdan iborat bo‘lib, hali oldinda yana 4 ta tur ishtirokchilarni kutmoqda. Barcha turlar yakunida jamoalarning umumiy ballari jamlanib, eng yuqori natijaga erishgan jamoalar g‘olib deb topiladi va taqdirlanadi.

🤝 Bu bellashuv nafaqat tibbiyot talabalari uchun aql va bilim sinovi, balki do‘stlik, jamoaviylik va tafakkur maydoni hamdir.

📡 Tibbiyot fakulteti Zakovat klubi rasmiy guruhi: @Zakovat_tibbiyot


🔘 Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
2025/10/24 20:07:08
Back to Top
HTML Embed Code: